Bola uchun katta yoshli odam - bitmas-tuganmas ijobiy emotsi-
yalar, qiziqarli taassurotlar va borgan sayin so‘z muhim ahamiyatga
ega bo‘lib boradigan o‘yinlar manbai hisoblanadi. Kattalar bilan dia
logga kirishish, narsalar va o‘yinochqlarga egalik qilishga intilarkan,
bola ushbu maqsadlarga erishish uchun so‘zdan foydalanish haqidagi
chaqiriqqa javob beradi, ba’zida o‘zi tashabbus ko‘rsatib, fikr bildi-
radi. Katta yoshli odam bola bilan dialogga kirishadi, bolaning bir
so‘zli fikrlarini grammatik jihatdan to‘liq shakllantirilgan iboraga
aylanatirish orqali uning kamchiliklarini «tuzatadi» (Temur dada-
sining mashinasini ko‘rib qoldi: «Bi-bi, dada». Ona: «Dadasining
mashinasi. Ketdik, dadaga boramiz»).
Bola tilni faol o‘zlashtiradi. So‘z ortida turgan tasawur yagona
o‘xshashlikdan («lyalya» - katta va kichik qo‘g‘irchoq) ko‘proq
o‘xshatishlargacha, keyinroq esa nisbatan aniq umumlashtirmalar-
gacha («mol» so‘zidan sigir, qo‘y, echki va ot-eshaklarni ifodalash-
da foydalanishdan boshlab keyinchalik «mol» so'zini faqat sigir va
buzoqchalarga nisbatan qo‘llashgacha) rivojlanadi. Ayni bitta so‘z
yordamida ko‘p obrazli munosabatlar ifodalanadi («nanna» so‘zi
bir vaqtning o‘zida «bu non», «non bering», «non tushib ketdi» kabi
ma’noiami anglatishi mumkin va h.k.). Bola asta-sekin bu munosa-
batlami grammatik jihatdan rasmiylashtirilmagan ikki so‘zli, keyin
roq esa uch so‘zli gaplar orqali ifodalashni o‘rganadi. Ikkinchi yil-
ning oxiriga kelib, dastlabki grammatik shakllar paydo bo‘ladi. Bola
ning so‘z zaxirasi ortadi. 1 yoshu 6 oyda uning so‘z zaxirasi 30—40 ta
so‘zni tashkil qilishi lozim. Fikrlar asosan bir tarkibli gaplardan iborat
boiadi. Bunda nonutqiy dialog vositalari (ifodali harakat, bevosita
namoyish qilish, ko‘zlaming to‘qnashuvi, mimikalar, imo-ishoralar
Dostları ilə paylaş: