Babayeva d. R



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

Tarbiyachi: 
Men uchun sevimli fasl kuz. Kuzda shamol g‘ir-g‘ir 
esib 
turadi. Osmon toza va beg‘ubor bo‘ladi. Bog‘larda kuzgi meva- 
lar 
pishib yetiladi. Paxtazorlarda paxtalar oppoq bo‘lib ochiladi. Dala 
va 
bog‘larda ish qizg‘in bo‘ladi. Mevalar teriladi, kartoshka, piyoz, 
sabzi 
kabi sabzavotlar birin-ketin kovlanadi. Paxtalar teriladi.
Bolalaming tuzgan hikoyalati bo‘yicha guruhlar taqdimoti o‘tkaziladi. 
Har 
bir guruhning tuzgan hikoyalari tinglanadi va rahbatlantiriladi.
Tetiklashtiruvchi mashqlar
Quyosh
Erta tongda
Quyosh turib
Bolalami erkalaydi,
Boshlarini silaydi.
Bilaklar ichki tarafi bilan bir-biriga tekkiziladi. Barmoqlar quyosh 
nurlari kabi keng yoyilgan holatda bo‘ladi.
Tarbiyachi bolalarga fasllar haqida maqollar ayttirib mashg‘ulotni 
tugatishi mumkin.
1. Qish g‘amini yozda ye.
2. Bahorgi harakat - kuzgi barakat.
3. Yozgi mehnat - qishgi rohat.
4. Yer haydasang kuz hayda,
Kuz haydamasang yuz hayda.
Boialar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Bir yilda nechta fasl bor?
2. Siz qaysi faslni yoqtirasiz?
3. Mehnat haqida maqollar aytib bering.
4. Til tafakkur quroli va muomala vositasi. 
Til millatning noyob 
xazinasi bo‘lib, doimo og‘zaki va yozma holda namoyon bo‘lgan. Boy, 
yorqin, maroqli, nutq so‘zlayotgan kim bo‘lishidan qat’i nazar, uning 
nuri hisoblanadi. Tilni olijanob imkoniyatlari nutq orqali, nutq jara­
yonida ochiladi. Nutq bo‘lmas ekan tilning cheksiz imkoniyatlari yu- 
zaga chiqmay qolaveradi. So‘z va g‘azal sultoni A. Novoiy til va nutq 
munosabatlarini shunday izohlaydi. «Til shuncha sharafi bilan nutqning 
qurolidir. Agar nutq noma’qul bo‘lib chiqsa tilning manfaatidir».
115


Demak, til qanchalik zo‘r bo‘lmasin, u nutq uchun qurol sifatida 
xizmat qilarkan. Uning kuch qudrati nutq jarayonida namoyon bo‘lar 
ekan. Agar til o‘q bo‘lsa, nutq kamondir. 0 ‘qning qudrati, kamonning 
qudratiga ham bog‘liq.
Buyuk bobomiz A. Novoiy so‘zga shunday baho berganlar. 
«So‘zdirki, nishon berar o‘likka jondin,
So'zdirki, berur jonga xabar jonondin.
Insonki so‘z ayladi judo hayvondin,
Balki, guhari sharifiroq yo‘q ondin».
Qadimgi 
sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri 
«Qobusnoma»da ham til va nutqqa alohida e’tibor berilganki, ular 
hozir ham o‘z ahamiyatini yo'qotmaganini ko‘ramiz. Kaykovus bar- 
cha hunarlar ichida so‘z hunari -notiqlikni a’lo deb biladi: «Bilinki 
hamma hunardan so‘z hunari vaxshi».
Shuning uchun ham kishi suxandon va notiq bo‘lishni ta’kidlaydi. 
Muallif notiqlikni egallashning yoflini tinimsiz mehnat va o‘rganish 
deb uqtiradi. 
i
Hikoyat: «Shunday deb eshitdimki, bir kepha Xorun ar-Rashid bir 
tush ko‘rdi. Ya’ni og‘zidagi hamma tishlari to‘kilib tushgan emish. Er- 
talab turib bir ta’birchini chaqirib bu tush ta’biri nima ekanini so‘radik. 
Ta’birchi dedi: Ey amir al mo‘min sening huzuringda barcha qarindosh- 
urug‘laring o‘ladi, sendan boshqa hech kishi qolmaydi».
X orun ar-Rashid dedi: «Mening yuzimga shunday dard anduh 
bilan to‘lgan so‘zni aytasanmi? Agar mening,qarindoshlarim o‘lsalar 
men nima ish qilaman? Va qanday qilib kun kechiraman? - deb 
ta’birchini yuz tayoq urishga buyurdi. So‘ngra boshqa bir ta’birchini 
chaqirdi va tushining ta’birini so‘radi. Ta’birchi dedi: Ey amir al 
mo‘min, sening umring barcha qarindoshlaringning umridan uzun 
bo‘ladi. Xorun ar Rashid dedi: «Barcha aqlning yo‘li birdir va ik- 
kovining ta’biri bir yerdan chiqadi, ammo yuqoridagi ta’birchining 
iborasi bilan keyingi ta’birchining iborasi orasidagi farq kattadir», -
dedi va Xalifa keyingi ta’birchiga yuz tilla berishini buyurdi.
Ey farzand, so‘zingni yuzi va orqa tomonini bilgin, ularga rioya qil- 
gin. So‘zlaganda ma’noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapir- 
gan vaqtingda so‘zing qanday ma’noga ega ekanligini bilmasang, qushga
116


0‘xshaysan, bunday qushni to‘ti deydilar. To‘ti ham so‘zlaydi, ammo 
lo‘zining ma’nosi bo‘hnaydi. Shunday kishini notiq (suxango‘y) dey- 
mizki, uning har bir so‘zi xalqqa tushunarli bo‘lsin va xalqning har so‘zi 

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin