Babayeva d. R



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

2. 
Dialogik 
nutqni 
rivojlantirishga 
doir 
maxsus
mashg‘ulotlarning ahamiyati. 
Nutqda eng muhim metod bu dialogik 
nutq, ya’ni bolalar bilan so‘zlashishdir. So‘zlashish og‘zaki nutqning 
eng oddiy shakli bo‘lib, unda bola o‘zini tutishi, ko‘z qarashi, xatti- 
harakati, ovozining past-balandligi, tezligi kabi turli holatlar hisobga 
olinadi. So‘zlashish - dialogik nutq, asosan kattalar yordamida amal­
ga oshiriladi va u ayniqsa, tevarak-atrofini bilish jarayonida yaxshi 
natijalar beradi. Jumladan, jamoat joylarida, ko‘pchilik o‘rtasida nutq 
madaniyatiga rioya etishga e’tibor qaratiladi.
Bunda bir-birining nutqini to‘ldirib borish, tuzatishlar kiritish, 
so‘rash, so‘rab bilib olish dialogik nutqqa o‘rgatishning usullari 
sanaladi.
128


Dialogik 
ravon 
nutqni 
rivojlantirishga 
doir 
maxsus 
mashg‘ulotlardan biri suhbat metodi quyidagi usullar yordamida 
amalga oshiriladi:
Tayyorgarlik suhbati (so‘zlashish) usullari;
Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish).
Suhbatning quyidagi vazifalari mavjud: Bolalami To‘g‘ridan- 
to‘g‘ri suhbatlashishga, ya’ni suhbatdoshi so‘zlarini bo‘lmasdan ting­
lash, luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda o‘zini tutib 
turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib so‘zlash.
Yo‘ldosh - talaffuz va grammatik ko‘nikmalami mashq qilish, 
ma’lum so‘zlar ma’nosini aniqlashtirish.
Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so‘z 
kabi turli usullardan foydalanadi.
Mashg‘uIot ishlanmasi:
Mavzu: Jamoa hayotidan hikoya tuzish: «Bizning maktabgacha 
ta’lim muassasamiz».
Maqsad: Tarbiyachining rejasi asosida shaxsiy hayotda bo'lgan 
voqealami hikoya qilib so‘zlab berishga o‘rgatish.
Vazifalar:
Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malakasini 
shakllantirish.
Gapirayotganda so‘zlami bir-biriga bog‘lab, jumlalar tuzish ma­
lakasini mustahkamlash.
Aytilgan jumlani qanday holat (kayfiyat)da aytilganini aniqlash 
(xafa, xursand).
Tovushga xos xususiyatlami aniqlash.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin