2022 № 3 244
- badiiy psixologizm prinsiplarining o„zgarib borishi, har bir davr, adabiy muhit, individual
ijodkor asarlarida uning nisbatan farqli ko„rinishlarda namoyon bo„lish tabiati eʼtibordan chetda
qolib keladi;
- terminologik aniqlik yetishmaydi. Turli tadqiqotlarda bu terminning xilma-xil shakl
o„zgarishlariga uchrashi kuzatiladi;
- metodologik jihatdan badiiy psixologizm hodisasiga nisbatan turli tahlil metodlarining
umumlashtirilgan kompleks talqin shakli mavjud deya olmaymiz. Demakki, konkret ijodkor,
konkret badiiy asar psixologik tahlilini amalga oshirish uchun dastlab ushbu nazariy-
metodologik muammolar xususida bir to„xtamga kelib olish zarurati bor. A.B.Esin:
“Psixologizm – bu adabiyotning o„ziga xos vositalari ko„magida xayoliy (to„qilgan) shaxs
(adabiy personaj) his-tuyg„u, fikr va kechinmalarini yetarlicha to„liq, batafsil va chuqur qilib
tasvirlash”, degan taʼrifni beradi. L.Ya.Ginzburgning taʼkidlashicha, psixologizm personaj ichki
dunyosining ratsional, soddalashtirib tasvirlanishi bilan baqamti emas, balki: “Badiiy
psixologizm qahramonning o„zini tutishidagi xayolga ham kelmagan, nogahoniy, tasodifiy
qarama-qarshiliklardan boshlanadi”. V.V.Kompanyes tomonidan psixologizm tasvir usulidan
ko„ra, muallif psixologiyasini badiiy aks ettirish vositasi deb tushuniladi. A.Iezuitov esa
adabiyotda psixologizm muammosini o„rganar ekan, mazkur tushunchaning ko„p maʼnoli
ekanligini qayd etadi. Ularni uchga bo„lib taʼriflaydi:
“1) so„z sanʼatining tug„ma belgisi, uning uzviy xususiyati, badiiyatining isboti...;
2) badiiy ijod mahsuli, muallif, uning personajlari va yanada kengroq – yozuvchi
shaxsiyati va u yaratgan qahramonlar obrazi orqali ochiladigan jamiyat psixologiyasining (sinf,
tabaqa, ijtimoiy guruh, davr va h.k.) ifodasi va aksi...;
3) ongli va belgilovchi estetik tamoyil”
Keltirilgan iqtiboslar masalani izohlashdagi xilma-xillikni, adabiyotshunoslikda psixologizm
muammosiga yondashuvlar har tomonlama kechayotganini va bu terminning keng va tor
maʼnolari borligini ko„rsatadi. Bizningcha, psixologik tahlil bobidagi mahoratni belgilashda
mazkur taʼriflardan badiiy asar tabiatidan kelib chiquvchilarigina eng muhimlari hisoblanishga
loyiq. Aynan shu xususiyat va kriteriylarni belgilab olish va ularni badiiy psixologizmga xos
yangi xossalar bilan boyitish u yoki bu badiiy asar yaratilishining qonuniyatlarini o„rganishda
qo„l keladi. Masala mohiyatini uzil-kesil belgilab olishning murakkabligi psixologizmning
mazmuniy-shakliy
sifatlari
bilan
izohlanadi.
Agar
adabiyotshunoslarning
aksariyati
(A.I.Pavlovskiy, F.M.Xatipov, A.B.Esin) qahramonlar ichki olamini badiiy tasvirlash usulini
psixologizm deb hisoblashsa, uning bugungi adabiy-nazariy tushunchalar va asar ko„p
qatlamliligi tizimida tutgan o„rnini belgilashga bo„lgan urinishlar yetarli samarani bermaydi.
Modomiki, muhokama doirasiga badiiy tasvir va ifoda vositalari (portretlar, psixologik peyzaj va
detallar) hamda “predmetlar olami bilan bog„lanmagan, tasviriyligi yaqqol ko„rinib turmaydigan
narsalar – personajlar ruhiyatini ifodalash”ham kiradi. Personajlar ruhiyatini ifodalashning o„zini
baʼzilar uslubga (A.B.Esin), ayrimlar obrazli mazmunga (I.I.Vinogradov), boshqa birovlari
shakliy-mazmuniy sifatga xos xususiyat deya tushunishgani uchun ham bu borada aniq bir
to„xtamga kelish murakkablashadi. Shunday qilib, badiiy psixologizmning aniq
kriteriylariniyaratishdagi qiyinchiliklar “psixologizm”, “psixologik tahlil”, psixologik tasvir”
tushunchalarining qorishib ketishi psixologizmni badiiy asarning tarkibiy qismi, asliy sifati yoki