Badiiy psixologizm va uning ilmiy-nazariy kriteriylari



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix26.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#197297
1   2   3   4   5   6   7
badiiy-psixologizm-va-uning-ilmiy-nazariy-kriteriylari

2022 
№ 3
243 
MUHOKAMA 
Zamonaviy dunyo adabiyotshunosligida badiiy adabiyotni psixopoetik nuqtai nazardan 
tahlil va talqin qiluvchi bir qancha nazariy qarashlar, usul va metodlar ishlab chiqilgan. Ular 
orasida A.A.Potebnya, D.I.Ovsyaniko-Kulikovskiy, Z.Freyd, J.Lakan, K.Yung qarashlari keng 
tarqalgan. A.Potebnyaning fikricha, badiiy asarlarda obrazlar muhim bo„lib, har qanday obraz 
o„ziga xos individual psixologik xususiyatlarga ega bo„ladi. Zigmund Freyd shaxsning individual 
harakatlari uning faoliyatini psixologik tahliliga asos bo„lishi haqidagi g„oyani ilgari surgan. Jak 
Lakanning “psixoanaliz struktura”sida esa butun asar yaxlit psixologik tuzilma degan qarashlar 
yetakchilik qiladi. Bundan tashqari Alfred Adler, Karl Yung, Rene Uellek, Ostin Urren kabi 
olimlar badiiy asar va undagi poetik obrazlar yaratilishida psixologik mexanizmlarning o„rniga 
alohida eʼtibor qilishgan. Olimlarning fikricha, psixologizm «yozuvchi shaxsini tip va betakror 
individuallik sifatidagi psixologik tahlili ijodiy jarayoni bo„lib, u yoki bu badiiy asarning 
yaratilish qonuniyatlari va tipologiyasi, nihoyat, adabiyotning o„quvchiga taʼsirini o„rganadi”. 
Demak, badiiy psixologizm uch asosiy yo„nalishda rivojlanuvchi nazariy masalalarning o„ziga 
xos ko„rinishi bo„lib, bu masalalarga eʼtibor badiiy adabiyotda, xususan, nasrda so„nggi yillarda 
ancha faollashdi. Buning bir qancha ijtimoiy, badiiy-falsafiy hamda psixologik omillari mavjud.

Birinchidan, ijtimoiy hayotimizda ro„y bergan qator o„zgarishlar, mustaqil o„zbek 
jamiyatining shakllanishi, inson omiliga, avvalgidek ulkan mexanizmning bitta vinti deb emas, 
balki individual subʼekt, shaxs sifatida qarash kuchaydi.

Ikkinchidan, badiiy-estetik qarashlarimizda yangi estetik idealni shakllantirishga 
intilish, dunyoni yangicha ko„rish ehtiyoji paydo bo„ldi.

Uchinchidan, globallashuv jarayonini boshdan kechirayotgan inson omiliga munosabat 
masalalari, jahon adabiyotida bo„lgani kabi, o„zbek nasrida ham qator o„zgarishlarning yuzaga 
kelishiga asos bo„ldi. Shulardan kelib chiqib aytish mumkinki, dissertatsiyamizning o„zak 
muammosi sifatida tadqiq etilayotgan badiiy psixologizm masalasi madaniy-tarixiy, falsafiy-
psixologik, badiiy-estetik mohiyat kasb etishi bilan birga, muhim nazariy tushuncha sifatida 
zamonaviy o„zbek adabiyotshunosligi takomili uchun xizmat qiladi. Shuningdek, zamonaviy 
o„zbek adabiyoti materiallari asosida ayni badiiy hodisaga xos nazariy kriteriylarni 
umumlashtirish, yangi qirralarini aniqlash zaruratini ko„rsatadi. Zamonaviy adabiyotshunoslik 
ilmidagi “badiiy psixologizm” tushunchasi bugungi kunda semantik jihatdan yetarlicha aniq 
emasdek taassurot uyg„otadi. Tadqiqotchilar umumiy va amaliy xarakterdagi ishlarida bu 
terminni bot-bot qo„llaydilar. Ammo unga xos kriteriylarni belgilashda fikrlar mazmuni baʼzan 
qarama-qarshi kelib qolgan holatlar ham uchrab turadi. Chunki badiiy psixologizm 
adabiyotshunoslar diqqat markazida turgan nisbatan murakkab hodisalardan biri hisoblanadi: 
uning o„ziga xos xususiyatlari va ko„p jihatliligi, bir tomondan, muammoni o„rganish jarayonida 
ko„pgina fanlarga oid bilimlarni talab etishida (psixologiya, falsafa, estetika, adabiyotshunoslik 
fanlari sarhadlarini qamrashida) namoyon bo„lsa, boshqa tomondan – adabiyotshunoslikning 
barcha asosiy muammolari bilan bevosita aloqadorligida ko„rinadi. Mumtoz va zamonaviy 
adabiyotshunoslikda badiiy ijoddagi psixologizm masalasi ko„p marta ko„tarilgan. Mazkur 
muammo yuzasidan olib borilgan tadqiqotlarning serobligi va uni ko„p jihatdan (nazariy, adabiy-
tarixiy, analitik nuqtai nazarlardan) o„rganish mumkin ekanligigiga qaramasdan, bugungi kunda 
quyidagilarning yetishmasligi yaqqol sezilib qolmoqda: 
- badiiy psixologizmga xos nazariy kriteriylar to„la-to„kis aniqlanmagan; 


ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin