Ekologik faoliyat
- ekologik bilimlarga tayanilgan holda tabiat va
atrof-muhit muhofazasini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan
xatti-harakatlar majmui.
Estetik tarbiya
- bolalarni tabiat, ijtimoiy
va mehnat munosabat-
lari, turmush go‘zalligini idrok etish, to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish,
ulaming badiiy didini o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat uyg‘otish
va hayotiga go‘zallik olib kirish qobiliyatini tarbiyalash jarayoni; ijti
moiy tarbiyaning tarkibiy qismi.
Dunyoqarash
- shaxsning tafakkur tarzi va yo‘nalishini
aks et-
tiruvchi qarashlar, e’tiqod hamda fikr-o‘ylar tizimi.
Maqol
- xalq yaratgan g‘oyat ixcham, chuqur ma’noli gaplar.
Maqsad
- faoliyat natijasini oldindan fikran belgilash.
Maqtov
- foydali ish qilgan shaxsni, jamoani og‘zaki taqdirlash.
Mahorat
- shaxsning tajriba orqali orttirgan xususiyati. Biror so-
hadagi moslashuvchan ko‘nikma va ijodkorlik asosida hosil bo‘lgan
kasbiy ko‘nikmalarning yuqori darajasi, kasbiy mohirlik. Biror faoli
yat sohasidagi yuqori darajada egallangan bilim, ko‘nikma, malaka-
lami amaliyotda yuqori sifat va samaradorlik bilan qo‘llash.
Muammoli vaziyat
- hayotdagi yoki o‘quv jarayonidagi vaziyat
bo‘lib, u mashaqqat bilan hal qilinadigan masala tufayli yuzaga keladi.
Odat
- kishining ma’lum e’tiqodlar,
qadriyatlar yoki axloqiy
me’yorlardan kelib chiqib, amalga oshiradigan ongli faoliyati.
Pedagogik jarayon
- ta’lim masalalari,
uning taraqqiyotini hal
qilishga qaratilgan, maxsus tashkil etilgan pedagog va tarbiyalanuv-
chilaming maqsadli o‘zaro munosabatlari.
Dostları ilə paylaş: