Babayeva d. R


tovush,  so‘zlami to‘g‘ri talaffuz qilish, nutqning ta’sirchanligiga eri-  shish



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

tovush, 
so‘zlami to‘g‘ri talaffuz qilish, nutqning ta’sirchanligiga eri- 
shish, 
rasmlar asosida hikoya tuzish, kichik hajmli badiiy asarlami 
qayta hikoya qilib berish, manzarali rasmlar asosida hikoyalar tuzish 
talab 
etiladi. Lekin kuzatishlar bu talablaming to‘liq bajarilmayot- 
ganini ko‘rsatadi.
137


Vaholanki, bolalarning nutqini rivojlantirishda badiiy adabiyot- 
ning imkoniyatlari kattadir.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari badiiy 
adabiyot namunalari bilan har kuni tanishtirilib boriladi. hiko- 
yatlar, rivoyatlar, ertaklar, maqollar, topishmoqlar, tez aytishlar va 
qo‘shiqlar ular nutqining ifodaliligini ta’minlab qo‘ya qolmaydi, 
balki so‘z zaxirasini ham boyitadi, adabiy til imkoniyatlaridan bah- 
ramand qiladi.
«Bolalar maktabgacha ta’lim muassasalari uchun dastur»da badiiy 
adabiyot namunalari bilan tanishish uchun tavsiya etilgan ro‘yxatdan 
mashg‘ulotlar o‘tkazishda keng foydalaniladi.
Dasturda qo‘shimcha adabiyotlar ham tavsiya etilgan bo‘lib, bular 
asosiy adabiyotlar vositasida o‘tiladigan mavzulami to‘ldirishga va 
mashg‘ulotlami yanada boyitishga yordam beradi.
Bolalar nutqini rivojlantirishda eng muhim vazifalar sifatida 
ulaming lug‘atini boyitish va faollashtirish, nutqining gramms- 
iik tuzilishini, tovush madaniyatini, dialogik va monologik nutqni 
shakllantirish, badiiy adabiyot namunalaridan foydalanish juda 
muhimdir.

Ma’lumki, bolalarning kundalik faoliyatida hikoya tuzishga 
yo‘naltirishda ulami so‘zlashga undamoq zarur. Masalan, «Kecha 
biznikida to‘y bo‘ldi» mavzusida bolalarning o‘zi tuzgan hikoyani 
quyidagicha yo‘naltiruvchi savollar bilan to‘ldirish mumkin.
Sizlamikida «Qanaqa to‘y bo‘ldi?», «To‘yga kimlar keldi?», «Sen 
to‘yda nima ish qilding?», «To‘y yaxshimi?» yoki bolalardan biri 
betob bo‘lib qoldi deylik. Sog‘aygandan so‘ng maktabgacha ta’lim 
muassasasiga kelgan kuni, albatta, savol-javob bo‘ladi: «Sobir, Zokir 
yoki Gulchehra nima uchun maktabgacha ta’lim muassasalariga kel- 
may qo‘yding?>>
- «Men kasal bo‘lib qoldim».
Shunda tarbiyachi bolani so‘zlatish, hikoya qilishga undash uchun 
quyidagi savollami beradi: «Qanday kasal bo‘lding?», «Uyga shi- 
fokor chaqirdilaringmi?», «Qanday davolanding?», «Betobligingda 
zerikmasliging uchun senga qanday kitob o‘qib berishdi?», «Bizga 
ham aytib bergin-chi?».
138


Bundan tashqari, mashg‘ulotlar xonasi jihozlarini o‘zgartirib bo- 
rish, bolalar chizgan rasmlar ko‘rgazmasi, kichkintoylar uchun kitob- 
lar ko‘rgazmasini uyushtirish jarayonidagi dialogik yoki monologik 
hikoyalar ham katta ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi.
Bu borada bizga bolalaming oilalari yaxshi yordam berdilar. Nati- 
jada sovg‘a qilingan kitob, kasb haqida suhbat, musiqiy lahzalar, 
mehnat jarayoni, bolalaming oilasidagi yaqin kishilari - yozuvchi, 
shoir, rassom, bastakor, quruvchi, haydovchi, doktor, o‘qituvchi, chi- 
langar va boshqalar haqida maroqli hikoyalar tuzishga sabab bo‘ldi.
Bolalaming turli ko‘katlar, gullar bayramida gullar, yangi yil er- 
taligida turli hayvonlar rolida chiqishlari, qo‘g‘irchoq teatri spektakli 
kabi turli hikoyalarda o‘z ifodasini topdi. Demak, yaratilgan sog‘lom, 
qiziqarli muhit ma’naviy sog‘lomliknmg muhim mezoni - ravon 
nutqning ham sog‘lom bo‘lishiga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida, 
ravon nutqning har bir talabini reja asosida bir tizimda, maqsadga 
muvofiq amalga oshisihini ta’minlaydi.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin