Babayeva d. R


  Bolalarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatishning asosiy vazifalari



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

3. 
Bolalarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatishning asosiy vazifalari.
Tilni amalda o‘zlathtirish ona tilining barcha tovush birliklarini (to­
vush - bo‘g‘in - ibora - matn) tinglab ajratib olish va ulami to‘g‘ri 
talaffuz qilishni nazarda tutadi, shuning uchun maktabgacha yosh- 
dagi bolada tovush li talaffuz qilishni shakllantirish borasidagi ishlar 
muntazam ravishda olib borilishi lozim.
Ohang, tembr, pauza, urg‘ulashning turli xillari tovush ifodaliligi- 
ning muhim vositalari hisoblanadi.
Bolaga intonats»yadan to‘g‘ri foydalanishni, bildirilayotgan fikr- 
ning nafaqat mazmuniy ahamiyatini, balki emotsional xususiyatlarini 
ham bergan holda, uning intonatsion tasvirini qurishni o‘rgatish juda 
muhim. Shu bilan parallel ravishda, vaziyatdan kelib chiqqan holda, 
talaffuz tempi, past-balandligini to‘g ‘ri qo‘llash, tovushlar, so‘zlar, 
iboralar, gaplami aniq talaffuz qilish (diksiya) qobiliyatini shakllanti­
rish ishlari ham olib borilishi lozim.
Bolalarda nutqning intonatsion jihatiga diqqat-e’tibor qaratishni 
tarbiyalar ekan, katta yoshli odam (pedagog) uning nutqni tinglash 
qobiliyatini, tembr (har bir tovushning o‘ziga xos bo‘lgan sifati) 
va vaznni his qilish, tovush kuchini sezishni rivojlantiradi, bu esa 
kelgusida musiqa tinglash qobiliyatini rivojlantirishga ham ta’sir 
ko‘rsatadi.
Nutq intonatsiyasi, tovushning ifodaliligi ustidagi ishlar bolalar- 
ning bildirilayotgan fikrga nisbatan, matndan kelib chiqqan holda,
201


ovozini balandlatib yoki pasaytirib, talaffuz qilinayotgan matn- 
ga mantiqiy va emotsional urg‘u berish orqali o‘z munosabatini 
bildirishni o ‘rganishlari uchun zarur. Buning uchun pedagog tegishli 
topshiriqlardan ko‘proq foydalanishi lozim. Aynan ushbu qobiliyat- 
lar bolaga turlicha intonatsion ifodalashni talab qiluvchi turli xildagi 
ravon fikrlami tuzish - hikoya qilish, tasvirlash, mulohaza yuritish 
uchun zarur bo‘ladi.
Tarbiyachi nutqning tovush jihatini rivojlantirar ekan, bolaga 
fikrlaming predmet, fikr bildirish mavzusi va tinglovchilardan kelib 
chiqqan holda kommunikatsiya maqsadlari va shartlariga mos ke- 
lishini hisobga olishni o‘rgatishi lozim.
Nutqning past-balandligi o‘rinli bo‘lishi, tezligi esa atrofdagi 
muhitga va fikming maqsadiga mos kelishi lozim. Yaxshi, to‘g‘ri 
nutqning muhim ko‘rsatkichi bo‘lib uning ravonligi hisoblanadi.
Artikulatsion va intonatsion qobiliyatlaming uzviy bog'liqligi 
keng ma’nodagi tinglash va artikulatsion-talaffuz ko‘nikmalarini 
shakllantirishni nazarda tutadi.
Ish jarayonida tarbiyachi bolalarga so‘zning tovush tarkibini, 
so‘zdagi urg‘u o ‘rnini tinglab, aniqlay olishga, qofiya va vazn- 
ni his qilish tuyg‘usini rivojlantirishga, aniq talaffuzni, so‘zlar, 
iboralar, gaplarning turli intonatsion tavsiflarini bera olish qobili­
yatini shakllantirishga yordam beradigan mashqlardan foydalani­
shi zarur.
Bu murakkab nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish fonetik 
mashqlarni takrorlashni, ularni muntazam ravishda o‘tkazishni ta­
lab qiladi.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin