- Sog‘lig‘im yaxshi, qizim, o‘zinglar sog‘-salomatmisizlar? Oying
bilan dadanglar yaxshi yurishibdimi? Ulaming sog‘lig‘i qanday?
-
Dilshod akang, Sohiba opangning ham sog‘lig‘i yaxshimi?
- Yaxshi, rahmat. Oying bilan dadanglami xafa qilmanglar, men
sizlami sog‘indim qachon kelasizlar?
- Rahmat, men sizlami kutaman. Shirin kulchalar yopib qo‘yaman,
oppog‘im.
Bunday o‘yin-mashg‘ulotlar, rolli o‘yin-suhbatlar bolalarda, bir
tomondan,
nutq madaniyatini tarbiyalaydi, ikkinchi tomondan, so‘z
zaxirasini boyitadi.
Bolalar bilan yoz, kuz, qish, bahor oylarida tarbiyachi sayru sayo-
hatlarda bolalarning javob berishinigina talab
qilmasdan, ularni savol
berishga ham o‘rg£tishi zarur. Chunki savollar izchillikni saqlash,
mantiqqa rioya qilish, nutqni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Sayrlarda bolalai bilan birga didaktik o‘yinlar o‘ynash ularni fikr-
lashga, tasavvurlaraii kengaytirishga yo‘llaydi.
Masalan, «Qaysi fasl qanday o‘tadi?» savoliga bolalar:
-
Qish sovuq, qor yog‘adi.
- Yoz issiq, quyosh charaqlaydi, jazirama bo'ladi.
-
Kuz salqin, yomg‘ir yog‘adi, Qushlar issiq o‘lkalarga uchib
ketadilar.
-
Bahor iliq, yomg‘ir yog‘adi, shamol esadi, issiq o‘lkalarga ket-
gan qaldirg‘och, bulbul, ko‘k qarg‘a kabi qushlar qaytib keladilar.
- Ariq va suv bo‘ylarida qurbaqalar qurillaydi.
- Kuzda daraxtlaming barglari sarg‘ayadi.
- Bahorda hamma yoq yam-yashil bo‘ladi.
Yozda ariqlarda cho‘milamiz kabi javob berishlari mumkin.
Yoki shunday savollar ham berish mumkin:
«Qanday mevalar sariq rangda bo‘ladi?»
- Olma.
- Limon.
191