rindoshlari va bolalar bilan munosabatga kirishish hamda ular bilan
birgalikda harakat qilish (nutqning kommunikativ vazifasi), atrof-
olamni bilish (nutqning intellektual vazifasi) orqali davom etadi. Bola
nutqiy dialogning asosiy shaklini - dialogik nutqni o‘zlashtiradi. U
tashabbus ko'rsatib fikr bildirishni,
savollar berishni, javob kutishni,
o‘zi ham savollarga javob berishni, atrofdagilarga iltimos va taklif-
lar bilan murojaat qilishni o‘rganadi. Bola o‘z
istak-xohishlari, his-
siyotlari, fikrlarini ifodalash, kutilayotgan natijalarga erishish uchun
So‘zlardan foydalanadi. Biroq, bola tomonidan foydalanilayotgan
so‘zlar fonetik jihatdan ancha nomukammal bo‘lib, u keng qamrovli
ma’nolami anglatadi. So‘z va predmetli harakatlami qo‘llash, ular bi
lan mos ravishda harakat qilish orqali katta
yoshli kishi bola bilan
o‘zaro bir-birini tushunishini va uning tilini boyitishni yo‘lga qo‘yadi.
Bola tashabbus ko‘rsatish orqali dialog subyekti, teng huquqli
hamkor sifatida chiqadi. 0 ‘zini
tushunishlariga intilish, o‘z istak-
xohishlarining bajarilishiga erishish bolani to‘g‘ri so‘zlashga majbur
qiladi. Ushbu yoshda tengdoshlari bilan dialogga kirirish emotsiona!
aioqa o‘matish va o‘z shaxsiga e’tibomi jalb qilishga yordam beradi:
bolalar bir-birlari bilan o‘ynash jarayonida o‘z harakatlarini nutq.
bilan sharhlab boradilar, ammo hozircha ular bir-biriga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri yuzlanib, murojaat qilmaydilar.
'
Bola hayotining uchinchi yiliga kelib bolaning til muhitidagi faol
yo‘naltimvchi faoliyati boshlanadi. Bu quvonchli kechinmalar ta’sin
ostida vujudga keladigan tovushlar bilan turli o‘yinlarda («shovqin-
li qo‘shiqlar») va oddiy so‘z ijodkorligida («golf-molflar», «o‘yin-
po‘yin» va boshq.) ko‘rinadi.
Bu yoshda u kattalar bilan dialogda ko‘rgazmali-taassurotli vazi
yatga tayanmagan holda o‘z taassurotlarini nutqda ifodalay bosh
laydi. Bolalar o‘zlari o‘qib
chiqqan kitoblari, tinglagan ertaklari va
o‘zlarining ilgarigi tajribalari haqida (Mustaqillik maydoniga, hayvo-
not bog‘iga uyushtirilgan sayohat, qorbobo sovg‘alari va boshqalar
haqidagi xotiralar) fikr bildira boshlaydilar.
Bola hayotining ikkinchi yilida nutqiy rivojlantirish vazifalari:
Nutqni tushunish. Bolaga eng oddiy, uning o‘ziga tanish bo‘lgan maishiy
vaziyatlar, jarayonlar va o‘yin vaziyatlarini
ochib bemvchi oson tu-
122
shuniladigan so‘zlar va oddiy iboralar zaxirasini kengaytirish. Odam-
lar, xonadagi va undan tashqaridagi narsalar, hayvonlar, o‘simliklar, uy-
joylar va ularning vazifasini ifodalovchi so‘zlar zaxirasini asta-sekin
kengaytirib borish. Old ko‘makchilar va
ravishlar yordamida ifoda
qilinadigan vaziyatlami tushunishni (ikkinchi yarim yillikda), buyum
lar sifati, ularning hajmi va rangini belgilovchi so‘zlami tushunishni
shakllantirish. Kattalaming mazmuniga ko‘ra bog‘langan 2-3 ta hara-
katdan iborat bo‘lgan topshiriqlarini diqqat bilan tinglash,
tushunish va
bajarishni o‘rgatish (.. .koptoktti ol va menga uzat).
Barcha rejimli vaziyat jarayonlarida ishonch bildirilgan his-haya-
jonli dialogni yo‘lga qo‘yish. Bola imkoni bo‘lgan har qanday nutqiy
ko‘rinishlar va vokallashuvlaming paydo bo‘lishiga ko‘maklashish.
Imo-ishoralar va yuz ifodasi bilan bir qatorda istak-xohishlami ifoda
lash va atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatlami yo‘lga qo‘yish uchun
zarur bo‘lgan so‘zlardan foydalanishga; turli sabablar bilan kattalai
va bolalarga murojaat qilish:
savol berishga; ko‘rganlarini bir nechta
so‘zlarda hikoya qilib berishni o‘rganishga (yil oxirida) undash.
Bolalaming kishilami ularning yoshi va jinsiga mos holda belgi
lovchi so‘zlardan, xonadagi v i xonadan tashqaridagi buyumlardan,
ayrim hayvonlardan va o‘simlMardan, atrofdagi kishilar va hayvon
lar harakatlaridan, notirik va t rik obyektlardan, ayrim mehnat hara-
katlaridan foydalanishlari uchun tegishli holatni vujudga keltirish.
Dostları ilə paylaş: