Ta’lim maqsadi
- ta’lim berishdan (olishdan) ko‘zlangan
muddao.
Ta’lim mazmuni
- 1) o‘qitish jarayonida egallash lozim
bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalar ma’nosi, hajmi va xarakteri.
2) shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini
har tomonlama rivoj-
lantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga
tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati.
Ta’lim tizimi
- yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida davlat
tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi o‘quv-tarbiya
muassasalari majmui.
Tushuncha
-
atrof-muhitdagi hodisalar, predmetlaming muhim
xususiyatlarini, ular orasidagi aloqa va munosabatlami bilish.
To‘la ratsionalizm
- odam faoliyat yuritishi uchun atroflicha ax-
borotga ega va undan o‘z faoliyatida foydalanib, maksimum darajada
natijaga erishadi, deb qaraladigan yo‘nalish.
Faoliyat
- 1) ongli maqsadga ko‘ra
boshqariladigan kishining
ichki (ruhiy), tashqi (jismoniy) faolligi; 2) atrof-muhitni kishilar to-
monidan maqsadga muvofiq qayta bunyod etish.
Xalq pedagogikasi yoki etnopedagogika
- bu etnik guruhlar
millat, xalqning asrlar davomidagi tarixiy hayoti davomida erish-
gan empirik tajribalari asosida bolaga ta’lim-tarbiya berish haqi-
dagi fan.
Dostları ilə paylaş: