Badiiy obraz, xarakter, personaj, qahramon



Yüklə 173,94 Kb.
səhifə2/14
tarix21.12.2023
ölçüsü173,94 Kb.
#188617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
15-MAVZU. OBRAZ VA PROTOTIP MUNOSABATI. G\'ANIYEVA MAHLIYO. KURS ISHI

Kurs ishining maqsadi. Mavzu bo‘yicha chuqur va atroflicha bilim berish, ularda obraz, xarakter, personaj bo‘yicha yaxlit tasavvur uyg‘otish, modulning barcha tushunchalari va mazmunini tizimli asosda, interfaol usullardan foydalanib, didaktika talablariga amal qilgan holda o‘qitish jarayonini loyihalashtirish va o‘quv-uslubiy ta’minotini yaratish.
Kurs ishining vazifalari.

  • Obraz va prototip munosabati”ni o‘qitishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashtirish;

  • Obraz yaratish yo’llari: jamlash va prototip”ni o‘qitishga doir innovatsion texnologiyalarni tasniflash;

  • Badiiy obraz turlari: xarakter va personaj”ni o‘qitish jarayonini loyihalashtirish va rejalashtirish;

  • Badiiy obraz turlari: xarakter va personaj”ni o‘qitishga doir didaktik ta’minotni ishlab chiqish( ma’ruza matni, modul asosida ma’ruza va amaliy mashg‘ulot texnologik modeli hamda texnologik xaritasi, keys-stadi, amaliy topshiriqlar va ishlanmalar, testlar, nazorat topshiriqlari va mustaqil ta’lim yuzasidan ko‘rsatmalar, taqdimotlar).

Kurs ishining obyekti. Obraz va prototip munosabati”ni o‘qitishda o’yin texnologiyalaridan foydalanish jarayoni.
Kurs ishining predmeti. Obraz va prototip munosabati”ni o‘qitishda o’yin texnologiyalaridan foydalanish mazmuni va amaliy-texnologik jihatlari.
Kurs ishining tuzilishi. Kirish, ikki bob, 4 reja, xulosa va tavsiyalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


I BOB. OBRAZ YARATISH YO’LLARI: JAMLASH VA PROTOTIP

    1. Jamlash yo’li bilan obraz yaratish



Prototip (proto ... va tip) — badiiy obraz (tip)ga asos boʻlgan real shaxs. Avtobiografik va memuar asarlarda, lirika va hujjatli nasrda, shuningdek, portret sanʼati va haykal-taroshlikda boshqa janrlardagiga nis-batan kengroq foydalaniladi. Oshkora shartlilikka asoslangan fantastika, romantizm va boshqa uslublarga Karaganda realizmda prototip sanʼatkorga voqelikni ba-diiy oʻzlashtirish uchun hayotiy material boʻlib xizmat qiladi.
Badiiy asar qahramoni bir yoki bir necha prototipli boʻlishi mumkin. Prototip bilan badiiy obraz orasidagi farq har xil. Bu, asar janri va yoʻnalishi, muallifning indi-vidualligi bilan bogʻliq. Romantik asarlarda muallif koʻproq badiiy toʻqimagaerk berib, prototip xayotiga oid faktlarni yo keskin kamaytiradi yoki jiddiy oʻzgartiratsi (Abdulla Qodiriy "Oʻtgan kunlar" va boshqalar).
Hujjatli nasrda esa, aksincha, obraz prototipga eng yuqori darajada yaqinlashtirilib, muallif real (hayotiy) shaxsga oid asoslardan koʻp uzoklashmaydi, ayrim hollarda, hatto joy va qahramon nomlarini ham aslidagiday saklaydi (B. Polevoyning "Chin inson qissasi", N. Safarovning "Uzoqni koʻzlagan qiz" asari va boshqalar). Bunday hollarda prototi haqida gapirishning oʻzi shartlidir. Ammo har ikki holatda ham badiiy obraz prototipga nisbatan ancha keng va sermaʼno boʻladi.
Chunki muallif prototi hayoti va harakteriga oid fakt va xususiyatlarni hayotdagi boshqa shunday kishi (yoki prototip)lar harakteri va turmushidagi faktlar bilan, shuningdek, oʻz qarashlari va ideallari bilan ham boyitadi. prototip li obrazda ham muallif hayot hodisalarini tipiklashtirish va umumlashtirishda badiiy toʻqimadan foydalanadi. Bu esa unga hayotda oʻzi koʻrgan-bilgan voqeahodisalardan, real shaxs (prototip)lar hayoti faktlaridan samarali foydalanib, haqqoniy va toʻlaqonli badiiy obrazlar yaratish imkonini beradi. Badiiy obraz prototiplari tadqiqotchilarni sanʼatkor ijodxonasi va asarning yaratilishi tarixi bilan qiziktiradi. Bu ishtadqiqotchidan oʻziga xos nazokat talab etadi.
Adabiyotshunoslik ilmining kuzatishlariga ko’ra obraz yaratishning ikki yo’li mavjud:

Yüklə 173,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin