Badiiy obraz, xarakter, personaj, qahramon



Yüklə 173,94 Kb.
səhifə1/14
tarix21.12.2023
ölçüsü173,94 Kb.
#188617
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
15-MAVZU. OBRAZ VA PROTOTIP MUNOSABATI. G\'ANIYEVA MAHLIYO. KURS ISHI




MAVZU: OBRAZ VA PROTOTIP MUNOSABATI.
MUNDARIJA


KIRISH...…………………………………………………………………………..3
I BOB. OBRAZ YARATISH YO’LLARI: JAMLASH VA PROTOTIP……5
1.1.Jamlash yo’li bilan obraz yaratish ………………...…………………………5
1.2.Prototip asosida badiiy obraz yaratish ……………………..…………………11
II BOB. “BADIIY OBRAZ, XARAKTER, PERSONAJ, QAHRAMON”…. 16
2.1. Obraz va uning turlari ………………………………………….……………16
2.2. Hayot va obraz o’rtasidagi me’yor…………..………………………………23
XULOSA VA TAVSIYALAR…………………………………………..………32
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………….………34
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ta’lim jarayoniga yangi o‘qitish texnologiyalari va faol metodlarini qo‘llash orqali bo‘lajak kadrlarning ijodiy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, yangi bilimlarni mustaqil egallash qobiliyatini rivojlantirishga erishish mumkin. Chunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan shaxsgina o‘z muammolarini o‘zi mustaqil hal qila oladi va jamiyatda o‘z mavqeiga ega bo‘ladi. Bunday qobiliyat esa ta’lim muassasalarida shakllantiriladi.
«Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o‘rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo‘lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim o‘z yo‘liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir».
Hozirgi paytda respublikamizda yetuk mutaxassislar tayyorlash sifatini yaxshilash bo‘yicha qator pedagogik izlanishlar olib borilmoqda. Bu izlanishlarning aksariyatida pedagog olimlar, amaliyotchi va tadqiqotchilarning diqqat e’tibori o‘qitish maqsadi va uning natijalariga erishishga, ta’limni texnologiyalashtirish orqali sifatli o‘qitishni tashkil etishga, shuningdek, ilmiy asoslangan zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etishga yo‘naltirilgan.
Bu tadbirlar o‘z navbatida oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish uchun zamonaviy o‘qitish texnologiyalaridan foydalanib o‘quv-tarbiya jarayonini samaradorligi va sifatini oshirish talablarini qo‘ymoqda.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy o‘qitish tizimida ta’lim oluvchining pedagogik ta’sirlar ostida bilim olishi yotadi, bunda talabaning faoliyati faol ijodiy xarakterga ega bo‘lmaydi. Turli predmetlarni o‘qitishda yangi pedagogik, innovatsion, interfaol texnologiyalari, shu jumladan, o’yin texnologiyalariga asoslangan ta’lim an’anaviy ta’limga qaraganda talabalarni ancha mavzuga qiziqtirishi kun sayin o‘z tasdig‘ini topmoqda. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, oliy ta’lim muassasalarida “Badiiy obraz, xarakter, personaj” modulini o’yin texnologiyalari asosida o‘qitish talabalarning bilish imkoniyatlarini, ijodiy qobiliyatlarini va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga, ularning mustaqil fikr yuritishini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Yüklə 173,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin