Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlar
luhbat metodi (suhbat) va imitatsiya metodi asosida o‘tkaziladi. Maz-
kur metodlar ko‘pincha quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
Tayyorgarlik suhbati (so‘zlashish) usullari;
Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish).
Tayyorlangan suhbatning quyidagi vazifalari mavjud:
To‘g‘ridan-to‘g‘ri
- bolalami suhbatlashishga, ya’ni suhbatdoshi
80
‘zlarini bo‘lmasdan tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kut-
gani holda o‘zini tutib turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib so‘zlash;
Yo‘ldosh - talaffuz va grammatik ko‘nikmalami mashq qilish,
ma’lum so‘zlar ma’nosini aniqlashtirish.
Suhbat jarayonida
tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so‘z
kabi turli usullardan foydalanadi. Bu usullaming barchasi suhbat pay
tida bilimlami o‘zlashtirish jarayonini yo‘naltirish, nutqiy muloqotni
ta’minlash, bolalar fikrlarini, ulaming diqqat-e’tiborlarini, xotiralari-
ni, emotsiyalarini faollashtirishga yordam beradi.
Bolaning kattalar bilan dialogining dastlabki belgilari «jonlanish
kompleksi», ya’ni bolaning kattalarga nisbatan emotsional-ijobiy mu-
nosabati ko‘rinishida paydo bo‘ladi. 2-2,5 oydan boshlab kichkintoy
dialogga kirishishni faol talab qila boshlaydi.
Dialogning birinchi shakli - emotsionai-erkin (vaziyat-shaxs)
shakldir. Bu boshqa odamga bo‘lgan
qiziqish, unga nisbatan emot
sional munosabat bilan tavsiflanadi. Dialogning bunday shakli bola
hayotining birinchi yarim yilligiga xos holatdir.
Dialogning yanada rivojlangan ikkinchi shakli - ya’ni emotsional-
vositali (vaziyatli-amaliy) shakli bola hayotining ikkinchi yarim
yilligida ro‘y beradi. Bu dialog predmetlar
orqali vositali dialogga
aylantiriladi. Ushbu yoshda bolaning qiziqishlari atrofdagi olamga
yo‘naltirilgandir. Unda yangi taassurotllarga e’tiyoj yorqin paydo
bo'ladi. Bu yoshdagi rivojlantirish vazifalari quyidagilardan iborat:
Bolalar
muassasalarida, oilada bolaga g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan
kattalarga nisbatan emotsional bog‘liqlik va ishonch hissini tar
biyalash. Unga nisbatan ijobiy diqqat-e’tiborga bo‘lgan ehtiyojni
qondirish. Kichkintoyning uni o‘rab turgan atrof-olamga va uning
o ‘ziga nisbatan qiziqishni rivojlantirishga ko‘maklashish.
Dostları ilə paylaş: