Maktabgacha ta’lim muassasalarida multimedia texnologiyasiga
asoslangan kompyuterli ta’limning asosiy maqsadlaridan birinchisi
bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir. Shuning uchun
mashg‘ulot shakli, mazmuni, o‘tkazish metodikasi va baholash mezoni-
ni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Ikkinchidan, ba’zi MTMlarda
kampyuterlar bilan ta’minlangan bo‘lsa-da, ulardan ta’lim-tarbiya ja
rayonida foydalanish metodikasi ishlab chiqilmagan. Shuning uchun,
MTM sharoitida kompyuterdan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish
metodikasini ishlab chiqish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Yuqori-
da ta’kidlanganidek, mashg‘ulot mobaynida multimedia texnologiyasi-
dan foydalanganda u yoki bu materialni o‘rganishda vaqtni tejash hiso-
biga ta’lim mazmuni chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassalarida an’anaviy usulda ta’lim-tarbiya
berishning shakli, mazmuni va metodi ko‘pgina adabiyotlarda bayon
etilgan. Jumladan, ushbu masalada P.Yusupovaning «Maktabgacha
ta’lim pedagogikasi» da keng yoritib berilgan. P.Yusupova ta’lim
shakli to‘g‘risida shunday yozaci: «Ta’lim shakli deganda, ta’lim
beruvchi pedagog va bolalaming maxsus tashkil etilgan faoliyati tu
shuniladi va kun tartibida ma’lum bir vaqtda o‘tkaziladi»30.
Adabiyotlarda, MTM ta’lim metodlari bo‘yicha ham qator fikrlar
bildirilgan. Metod - ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilaming maqsad-
li ta’lim-tarbiya vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan o‘zaro bog‘liq
faoliyatlaming izchil usullar tizimidir.
Dostları ilə paylaş: