Reja:
1. Nutqni rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari: til, nutq,
nutqiyfaoliyat.
2. Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish.
3. Ilk bolaiikdagi nutq rivojlanishining ikki davri.
Tayanch tushunchalar: bilingvizm, til, nutq, nutqiy faoliyat, psixo-
lingvistik adabiyot, kommunikatsiya, munosabat, emotsional aloqalar,
vaziyatli-amaliy muloqot.
1.
Nutqni rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari:
til, nutq, nutqiy faoliyat.
Til - bu ijtimoiy hodisadir. 0 ‘zbekiston
Respublikasi hududida yashayotgan har bir xalqning ona tili uning mil
liy
o‘ziga xosligi va ma’naviy madaniyatining yorqin ko‘rsatkichidir.
Til tafakkur bilan monand bog‘langani
holda ongni shakllan-
tiradi. Nutq va tafakkur o‘rtasidagi bog‘liqlik nafaqat psixologik
jarayonlaming
ehuqur bosqichlarida, balki ijtimoiy hodisalar dara
jasida ham namoyon bo‘ladi. So‘zning insonga, uning xulq-atvoriga
ko‘rsatadigan ta’siri barchaga yaxshi ma’lum. «Garchi til bilan ta
fakkur bir-birisiz yashay olmasa ham ular o‘zida aynan bir hodisani
ifodalamaydi. Tafakkur - obyektiv borliqning intihosi, til esa -
ifoda
usuli, fikmi boshqa kishilarga berish va mustahkamlash vositasi. So‘z
bilan tushuncha dialogik tarzda bir-birini taqozo etadi16.
Hozirgi paytda mamlakatimizda tillar o‘rtasidagi o‘zaro munosa-
batlarda ikki tamoyil mavjud: bir tomondan, milliy tillaming yanada
rivojlanishi va takomillashuvi, o‘zga tomondan esa - o‘zbek tilining
davlat tili sifatidagi ahamiyatining oshishi ro‘y bermoqda.
0 ‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka
erishishi va yuzaga
kelgan iqtisodiy ehtiyojlar mamlakatdagi ko‘p sonli aholining ona tili
bo‘lgan o‘zbek tilini davlat tili sifatida o‘rganishni shart qilib qo‘ydi, bu
esa ko‘p millatli jamiyat sharoitida katta ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: