rishdan iborat. So‘zlashuv nutqini shakllantirish vazifasi ko‘p qirrali.
Maktabgacha bosqichdagi kichik yoshli bolalarda ularga qaratilgan
nutqni tinglash va tushunish, bir-birini tinglash, savollarga javob be
rish va o‘zi ham savollar berishi, suhbat mavzusi bo‘yicha izchil ja
vob berish qobiliyati shakllanadi.
Nutqning ushbu ikki turlari o‘rtasidagi farq matn ichidagi
gapning
mantiqiy aloqa turi bilan belgilanadi. Monolog doimo vaqtli yoki sa-
bab-oqibatli aloqada bo‘ladigan (bir-biriga nisbatan) borliq faktlari
haqida xabar qiladi.
Vaqtinchalik aloqa ikki tomonlama bo‘lishi mumkin: faktlar haqi-
qatan ham bir vaqtdalik yoki ketma-ketlik munosabatlarida bo‘lishi
mumkin.
Bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘ladigan
faktlar haqidagi xabarlar
tavsif deb ataladi. Faktlar ketma-ket keladigan xabar bayon qilish
deyiladi. Sabab-oqibatli munosabatlarda bo‘lgan faktlar haqidagi
xabarlar esa mulohaza deb yuritiladi.
Ilk yoshda bola ravon nutqni eshitadi.
Dastlab bu unga nisbatan
aytilgan luqmalar, so‘ngra esa ertaklar, hikoyalar, kattalaming mono
logik nutqlari bo'ladi.
Ravon nutqdan
til elementlari - tovushlar, morfemalar, so‘zlar,
gaplami ajratib olar ekan, bola ravon matnda har bir til elementining
o‘mini eslab qoladi, bu esa ilk yoshdan boshlab nutqdan oldingi mashq
lar boshlanadigan til sezgilarini rivojlantirish jarayonini tashkil etadi.
Ma’lumki, ravon nutqda bolalaming
boshqalar bilan voqea-
hodisalar ta’siri natijasida o‘zaro munosabati, aloqasi ifodalanadi.
Bu ifoda bir yoki bir necha jumlalarda o‘z aksini topishi mumkin.
Ravon nutqning shakllanishida bolaning tevarak-atrof bilan munosa
bati, muomala shakli katta rol o‘ynaydi. Maktabgacha katta yoshdagi
bolalarda ravon nutqni rivojlantirishda ancha-muncha tajriba, mala-
ka va ko‘nikmalar mavjud bo‘lganligini
hisobga olib, ularda ravon
nutqni shakllantirishda, awalo, ertaklar matnini tinglashda nimalarga
e’tibor berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular, awalo,
ona Vatan haqida dastlabki tasavvurlami shakllantirishdan boshlana-
di. Unda «Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun dastur»da bo
lalami buyuk siymolar, sarkardalar, ulug‘ mutafakkirlar haqida bilim
113
berish nazarda tutilgan. Ana shulaming
barchasi bolalarning milliy
qadriyatlarimiz haqidagi bilimlarini aniqlash, mustahkamlash va ken
gaytirish asosida ravon nutqni rivojlantirishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: