Babayeva d. R


  Monologik nutqni shakllantirish usullari



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

2. 
Monologik nutqni shakllantirish usullari. 
Bolalarda gram- 
matik tizimni - sintaksis, morfologiya, so‘z hosil qilishni shakllanti­
rish o‘zining alohida xususiyatlariga ega bo‘lib, ularni rivojlantirish 
uchun pedagog turli vositalami qo‘llashi darkor. Morfologiya va so‘z 
hosil qilishni o‘zlashtirish uchun rag‘batlantiruvchi til o‘yinlari; sin- 
taksisni rivojlantirish uchun esa, keng fikr bildirish uchun motivatsi- 
yani yaratish muhim.
Ma’lumki, bolalar o‘z iqtidoriga qarab turlicha darajada rivojlanadi 
va о ‘z navbatida pedagogning rahbarligi ham bosqichli xususiyatga ega 
bo‘ladi. Bola hayotining beshinchi yilida pedagog rag‘batlantirishga 
(gap so‘z hosil qilish va so‘z ijodkorligi xususida bormoqda); oltin-
134


chi yilda - gap tarkibini eng oddiy tahlil qilish, nutqning gramma­
tik to‘g‘riligini shakllantirishga (so‘z o‘zgartirishda); yettinchi yilda
- hosila so‘zlar o‘rtasidagi rasmiy-semantik munosabatlami oddiy 
tahlil qilishga, nutqiy ijodkorlikka, murakkab sintaktik tuzilmalami 
ixtiyoriy tuzishga alohida e’tibor berishi lozim.
Didaktik о‘yinlar va grammatik mazmundagi mashqlar - bolalar- 
ning tilga oid o‘yinlarini, ularning grammatik sohasidagi faolligini 
rag‘batlantirishning muhim vositasidir. Pedagog bolalarga so‘z birik- 
masini o‘ylab ko‘rish, so‘ngra gapda so‘zlami bir-biri bilan to‘g‘ri 
bog‘lash qobiliyatini o‘rgatishi zarur.
Bolalar fikrlarida murakkab sintaktik tuzilmalami shakllantirish- 
ni yozma nutq vaziyatida, ya’ni bola matnni aytib turadigan, katta 
yoshli kishi esa, uni yozib boradigan vaziyatda amalga oshirish 
tavsiya etiladi.
Bolaga bir turdagi tuzilmalardan foydalanmagan holda so‘zlaming 
to‘g‘ri tartibini qo‘llashni o‘rganishda yordam beradigan mashqlarga 
alohida e’tibomi qaratish zarur.
Muhimi, bolada gap tarkibi haqida va har xil turdagi gaplarda 
leksikadan to‘g‘ri foydalanish haqida oddiy tasawurlar shakllansin. 
Buning uchun bolalarga gapda so‘zlami biriktirishning turli usullari- 
ni, so‘zlar o‘rtasidagi ayrim mazmunli va grammatik bog‘liqliklardan 
foydalanishni hamda gapni intonatsion jihatdan rasmiylashtirishni 
o‘rgatish zarur.
Shunday qilib, nutqning grammatik tizimini shakllantirish jara­
yonida sintaktik birliklar bilan amallar bajarish ko‘nikmasi shaklla- 
nadi, muayyan muloqot sharoitida va ravon monologik fikrlami tu­
zish jarayonida til vositalarini ongli ravishda tanlash ta’minlanadi.
Bola nutqi, agarda u atrofdagilarga tushunarli bo‘lsagina ishonchli 
muloqot vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa fikmi so‘zlarda izchil, 
ravon va to‘liq ifodalashga, aniq so‘zlami tanlashga, talaffuzning 
sofligi va to‘g‘riligiga bog‘liq. Qulay shart-sharoitlarda u yoki bu 
darajada ushbu xususiyatlar bolada aniq reja asosida o‘qitish, turli 
metodik usullami qo‘llash yo‘li bilan hosil qilinadi.
Tarbiyachi bolalaming tafakkurini va uning nutqining barcha jihat- 
larini, shu jumladan, obrazlilikni ham ularga atrofdagi hayot, oila va
135


maktabgacha ta’lim muassasasining maishiy hayoti, kishilar mehnati, 
ijtimoiy voqea va hodisalar bilan, jonli tabiat va predmetli olam bilan 
tanishish imkonini beradigan darajada rivojlantiradi. Maktabgacha 
yoshdagi bolalar borliqni faol qabul qiladilar va atrof-muhitdagi 
hayotga qo‘shilib ketadilar, bu esa ularda so‘z zaxiralarining tez or- 
tishiga olib keladi.
Xulosa:
Bolalar lug‘atini boyitishning asosiy manbasi bo‘lib kattalar nutqi, 
birinchi navbatda, bolalarni o‘qitib, tarbiyalaydigan tarbiyachining 
nutqi hisoblanadi. Ular tarbiyachidan obrazli so‘zlami, ifoda va 
qollksh usullarini o‘zlashtirib oladilar; ular nima yaxshi-yu nima 
yomonligini ajratib ololmaydilar va eshitgan barcha so‘zlarga taqlid 
qiladilar. Shuning uchun tarbiyachining nutqi namunaviy bo‘lishi 
lozim. Obrazli nutqni rivojlantirish keng ma’noda nutq madaniyati- 
nmg muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin