unga ma’lum bo‘lsin. Bunday kishilar oqil (aqlli) lar qatoriga kiradi.
...Bilgan so‘zingni o‘z joyila ishlatgin, vaqtni bekor o‘tkazmagin.
Agar vaqtni bekor o‘tkazsang, donishmandlikka putur yetkazgan
bo'lasan. Hamma vaqt to‘g‘ri gapir, be’sanilikni da’vo qilguvchi
bo‘lmagin, bilmagan ilmdan gapirmagil, shunda ilmdan non talab
qilma. Har qanday talabing bo‘lsa, bilgan ilm, ma’rifat va hunardan
hozir bo‘ladi. Bilmagan ilm, ma’rifat va hunami bilmagan deb da’vo
qilsang nech narsa hosil bo‘lmaydi va behuda zahmat chekasan.
Har bir so‘zga quloq sol, tezlik qilma. 0 ‘ylamasdan so‘zlama.
Har bir so‘zni o‘ylab gapir, xato aytgan gapingdan pushaymon
bo‘lmagaysan (Qobusnomadan).
Xulosa: Ma’lumki til inson aqli faoliyatining eng oliy va asosiy vosita-
sidir. Chunki insonni bosfcqa jonzotlardan ajratib turadigan ham til
emasmi?! Shunday ekan, inson aqliy faoliyatining eng oliy mahsul-
lari tafakkur mevalari til, nutq orqali ro‘yobga chiqadi. Til tafakkur
mahsulining hayotga tatbiq etilish vositasi boluvchi qudratli quroldir.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 1. Ravon nutq tushunchasi va uni rivojlantirish vazifalari haqida nimalami bilasiz? 2. Ravon nutqning mohiyati nimalardan iborat. 3. Maktabgacha ta ’lim muassasalarida bolalami ravon nutqqa о 'rgatish jarayoni qanday kechadi? 4. Til tafakkur quroli va muomala vositasi deyilishini asoslab bering. 5. Ta ’lim muassasalarida о ‘qitish qanday shakllarda amalga os hiriladi? 6. Maktabgacha ta ’lim muassasalarida bolalami ravon nutqqa ijodiy о ‘rgatish usullari haqida nimalami bilasiz? 117