Badiiy asarning umrboqiyligi masalasi


XX asr adabiyotida strukturalizm ekzistensializm sosrealizm metodlari



Yüklə 58,88 Kb.
səhifə5/6
tarix21.12.2023
ölçüsü58,88 Kb.
#187463
1   2   3   4   5   6
I bob. Badiiy asarning umrboqiyligi masalasi-fayllar.org

2.2. XX asr adabiyotida strukturalizm ekzistensializm sosrealizm metodlari
XX asr boshlaridan yekzistensializmga zid turadigan markscha realizm Rossiyada, keyinroq SSSRda nihoyatda rivojlandi. Markscha falsafa asosida paydo bo’lgan sosialistik realizm nafaqat Sho’ro davlatida, balki bir qancha xorijiy adabiyotlarda qo’llanila boshlandi. Markscha falsafaning nafosashunoslik, adabiyoshunoslikda qo’llana boshlanishida Georgiy Valyentinovich Plyexanov (1856-1918)ning hissasi katta bo’ldi. U o’ta madaniyatli, ko’p o’qigan, san’atni nozik his qiladigan, marksizmga nihoyatda sadoqatli zot bo’lgan. G.Plyexanov Marks asarlarini qunt bilan o’qidi, ularni rus tiliga tarjima qildi. Marksistik nafosashunoslikning shakllanishi, rivoji Rossiyada G.Plyexanov nomi bilan bog’liq. Plyexanov rus mutafakkir tanqidchilari – Dobrolyubov, Chernishevskiy, Gersen, ayniqsa, Belinskiy asarlarini alohida bir mehr bilan o’qidi. Unda g’arb faylasuflari qarashlarini rossiyalik ma’rifatparvarlar – “real tanqid” namoyandalari ijodi bilan bog’lash istagi tug’ildi. Belinskiyning asarlarini o’qir yekan, Plyexanov g’alati bir yangilikni kashf yetdi. V.Belinskiy G.Gegel asarlarini o’qib: “Adabiy tanqidning vazifasi san’at asarlarini tafakkur tiliga o’girmoqdir”, - deb yozib qo’ygan yekan. G.Plyexanov panlogizm nomini olgan Gegel falsafasi haqidagi Belinskiy qarashini o’qib xursand bo’lib ketdi. Plyexanov mana shu yangilik asosida o’zining PANSOSIOLOGIZM nomini olgan qarashini uzil-kesil ifodaladi: “Adabiy tanqidning vazifasi san’at asaridagi sosiologik yekvivalyentni yuzaga chiqarishdir”. Gegelning san’at haqidagi aqidasi panlogizm nomi bilan mashhur bo’lgan yedi. G.Plyexanovning sosiologik yekvivalyent nazariyasi pansosiologizm deb yuritila boshlandi. Inson hayoti, xarakterini ijtimoiyliksiz tasavvur yetib bo’lmaganday, adabiy tanqidni ham ijtimoiy yondashuv talqinsiz anglab bo’lmaydi. Lekin ijtimoiylik boshqa belgi, xususiyatlarga qo’shib olib borilsagina o’zini oqlaydi. Ijtimoiylikni adabiy tanqid, badiiy xarakterning bosh, yetuk belgisi sifatida qabul qilinishi, qo’llanilishi to’g’ri yemas. G.Plyexanov V.Belinskiy, N.Dobrolyubov, N.Chernishevskiy, A.Gersen ijodidagi “real tanqidning asosiy xususiyati ijtimoiy ekvivalentlik ekanligidan quvondi. Vaholanki, V.Belinskiydan boshlangan rus inqilobiy demokratlari badiiy asardagi ijtimoiy mohiyatni matnni bosib-yanchib, sindirib,majruh qilib sitib chiqarganlar. Masalan, A.Dobrolyubov “Arafa”(I.S.Turgenev) romani haqida “Haqiqiy kun qachon keladi”, A.Ostrovskiyning “Momaqaldiroq” dramasi haqida “Zulmat ichra nur” singari maqolalarini yozdi. Shiddatli Vissarion ham badiiy asarlar matnini tahlil qilishni emas, asar baholashda his-hayajonlarni to’kib solishga, ijtimoiy mohiyatni mumkin qadar yuksak ko’tarishga e’tibor berdi. Strukturalistlar, xususan, V.Shklovskiy, B.Tomashevskiylar V.Belinskiy, uning izdoshlari ijodini jonli matndanuzilib qolganligini qattiq tanqid qildilar, "Belinskiy, Dobrolyubov, Zaysev, Mixaylovskiylar go’yo gul ko’rgani keldilaru, guldan zavqlanish o’rniga uning ustiga o’tirib oldilar",7 - deydi V.Shklovskiy. B.Tomashevskiy fikricha, XIX asr 60-yillaridagi rus revolyusion-demokratlari “badiiy asarni ijtimoiy yaroqliligiga ko’ra baholadilar”, “o’zlarining mafkuraviy qarichlarini chin o’lchov deb bildilar”8.Boris Sadovskiy “Chernishevskiy - tanqidchi” (“Veso’” jurnali, 1907 yil, 7-son) maqolasida “Nima qilmoq kerak?” romani muallifini “iste’dodli iqtisodchi”, adabiy tanqid sohasida “tirishqoq va zahmatkash”, “o’rtamiyonalikning baayni o’zginasi” deydi. Sho’ro adabiyoshunosligi va tanqidchiligi V.Belinskiy, A.Dobrolyubov, N.Chernishevksiy, A.Gersen va boshqalar asarlarini ko’klarga ko’tardi. Mazkur mutafakkir-munaqqidlar asarlari sho’ro adabiyoshunosligi va tanqidchiligining metedologik asosi ekanligi uzluksiz ta’kidlandi. Ularning adabiy-tanqidiy, badiiy asarlari bot-bot chop etildi. Buning boisi shunda ediki, sho’ro adabiyoshunosligi va tanqidchiligi inqilobiylikni hamisha yuksak qardrladi, hatto, vulgar sosiologizm ham 20-yillarda bayroq qilib ko’tarildi. Sho’ro adabiyoshunosligi fanida mikroanaliz va strukturalizm metodining susayib ketishiga ham V.Belinskiylar asarlaridagi his-hayajon, matndan ajralgan holda asarni g’oyaviy-ijtimoiy “tanqid” qilish sabab bo’ldi. Sho’ro adabiyoshunosligida yozuvchilarni “o’rni-o’rniga qo’yib” munosabatda bo’lish, tanqid qilish avj oldi. Afsuski, ba’zi ilmiy tadqiqot, dissertasiyalarda V.Belinskiy, N.Chernishevskiylar asarlari hanuz metodologik tayanch sifatida ko’rsatilayotganligi achinarlidir. Rus tanqidchisi Lev Anninskiy “Nimani izlaysiz?” nomli maqolasida hozirgi tanqidchilikda barham topayotgan udumlar haqida to’xtalinib, V.Belinskiydan boshlangan chalalik, chalkashlik, chiranchog’liklarga e’tiborni qaratadi. Lev Anninskiy V.Belinskiylar haqidagi qarashlarni xulosalar ekan, rus revolyusion-demokratlari qo’lidan olingan estafeta tayoqchasi sho’ro adabiyoshunosligi Prokrustlari tomonidan rosa foydalanilganligini aytadi9. Bu yerda munaqqid sho’ro adabiyoshunosligi va tanqidchiligidagi vulgar sosiologizm, yuzakilik, guruhbozlik, noxolislikni nazarda tutganligini tushunib olish qiyin emas.XX asr adabiyotida goh kuchayib, goh pasayib, goh keng miqyosda, goh tor ko’lamda o’sib-o’zgarib borgan strukturalizm ekzistensializm, sosrealizm singari metodlarni saralashda mahak tosh vazifasini o’tadi. Chindan ham, san’at vazifasi, undagi yo’nalishlar funksiyasi insonni qay darajada haqqoniy, tabiiy tasvirlanganligiga ko’ra baholanadi. Inson hamisha onadan erkin tug’iladi. Inson erkiga kishan solishlar, quyushqonga kiritishlar keyinchalik boshlanadi. Inson hayoti, aslida, erk bilan har xil kishanu tuzoqlar aro kurashdan iborat. Cho’lpon «Ko’ngil» she’rida erk va uning kushandalari aro ziddiyatni tiniq ko’rgan, aniq tasvirlagan edi:
Ko’ngil, sen munchalar nega
Kishanlar birla do’stlashding?...
Tiriksan, o’lmagansan,
Sen-da odam, sen-da insonsan;
Kishan kiyma, bo’yin egti,
Ki, sen ham hur tug’ilg’onsan!...
XX asrda inson erki, hurligiga jonu jahdi bilan qarshi kurashgan mafkuralar ko’p bo’ldi. Sho’ro davlatida, Germaniyada, Ispaniyada, Italiyada, Chilida, Kongoda, yana qanchadan qancha yurtlarda fashizm ochiqchasiga harakat qildi. «Manqurt» degan istiloh mohiyati XX asrda aniq ko’rindi. Inson erki va unga qarshi har xil tazyiqlar adabiyoshunoslikda qanday nomlanadi? Adabiyoshunoslikda «xarakter» degan tushuncha bor, u juda ko’p tillarda «karakte» nomi bilan ma’lumu mashhur. Aslida inson o’z fitrati, mangu bitigi bilan tug’iladi. Hayot, faoliyat davomida inson ma’no-mohiyati namoyon bo’ladi. «Sartr, mavjudlik-shaxs xatti-harakatlaridan iboratdir, deb biladi. Uningcha, inson o’zini o’zi namoyon qilish, o’zini o’zi ruyobga chiqarish orqaligina mavjuddir. Shuning uchun u «o’z hayoti va xatti-harakatlarining yig’indisidan boshqa narsa emas»10Hayotda hamma ziddiyatlar kurashi mavjud ekan. Yekzistensializm, aslida, insonni, xarakterni markscha falsafadagi talqiniga zid ravishda vujudga kelgan ekan. Biz yuqorida G. V. Plexanovning pansosiologizm haqidagi qarashini keltirgan edik. Bu nazariya bevosita K. Marks qarashidan keltirib chiqarilgan edi. Ilmiy kommunizm nazariyasining asoschisi K. Marks «Feyerbax to’g’risida tezislar» ning 6-bandida yozadi: «... insonning mohiyati ayrim individga xos bo’lgan abstrakt emasdir. Haqiqat holda u barcha ijtimoiy munosabatlarining majmuidir»11 Ekzistensializm «ota»si- Jan Sartr inson «o’z hayoti va xatti-harakatlarining yig’indisidan boshqa narsa emas» deyapti, K. Marks bo’lsa, inson barcha ijtimoiy munosabatlarning majmuidir» degan uzil-kesil xulosani chiqaryapti. Yekzistensialistlar inson hayoti-yu, xatti-harakatlarinigina asos qilib olganliklari bois absurdizmga toyib ketdilar. Markscha «nazariya» bilan qurollanganlar insonni ijtimoiy ruporga-o’zlikdan uzoqlashgan vositaga aylantirib qo’ydilar. Ijtimoiy mohiyati to’lib-toshib ketgan odam oddiy haqiqatlarni aytishga ham qo’rqib qoldi. Yodimda bor: bir kuni Ozod Sharafiddinovning tishli-tirnoqli bir maqolasi chop etiilganida, tengqur, ham fikrlar yig’ilib qoldik. Maqola haqida birov u dedi, birov bu dediShunday qilib, XX asrda strukturalizm bilan bir qatorda ekzistensializm, sho’ro realizmi – sosialistik realizm ham rivojlandi. Har bir metod asosida, aytilganiday, falsafiy-estetik qarash, munosabat mavjud. Strukturalizm obyekt bilan bevosita bog’liqligi – hamisha jonli matn bilan ish ko’rishligi bois rivojlandi. Undagi o’sish bir tekis, qarshiliklarsiz bo’lmadi. 60-yillardagi strukturalizm ilk strukturalizmdan ko’p narsalarni olganiday undagi ko’p xususiyatlarni inkor etdi.
_______
6.Adabiyot nаzаriyasi. Ikki jildlik. - Tоshkеnt: Fаn, 1978, 1979.

XULOSA
Badiiy adabiyotning ko'p asrlik taraqqiyoti, uning kishilar dunyosiga, ularni qurshab turgan tashqi borliq bilan aloqalariga va o'zaro munosabatlariga tobora chuqur kirib borganligidan dalolat beradi. Bundan ko'rinib turbdiki, badiiy adabiyotning bosh mavzusi insondir. Insonning badiiy asarlarda markaziy o'rinni egallashi dunyoni badiiy ravishda anglash va ijod sohasida kishilik tomonidan bosib o'tilgan katta yo'lning natijasi hisoblanadi. Ushbu asarning yana bir holati insonning ruhiyatiga, insoniyligiga bevosita ta'sir etmasdan qolmaydi: "Tush, Quyosh harorati kuchayganida qabristondan naqdar gunohkor va bemehrligini anglagan ota hamda uning ota mehridan mahrum bo'lgani uchun ona xokini yuzga surtib, ona tuprog'iga bosh urishdan boshqa chorasi qolmagan tolesiz o'g'li chiqishmoqda..." [1] Parchaga diqqatimizni qaratadigan bo'lsak, otaning o'z zuryodi hisoblanmish farzandi arjumandiga qanchalik e'tiborsizligini balki farzandi oldida gunohkor ekanligini ko'rishimiz mumkin. O'z otasidan balki butun hayotning shafqatlisizligidan charchagan, ayni yoshlik chog'ida mehr olishi kerak bo'lgan davrida hech kimdan najot topa olmagan bola oxiri najotni ona qabridan topishi bu anchagina kitobxonni tashvishga soladi. Asardan kitobxon o'ziga nima oladi?! Eng avvalo, hayotga bo'lgan qarashi o'zgaradi. Muhabbat, mag'lubiyat, qat'iyat, ishonch, g'alaba, mehnat, hissiyot, harakat, tajriba kabi tushunchalarni qaytadan kashf qiladi. Bevosita asardagi qahramon bilan qalban yaqinlashadi, ruhan eziladi, bir zum o'zini qahramon holatiga solib ko'radi. Badiiy adabiyot bitmas-tuganmas g'oyalar manbayi hisoblanadi. Unda turli zamonlardagi kishilarning fikrlari, o'y-mulohazalari, orzu-umidlari, jamiyatdagi siyosiy, mafkuraviy, axloqiy-ta'limiy, falsafiy, diniy va boshqa xildagi qarashlar o'z aksini topadi. Shu bilan birga, o'zi aks ettirgan g'oyalar bilan kishilar qalbiga, ruhiga kuchli ta'sir o'tkazib, ularda yangi-yangi qarashlar, fikrlar tug'ilishiga, ularning ma'naviy jihatdan boyishiga, ongining o'sishiga xizmat qiladi. Inson ruhiyati tasvirlanar ekan, uni shakllantiruvchi, yuzaga chiqaruvchi asosiy vosita jamiyat, ijtimoiy muhit ekanligi ma'lum. O'smir shaxsi ijtimoiy munosabatlar mahsulidir, buning sababi, u doimo inson davrasida, ular bilan o'zaro ta'sir doirasida bo'ladi. Shunday ekan, uning hissiy va aqliy rivojlanishida ijtimoiy muhit katta o'rin tutadi.


Inson ruhiyati va ma'naviyatiga ta'sir etuvchi asarlar juda ko'p. Masalan, Said Ahmadning "Ufq", Isojon Sultonning "Boqiy darbadar", O'lmas Umarbekovning "Odam bo'lish qiyin", Ahmad Lutfi Qozonchining "O'gay ona" kabi. Har bir insonni bosayotgan qadamini o'ylantirib qo'yishga chorlaydigan asarlardan biri - Ahmad Lutfi Qozonchining "O'gay ona" asari hisoblanadi. Asardagi qahramonlarning holatiga diqqat qaratadigan bo'lsak, qalbimizda bir tug'yon jo'sh uradi, qalbimiz larzaga keladi, ana shu qahramonlar holatida o'zimizni bir zum his qila olamiz: "Ota ko'ngli bir ayol bilan to'lishi mumkin. Faqat bola ko'nglini oladigan, ko'nglini to'ldiradigan ayol endi dunyoda yo'q.
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, badiiy adabiyotning inson hayotida ahamiyati juda yuqori. Inson ardoqlab keladigan eng noyob hislar insonparvarlik, adolat, shafqat, o'zaro hamjihatlik, do'stlik,mehr va muruvvat, sevgi-muhhabat singari o'lmas insoniy tuyg'ular kishi ongida, shuurida, ruhiyatida mujassamlashadi va bu hislar adabiyotga oshno insonlar qalbiga ko'chib o'tadi. Tuyg'ular esa faqat aql orqali emas, balki ko'ngil, yurak orqali seziladi, ta'sir o'tkazadi. Shunday ekan, badiiy asarlar badiiy adabiyotning muhim ajralmas tarkibiy qismidir.



Yüklə 58,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin