Babayeva d. R


Mashg‘ulot: Mavzu: Tevarak-atrof bilan tanishtirish. Bolalarni narsalar-



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

Mashg‘ulot:
Mavzu: Tevarak-atrof bilan tanishtirish. Bolalarni narsalar-
ning sifati va xususiyati bilan tanishtirish.
Maqsad: 
Tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, ularning xilma-xil 
sifatlarini («tiniq», «xira», «qattiq») aytishni o‘rgatish. Ravon nutqini 
o‘stirish, lug'atlarini «tiniq», «xira», «qattiq» so‘zlari bilan boyitish 
va faollashtirish. Bolalar diqqatini «tiniq», «xira» so‘ziga qaratish.
Mashg‘ulot uchun material: 
Shakli, kattaligi bir xilda bo‘lgan 
ikkita stakan, ammo biri shisha (tiniq), ikkinchisi qog‘oz (xira) stakan 
bo‘lishi kerak. Bolalar soniga yetarli (tiniq) shishali buyumlar (stakan, 
banka, butilka, ryumka, fujer va hokazo).
Mashg‘ulotning borishi: 
Tarbiyachi mashg‘ulotni topishmoqli 
o‘yin bilan boshlaydi. Bolalarga ikkita stakanni ko‘rsatib: Bular nima?
195


Ular nimadan yasalgan? deb so‘raydi. So‘ngra tarbiyachi stakanlar- 
ning ichiga biror narsani (bir bo‘lak oq qand yoki konfet, sharcha va 
hokazo) soladi va bolalardan uning ichida nima borligini topishni ay- 
tadi. Bolalar juda yengillik bilan tiniq stakanda nima borligini topadi- 
lar, ammo xira (tiniq bo‘lmagan) qog‘oz stakan ichida nima borligini 
taxminlab (tavakkal qilib, tusmollab) aytadilar. Ular qog‘oz stakan 
ichida nima borligini to‘g‘ri topa olmaydilar. 0 ‘yin ikki-uch marta 
takrorlangach, tarbiyachi bolalardan tiniq stakanni ko‘rsatib: nima 
uchun bu stakan ichidagi narsa nima ekanligini tez topdingiz? ak- 
sincha tiniq bo‘lmagan qog‘oz stakanni ko‘rsatib: bu stakan ichidagi 
narsa nima ekanligini topishda qiynaldingiz? deb so‘raydi.
Bolalar bunday savolga quyidagicha javob berishadi: Chunki shi- 
sha stakan tiniq, bunisi esa xira (tiniq emas). Shisha stakan ichidagi 
narsa ko‘rinib turibdi. Qog‘oz stakan ichida qanday narsa borligi 
ko‘r;nmaydi.
Bolalarning javoblaridan shu narsa ko‘rinib turibdiki, ular narsa- 
ning asosiy belgisini ajrata oldilar, shuning uchun narsaning sifatini 
bildiruvchi so‘zni bolalar lug‘atiga kiritish kerak.
So'ngra tarbiyachi bolalarga yana murojaat etadi «Bu stakan ichi- 

dagi narsa ko‘rinib turadi, u tiniq. Bu stakan esa tiniq emas, shuning 
uchun uning ichidagi narsa ko‘rinmaydi». Keyin ikki-uch bolaga ti­
niq, xira (tiniq bo‘lmagan) stakanlami ko‘rsatishni taklif etadi.
Mashg‘ulotning keyingi qismida tarbiyachi bolalarga shishali nar- 
salami tarqatib chiqadi (stakan, banka va bankachalar, butilka va bu- 
tilkachalar, shishali guidon va hokazo).
2. 
Tarbiyachi. Endi oldingizdagi narsani qo‘lingizga olib, u 
orqali bir-biringizga qarang. Bir-biringizni ko‘rayapsizmi? Endi 
qo‘lingizdagi narsangiz (butilka, stakan, ryumka va h.k.) orqali men- 
ga qarang. Men ko‘rinayapmanmi? Tarbiyachi bolalardan qoniqarli 
javob olgach, ichidagi narsalar ko‘rinadigan, u orqali bir-biringizni 
ko‘rish mumkin bo‘lgan buyumni qanday buyum deymiz? Deya 
so‘raydi.
Bolalar. 
Tiniq, deb javob berishadi. Keyin uch-to‘rtta bolaga 
ulardagi buyum qanday buyum ekanligini aytish taklif etiladi (tiniq 
banka, tiniq stakan, tiniq ryumka va hokazo). So‘ngra tarbiyachi bo-
196


lalarga «Tiniq buyumlami topish uchun nima qilish kerak?» degan 
savolni beradi, bolalar javob berishadi: «Unga qarash kerak», «U 
orqali boshqa narsalar, bolalar ko‘rinsa, u narsa tiniq bo‘ladi».

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin