Babayeva d. R


Agar til о ‘q bo ‘Isa, nutq kamondir



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

Agar til о ‘q bo ‘Isa, nutq kamondir.
0 ‘qning qudrati, ka- 
monning qudratiga ham bog‘liq.
Ma’lumki til inson aqlining, faoliyatining eng oliy va asosiy vosi- 
tasidir. Chunki insonni boshqa jonzotlardan ajralib turadigan ham til 
emasmi?! Shunday ekan, inson aqliy faoliyatining eng oliy mahsul- 
lari tafakkur mevalari til, nutq orqali ro‘yobga chiqadi. Til tafakkur 
mahsulining hayotge tatbiq etilish vositasi bo‘luvchi qudratli quroldir.
Nutq vazifasi uning ontogenezdagi haqiqiy rivojlanish jarayoni 
bosqichini aks ettimdi, ulaming har biri о‘ziga xos xususiyatlarga 
egadir:
1-vazifasi
- individuallararo - kishilar o‘rtasidagi muloqot vosita- 
sidir. Ushbu holatda nutq og‘zaki nutq - monolog, dialog, bir nechta 
odamlar suhbati sifaida chiqadi.
2-vazifasi
- ichki individual - bu yerda nutq ko‘plab ruhiy jarayon­
lami (fikrlash, diqqc t-e’tibor, xotira, tasawur va boshq.) aniq-tiniq 
anglash darajasiga ko‘targani hamda shaxsga ruhiy jarayonlami tar- 
tibga solish va nazorat qilish imkonini bergani holda ulami amalga 
oshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
3-vazifasi
- umuminsoniy - bu o‘rinda nutq alohida bir odamga 
umuminsoniy ijtimoiy-tarixiy tajriba xazinasidan axborot olish im­
konini beradi. Ushbu holatda u grafik ramzlar va belgilarda moddiy- 
lashtirilgan yozma nutqdir.
Ta’lim muassasalarida o‘qitish ikki shaklda amalga oshiriladi:
a) erkin nutqiy muloqotda; b) maxsus. mashg‘ulotlarda. 
Dialog 
ko‘proq erkin nutqiy muloqotda paydo bo‘ladi va u bolalar lug‘atini 
boyitishning talaffuzga oid grammatik ko‘nikmalarini tabiiy ravishda 
rivojlantirish bazasi, ravon nutq ko‘nikmalariga ega bo‘lish bazasi 
hisoblanadi. Dialog maxsus mashg‘ulotlarda o‘qitiladi (oyiga 1-2 ta 
mashg‘ulot); Ta’lim muassasalarida bo‘lib turgan vaqti mobaynida 
bola erkin muloqotda pedagog va boshqa bolalar bilan muloqotga
110


kirishadi. Uyda esa kattalar bola bilan turli mavzularda dialogga 
kirishishlari lozim. Dialogik nutqni (yoki og‘zaki nutqni) o‘rgatish 
odatda suhbat shaklida, ya’ni kattalar bilan bola o‘rtasida hamda bo­
lalaming o‘zlari o‘rtasida fikr almashish shaklida ro‘y beradi.
Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlar 
suhbat metodi (suhbat) va imitatsiya metodi asosida o‘tkaziladi. Maz- 
kur metodlar ko‘pincha quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi: 
Tayyorgarlik suhbati (so'zlashish) usullari;
Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish). 
Tayyorlangan suhbatning quyidagi vazifalari mavjud: 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri bolalami suhbatlashishga, ya’ni suhbatdoshi 
so‘zlarini bo‘lmasdan tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kut- 
gani holda o‘zini tutib turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib so‘zlash;
Yo‘ldosh - talaffuz va grammatik ko‘nikmalami mashq qilish, 
ma’lum so'zlar ma’nosini aniqlashtirish.
Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so‘z 
kabi turli usullardan foydalanadi. Bu usullaming barchasi suhbat pay­
tida bilimlami o‘zlashtirish jarayonini yo‘naltirish, nutqiy muloqotni 
ta’minlash, bolalar fikrlarini, ulaming diqqat-e’tiborlarini, xotiralari- 
ni, emotsiyalarini faollashtirishga yordam beradi.
2. 
Ravon nutq mohiyati. Maktabgacha yoshdagi bolalarga nis­
batan nutqning ikki shaklini - dialogik va monologik shakllarini 
ko‘rib chiqish lozim. 
Dialog
ikki yoki bir necha: so‘zlovchining bi- 
ron-bir vaziyat bilan bog‘liq mavzudagi fikrlarining almashinuvi bilan 
tavsiflanadi. Dialogda, yuklamalardan foydalanilgan holda, sintaksik 
jihatdan sodda bo‘lgan darak, undov (iltimos, talab), so‘roq gaplaming 
barcha turlari namoyon etilgan. Til vositalari imo-ishoralar, mimika 
bilan kuchaytiriladi. Tarbiyachi shunday vaziyatni yaratishi kerakki, 
unda bolalar turli xil til vositalaridan foydalangan holda dialog tuzish- 
so‘rash, javob berish, tushuntirish, iltimos qilish, luqma tashlash va 
h.k. zaruratiga duch kelsin. Ushbu maqsadda bolaning oiladagi, mak­
tabgacha ta’lim muassasasidagi hayoti, uning do'stlari va kattalar 
bilan munosabatlari, uning qiziqishlari va taassurotlari bilan bog‘liq 
turli xil mavzularda suhbat o‘tkazishdan foydalanish lozim. Aynan 
dialogda suhbatdoshni tinglash, savollar berish, mazmundan kelib
111


chiqqan holda javob berish qobiliyati rivojlanadi. Qayd etilgan malaka 
va ko‘nikmalar monologik nutqni rivojlantirish uchun ham zarurdir.
Tengdoshlar bilan dialogik muloqotni yo‘lga qo‘yish uchun koope- 
rativ tusdagi faoliyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur faoliyat asta- 
sekinlik bilan shakllanadi. Dastlab bolalar ro‘y berayotgan hodisalarni 
sharhlagan holda, yaqinda turib harakat qiladilar. Ushbu vaziyatda nutq 
tengdosh bolaning mavjud bo‘lishi va u bilan so‘zlashish imkoniyati 
orqali rag‘batlantiradi hamda u o‘z faoliyatini rejalashtirish va tashkil 
etish, shuningdek, ijtimoiy muloqot o‘matish fimksiyasini bajaradi.
Bolalar o‘rtasidagi muloqot asosan amaliy xususiyatga ega. Dialog 
ko‘pincha shunday shaklga olib boriladiki, bunda bola sherigining 
qisqa luqmalariga harakat bilan javob beradi yoki ro‘y berayotgan 
hodisaga nisbatan o‘z munosabatini nonutqiy vositalar yordamida 
ifodalaydi. Ular orqali bolalar bir-biriga e’tibor berishni, do‘stlarini 
tovushidan bilib olishni, tashqi ko‘rinish detallarini sezishni, nutqiy 
muloqot qilishni o‘rganadigan ko‘plab xalq o‘yinlari mavjud.
Dialog muloqotini yo‘lga qo‘yish uchun stol o‘yinlari va chop etil 
gan («loto», «domino») o‘yinlardan foydalanish tavsiya etiladi. Juf? 
bo‘lib o‘ynashda bolalar dialogik hamkorlik qilish usullarini: nav- 
batga rioya qilish, bir-biriga xushmuomalalik bilan murojaat qilish, 
o‘z nuqtayi nazarini dalil-isbotlar bilan himoya qilish, fikrlarini sherigi 
bilan muvofiqlashtirishni o‘rganadilar. Bunday o‘yinlarda biluvchan- 
likning asosi sifatida nutqiy topshiriqlaming har xil turlari ishtirok 
etishi mumkin, masalan: berilgan tovushli so‘zlami tanlab olish, 
akustik va artikulatsion jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan tovushlami 
tabaqalashtirish, umumlashtiruvchi nomlami tasniflash, rasmlar tur- 
kumi asosida birgalashib hikoya qilish va h.k.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin