Babayeva d. R


-§. Dialogik nutqning mazmuni va vazifalari



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

13-§. Dialogik nutqning mazmuni va vazifalari
Reja:
1. Bolalarni dialogik nutqqa о ‘rgatish muammolari.
2. Bolalarga dialogik nutqni о ‘rgatish usullari.
Tayanch tushunchalar: dialog, imitatsiya metodi, talaffuz, gram­
matik ко ‘nikma, dialogik nutq, jonlanish kompleksi, emotsional, ijo­
biy munosabat.
1. 
Bolalarni dialogik nutqqa o ‘rgatish muammolari. 
Dia­
logik nutq ikki va undan ortiq kishilar o‘rtasida amalga oshiriladi. 
Nutqning bu ko‘rinishi o ‘ziga xos xususiyatlarga ega, bu nutq keng 
jumlalami talab etmaydi. Shuning uchun dialogik nutq tarkibida 
to‘liqsiz gaplar juda ko‘p bo‘ladi. Bunday nutq tarkibida so‘roq va 
undov gaplar ham uchraydi.
Dialogik nutqning mazmuni va vazifalari
Dialog - suhbat bolaning kattalar va o‘z tengdoshl iri bilan mulo- 
qotining asosiy shakli hispblanadi 
t
Bolalar bog‘chasida o‘qitish ikki shaklda amalga oshiriladi:
a) erkin nutqiy muloqot 
i
b) maxsus mashg‘ulotlarda
Dialog ko'proq erkin nutqiy muloqotda paydo bo‘ladi va u bola­
lar lug‘atini boyitishning: talaffuzga-oid grammatik ко‘nikmalarini 
tabiiy ravishda rivojlantirish, ravon nutq ko‘nikmalariga ega 
bo‘lish bazasi hisoblanadi. Dialog maxsus mashg‘ulotlarda 
o ‘qitiladi (oyiga 1-2 ta mashg‘ulot); Bolalar bog‘chasida bo‘lib 
turgan vaqti mobaynida bola erkin muloqotda pedagog va boshqa 
bolalar bilan muloqotga kirishadi. Uyda esa kattalar bola bilan 
turli mavzularda dialogga kirishishlari lozim. Dialogik nutqni 
(yoki og‘zaki nutqni) o‘rgatish odatda suhbat shaklida, ya’ni kat­
talar bilan bola o‘rtasida hamda bolalarning o‘zlari o‘rtasida fikr 
almashish shaklida ro‘y beradi.
Dialogik nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlar-
ning ahamiyati.
118


Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlar 
luhbat metodi (suhbat) va imitatsiya metodi asosida o‘tkaziladi. Maz- 
kur metodlar ko‘pincha quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi: 
Tayyorgarlik suhbati (so‘zlashish) usullari;
Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish). 
Tayyorlangan suhbatning quyidagi vazifalari mavjud: 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri - bolalami suhbatlashishga, ya’ni suhbatdoshi 
80
‘zlarini bo‘lmasdan tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kut- 
gani holda o‘zini tutib turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib so‘zlash;
Yo‘ldosh - talaffuz va grammatik ko‘nikmalami mashq qilish, 
ma’lum so‘zlar ma’nosini aniqlashtirish.
Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so‘z 
kabi turli usullardan foydalanadi. Bu usullaming barchasi suhbat pay­
tida bilimlami o‘zlashtirish jarayonini yo‘naltirish, nutqiy muloqotni 
ta’minlash, bolalar fikrlarini, ulaming diqqat-e’tiborlarini, xotiralari- 
ni, emotsiyalarini faollashtirishga yordam beradi.
Bolaning kattalar bilan dialogining dastlabki belgilari «jonlanish 
kompleksi», ya’ni bolaning kattalarga nisbatan emotsional-ijobiy mu- 
nosabati ko‘rinishida paydo bo‘ladi. 2-2,5 oydan boshlab kichkintoy 
dialogga kirishishni faol talab qila boshlaydi.
Dialogning birinchi shakli - emotsionai-erkin (vaziyat-shaxs) 
shakldir. Bu boshqa odamga bo‘lgan qiziqish, unga nisbatan emot­
sional munosabat bilan tavsiflanadi. Dialogning bunday shakli bola 
hayotining birinchi yarim yilligiga xos holatdir.
Dialogning yanada rivojlangan ikkinchi shakli - ya’ni emotsional- 
vositali (vaziyatli-amaliy) shakli bola hayotining ikkinchi yarim 
yilligida ro‘y beradi. Bu dialog predmetlar orqali vositali dialogga 
aylantiriladi. Ushbu yoshda bolaning qiziqishlari atrofdagi olamga 
yo‘naltirilgandir. Unda yangi taassurotllarga e’tiyoj yorqin paydo 
bo'ladi. Bu yoshdagi rivojlantirish vazifalari quyidagilardan iborat: 
Bolalar muassasalarida, oilada bolaga g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan 
kattalarga nisbatan emotsional bog‘liqlik va ishonch hissini tar­
biyalash. Unga nisbatan ijobiy diqqat-e’tiborga bo‘lgan ehtiyojni 
qondirish. Kichkintoyning uni o‘rab turgan atrof-olamga va uning 
o ‘ziga nisbatan qiziqishni rivojlantirishga ko‘maklashish.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin