Ta’lim maqsadi (o‘qish, bilim olish maqsadi) - ta’Iimning aniq
yo‘nalishini belgilab beruvchi yetakchi g‘oya.
Ta’lim natijasi (ta’lim mahsuli) - ta’lim yakunining mohiyati
ni qayd etuvchi tushuncha; o‘quv jarayonining oqibati; belgilangan
maqsadni amalga oshirish darajasi.
Ta’lim shakli - ta’lim jarayonining tashkiliy tuzilmasi.
Topshiriq - bolalarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba
ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida qo‘llaniladigan usul.
Tushuntirish - o‘quv materiaii mazmunini isbot, tahlil, umum-
lashma, taqqoslash asosida bayon qilish.
Umumiy pedagogika - maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash va
ularga ta’lim berish masalalarini o‘rganadi.
U sui- muayyan o‘quv materialini o'zlashtirishda qo‘llaniIayotgan
asosiy ta’lim metodi bilan birga ikkinchi bir ta’lim metodining ayrim
elementlaridan foydalanish.
Faoliyat - shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvo-
fiq tashkil etiluvchi kundalik. ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning
muayyan shakli, ko‘rinishi.
Shaxs - psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari
va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan
xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Ekologik madaniyat - bolaning ijtimoiy talablarga muvofiq ta-
biat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati.
Ekologik ong - tabiat va atrof-muhitning mavjud holati, ulami
muhofaza etish borasidagi tushunchalarning ongdagi ifodasi.
Ekologik tarbiya - bolalarga dastlabki ekologik bilimlami berish,
ulaming mavjud ekologik bilimlarini boyitish, ularda tabiat va atrof-
muhit muhofazasini tashkil etish ko‘nikma va malakalami shakllanti-
rishga qaratilgan pedagogik jarayon.