Babayeva d. R


Ishlab chiqarish



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə256/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

417


Ishlab chiqarish 
- kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek, ular- 
ning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni 
belgilaydigan asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moli- 
yaviy va moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash jarayonining faol 
ishtirokchisi.
Korreksiya 
(yunoncha «correctiio» - tuzatish) - pedagogik 
uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bo­
lalaming psixik va jismoniy rivojlanishidagi kamchiliklarini qisman 
yoki to‘liq tuzatish.
Ko‘nikma 
- olingan bilimlarga asoslanib qo‘yilgan vazifalar va 
shartlarga binoan bajariladigan harakatlar yig‘indisi.
Ko‘rgazmali metodlar-predmet, 
hodisa yokijarayonlar mohiya- 
tini tabiiy holatda namoyish qilish, ularning maketlarini ko‘rsatishda 
qo‘llaniluvchi usullar.
Loyihalashtirish (rejalashtirish) 
- bolalaming o‘quv faoliyatini 
boshqarish dasturini yaratish.
Madaniyat 
(«cultura» so‘zidan olingan bo‘lib, parvarish qilish, 
ishlov berish ma’nosini bildiradi) - ijtimoiy taraqqiyot davomida in- 
sonlarning faoliyati tufayli qo‘lga kiritilib, ulaming ijtimoiy ehtiyojla- 
rini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi.
Mazmun 
(ta’lim (bilim olish) mazmuni) - ta’lim jarayonida bola 
tomonidan o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan ilmiy bilim, amaliy ko‘nikma, 
malaka, fikrlash hamda faoliyat usullari tizimi.
Malaka 
- ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi.
Materialni og‘zaki bayon qilish metodlari 
- o‘quv material- 
ning mohiyatini ozg‘aki (hikoya, tushuntirish, maktab ma’ruzasi kabi 
shakllarda) yoritishda qo'llaniluvchi usullar.
Mashq va o‘rgatish (faoliyatda mashqlantirish) metodlari -
muayyan mashq yordamida bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga mu- 
vofiq va har tomonlama puxta tashkil qilish, ulami axloq me'yorlari 
va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirish usullari.
Ma’lumot 
- ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizim- 
lashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib 
topgan dunyoqarash majmui.
418



Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin