Babayeva d. R


  Maktabgacha tayyorlov guruh bolalarini savodga o‘rgatishda



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

4. 
Maktabgacha tayyorlov guruh bolalarini savodga o‘rgatishda
multimedia texnologiyalarini tatbiq etish. 
Maktabgacha tayyorlov 
guruhlari bolalarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyasidan 
foydalanish, asosan uch tomonlama amalga oshiriladi.
1. Kompyuter va uning dasturlari yordamida didaktik vositalar tay- 
yorlanadi hamda Internet va masofali ta’lim ashyolaridan foy- 
dalaniladi.
2. Kompyuter ishtirokida bevosita dialog metodi asosida bolalar­
ga yangi material o‘rgatiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, 6-7 
yoshli bola kattalar kabi kompyuterda ishlashga qodir emas.
30 
Adilova S. Multimedia va ulami ta'lim jarayonida qo‘llash // Pedagogik
ta'lim-T.: TDPU, 2001. № 2. -B. 20-21.
353


Shuning uchun, MTMlarda yangi materialni o‘rganishda be- 
vosita dialog metodidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu 
holda kompyuter didaktik vosita manbai rolini o‘ynaydi.
3. Bilvosita dialog - virtual axborot muhitida kompyuter bilan 
dialog asosida multimedia texnologiyasi amalga oshiriladi. 
Bunda material bolalar tomonidan mustaqil o‘rganiladi, o‘tilgan 
material mustaqil takrorlanadi, mashqlar mustaqil bajariladi, 
multimediali kompyuter o‘yinlari mustaqil amalga oshiriladi 
va bola mashqlami, komyuter qo‘ygan vazifalami, o‘yinlami 
takror-takror bajarib, qo‘yilgan mashg‘ulot maqsadiga erisha 
oladi. Bu holda multimedia texnologiyasidan foydalanganda 
kompyuter ta’lim manbai rolini o‘ynaydi. Maktabga tayyor­
lov guruhlarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiya­
sidan foydalanishning asosiy va yetakchi shakli mashg‘ulotdir. 
Mashg‘ulotlar «Bolajon» dasturi asosida, belgilangan rejalar 
asosida olib boriladi. Yangi mashg‘ulotlami o‘rgatishga qa- 
ratilgan, tekshiruychi - sinovchi, majmuaviy «sayohab yoki 
«ekskursiya» va «kompyuterli o‘yin» shakllariga bo‘linadi.
Mashg‘ulotning o‘yin shakli.
Tarbiyachi-pedagog bolalarni kompyuter ro ‘parasi ga j oylashtiradi.
Kompyuter xotirasiga joylashtirilgan materiallami monitor ekraniga 
chiqaradi. Bolalaming diqqati ekranga chiqqan materialga qaratiladi. 
Tarbiyachi va bolalar o‘rtasida dialog (savol-javob) boshlanadi. Bolalar 
tarbiyachi (pedagog) bergan topshiriqni mustaqil bajaradi. 0 ‘iganilgan 
material mustahkamlanadi. Bolalaming mashg‘ulot davomida olgan bi- 
limi baholanadi. 0 ‘rganilgan material bo‘yicha uyga topshiriq beriladi.
Mashg‘ulot mazmuni. Multimedia texnologiyasidan foydalanib 
o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar kompyuter texnologiyasiga asos- 
lanadi. Shuning uchun, multimedia texnologiyasiga asoslangan 
mashg‘ulotlami kompyuter mashg‘uloti, deb ham atash mumkin. 
Kompyuterli mashg'ulotlaming aksariyati birlashgan mashg‘ulotlar 
shaklida o‘tkaziladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, mashg‘ulot davomida tarbiyalanuvchi- 
laming kompyuter oldida 15 daqiqadan ortiq o‘tirishi mumkin emas- 
ligi e’tiborga olinishi kerak. Shuni ta’kidlash kerakki, «Maktabgacha
354


yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yilgan Davlat talablari»da ham 
bolaning kompyuterda shug‘ullanishi 15-20 daqiqa etib belgilangan. 
15 daqiqaga rejalashtirilgan material o‘tib bo‘lingach, 15-20 daqiqali 
oraliq bosqichi o‘tkaziladi.
Ushbu oraliq bosqichida tarbiyalanuvchilaming toliqishini hisob­
ga olib, kompyutersiz amalga oshiriladigan mashg‘ulot o‘tkaziladi. 
Kompyutersiz o‘tkaziladigan ushbu oraliq mashg‘ulotlarda, mav- 
zuga tegishli og‘zaki savol-javoblar, topishmoqlar, turli mazmunda- 
gi o‘yinlar, amaliy tadbirlar (masalan, qaychi bilan harflar qirqish, 
qog‘ozda yozishga o‘rgatish) o‘tkaziladi. Shuningdek, she’r, ashula 
aytiladi va jismoniy mashqlar bajariladi. Jumladan, ko‘z toliqishi­
ni bartaraf etuvchi ko‘z gimnastikasi - bir necha daqiqa davomida 
ko‘zni ochib yumish, xonaning burchaklariga navbatma-navbat na- 
zar tashlash kiradi. Oraliq bosqichdan so‘ng yana 15 daqiqali asosiy 
mashg‘ulot davom ettiriladi.
Yangi bilim berishda bevosita dialog metodidan foydalanishni 
maktabga tayyorlov guruhlari bolalarining yoshlari (6-7), ulaming 
fikrlash darajalari va boshqa xususiyatlarini e’tiborga olishni taqozo 
etadi. Bevosita dialog metodidan foydalanilgan holda kompyuter di­
daktik vositalar manbai rolini o‘ynaydi.
Virtual axborot muhitida kompyuter bilan (bilvosita) dialog meto- 
dining algortmi:
1. Kompyuter bola (tarbiyalanuvchi)ga - topshiriq, savol, mashq- 
ni bajarish yoki o‘yinni bajarishni buyuradi.
2. Bola (tarbiyalanuvchi) topshiriqni bajaradi.
3. Kompyuter topshiriq bajarilishining to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini 
bildiradi.
4. Noto‘g‘ri bo‘lsa, takroriy bajartiradi.
5. Kompyuter bolaning bilimini baholaydi.
Kompyuterda ishlovchi bola mashqlami va kompyuter qo‘ygan 
vazifalami, o‘yinlami takror-takror bajarib, maqsadiga erisha oladi, 
chunki kompyuter - «bag‘ri keng» va «toqatli, sabrlidir». Bola xato 
qilgan taqdirda ham xatoni o‘zi tuzatgunga qadar hech kim unga tan- 
beh bermaydi. Ammo bolalar kompyuterda mustaqil ishlagan hol- 
larda ham ulaming harakatlari doimo tarbiyachi nazoratida bo‘ladi.
355


Bevosita dialog asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotda 15 daqiqa uzluk- 
siz monitor ekraniga qaragan va bolalar kompyuterdan uzoqroq «si- 
chqoncha» va klaviatura kabellarining uzunligi masofasida joylash- 
gan holda bolalaming 95 foizi 15-20 daqiqadan so‘ng toliqishlari 
yo‘qolganini bildirdilar. Multimediali kompyuter texnologiyasining 
ta’lim-tarbiya berish metodikasini bayon qilishdan oldin uning quyi- 
dagi ikki jihatiga e’tibor berish kerak:
1) agar u yoki bu multimedia vositasi tarbiyalanuvchilarga 
bayon etib borilmasdan namoyish etilsa, u oddiy multfilm 
bo‘lib qoladi.
2) agar tarbiyachi multimedia vositasini namoyish etish 
davomida uni tahlil etib (tushuntirib, bayon etib) borsa, 
ta ’lim jarayonini aks ettirib, multimedia texnologiyasiga 
aylanaii.
Agar MTMdagi kompyuterlar soni 5-6 dan ortiq bo‘lsa, 
*mashg‘ulot fo n ta l ravishda, bitta bo‘Isa, undan navbatma-nav- 
bat foydalani gan holda o‘tkaziladi. Bunday holda taklif etilgan 
(birinchi tarbi/alanuvchi tarbiyachi tomonidan berilgan savolga 
to‘g ‘ri javob bera olmasa, ikkinchisidan so‘raladi. Agar MTM- 
larda.proyekt >r va ekran (yoki elektron doska) bo‘lsa, tarbiyachi 
mashg‘ulotni «kompyuter-elektron doska» usulidan foydalanib 
olib boradi.
15-20 daq;qali ikkinchi bosqichdan so‘ng, uchinchi bosqichda 
birinchi bosqichda kompyuterdan foydalanib, o‘rganilgan material- 
lar savol-javob asosida mustahkamlanadi va tarbiyalanuvchilaming 
bilimlari baholanadi. Mashg‘ulot oxirida uyga vazifa beriladi. Tar­
biyalanuvchilarga uyga beriladigan topshiriqlar kundalik turmushda 
uchraydigan masalalardan bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Mashg‘ulotning texnologik xaritasi. Maktabga tayyorlov guruhla- 
rida mashg‘ulotlar garchi dars shaklida o‘tkazilmasa-da, tarbiyachi u 
yoki bu mavzu materiali bo‘yicha o‘ziga mashg‘ulotning texnologik 
xaritasini tuzib olishi kerak. Xaritada mashg‘ulot mavzusi, maqsadi 
va vazifalari, mashg‘ulot mazmuni, mashg‘ulotni amalga oshirish 
texnologiyasi, kutiladigan natijalar, kelgusi ishlar, uyga vazifalar aks 
etishi kerak

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin