Ilk yoshdagi ijtimoiy rivojlanish vaziyati va uning genetik
vazifasi.
Bola hayotining birinchi yili oxiriga kelib erishgan natijalari yangi
ijtimoiy rivojlanish vaziyatini qurishni talab qiladi. Bu bolaning katta
odam bilan birgalikdagi faoliyatiga oid vaziyatdir. Ushbu birgalik
dagi faoliyat mazmuni - predmetlardan foydalanishning jamoatchilik
tomonidan ishlab chiqilgan usullarini o‘zlashtirishdan iborat (bola
qoshiq bilan ovqatlanishni, stakandan ichishni, rasm chizishni, stul-
chaga o‘tirish va hokazolami o ‘rganadi).
Dialog jadal rivojlanishda davom etadi, zero, kattalar bilan bevo-
sita muloqotsiz predmetli faoliyat mumkin emas.
Predmetli faoliyat
bilan bog‘liq dialog faqat emotsionalligicha qolmaydi, u nutqiy dia-
logga aylanadi. Shunday qilib, ilk yoshdagi bosh vazifa narsalardan
foydalanishning insoniy usullarini o‘zlashtirish va nutqni rivojlanti-
rishdan, iborat bo‘ladi.
, Bola narsalar bilan harakat qilar ekan,
hayotining ikkinchi yiliga
kelib, ulaming jismoniy (hajmi, shakli, rangi) va dinamik xususiyatla-
rini, masofayiy munosabatlarini (yaqin, uzoq), butun narsani qismlarga
ajratisb va qismlardan butun narsani yig‘ishni (piramida, matrushka
kabi o'yinchoqlami qismlarga ajratadi va qayta yig‘adi) o‘zi uchun
kashf qiladi. Biroq bola narsalar bilan qanchalik ko‘p harakat qilma-
sin, u baribir ularni amalda qo‘llashning jamoatchilik tomonidan ishlab
chiqilgan usullarini (qoshiq bilan ovqat yeyiladi, bo‘tqa aralashtirila-
di; sochiqqa qo‘llar, yuz artiladi; qalam bilan rasm chiziladi va h.k.)
mustaqil ravishda kashf qila olmaydi. Narsalaming vazifasi va ularni
amalda qo‘llash usullarini bolaga kattalar o‘rgatadilar.
2.
Bolalarga dialogik nutqni o‘rgatish usullari.
Dialogga
bo‘lgan ehtiyoj, predmetli harakatlami o‘zlashtirish bolaning o‘z faol
nutqini ham talab qiladi.
Nutq asosida umumlashtirishlar, fikrlash-
ning ramziy vazifasi, ya’ni real narsalaming o‘mini almashtira olish
hamda o‘mini bosuvchi narsalar va til belgilari bilan amallar baja-
rish qobiliyatlari rivojlanadi. Biroq nutqqacha predmetli harakatlami
aynan bir narsa bilan turli harakatlami yoki
turli narsalar bilan aynan
bir xil harakatni bajarish, juftlik o‘yinlami rivojlantirish va umum-
lashtirishga oid uzoq yo‘lni bosib o‘tishga to‘g‘ri keladi.
120
Bola uchun katta yoshli odam - bitmas-tuganmas ijobiy emotsi-
yalar, qiziqarli taassurotlar va borgan sayin so‘z muhim ahamiyatga
ega bo‘lib boradigan o‘yinlar manbai hisoblanadi. Kattalar bilan dia
logga kirishish, narsalar va o‘yinochqlarga
egalik qilishga intilarkan,
bola ushbu maqsadlarga erishish uchun so‘zdan foydalanish haqidagi
chaqiriqqa javob beradi, ba’zida o‘zi tashabbus ko‘rsatib, fikr bildi-
radi. Katta yoshli odam bola bilan dialogga kirishadi, bolaning bir
so‘zli fikrlarini grammatik jihatdan to‘liq
shakllantirilgan iboraga
aylanatirish orqali uning kamchiliklarini «tuzatadi» (Temur dada-
sining mashinasini ko‘rib qoldi: «Bi-bi, dada». Ona: «Dadasining
mashinasi. Ketdik, dadaga boramiz»).
Bola tilni faol o‘zlashtiradi. So‘z ortida turgan tasawur yagona
o‘xshashlikdan («lyalya» - katta va kichik qo‘g‘irchoq) ko‘proq
o‘xshatishlargacha, keyinroq esa nisbatan aniq umumlashtirmalar-
gacha («mol» so‘zidan sigir, qo‘y, echki va ot-eshaklarni
ifodalash-
da foydalanishdan boshlab keyinchalik «mol» so'zini faqat sigir va
buzoqchalarga nisbatan qo‘llashgacha) rivojlanadi. Ayni bitta so‘z
yordamida ko‘p obrazli munosabatlar ifodalanadi («nanna» so‘zi
bir vaqtning o‘zida «bu non», «non bering», «non tushib ketdi» kabi
ma’noiami anglatishi mumkin va h.k.). Bola asta-sekin bu munosa-
batlami grammatik jihatdan rasmiylashtirilmagan ikki so‘zli, keyin
roq esa uch so‘zli gaplar orqali ifodalashni o‘rganadi. Ikkinchi yil-
ning oxiriga kelib, dastlabki grammatik shakllar paydo bo‘ladi. Bola
ning so‘z zaxirasi ortadi. 1 yoshu 6 oyda uning so‘z zaxirasi 30—40 ta
so‘zni tashkil qilishi lozim. Fikrlar asosan bir tarkibli gaplardan iborat
boiadi. Bunda nonutqiy dialog vositalari (ifodali harakat,
bevosita
namoyish qilish, ko‘zlaming to‘qnashuvi, mimikalar, imo-ishoralar
Dostları ilə paylaş: