TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Ibn Sinoning ushbu fikrida so„zning tinglovchi va o„quvchiga taʼsiri undagi maʼnaviy-
psixologik taʼsirlanish bilan bog„liqligi, yaʼni retseptiv jarayon ekaniga alohida diqqat qaratilgan.
Badiiy so„z hodisasi insonlar jamiyatiga aynan ularning o„zlarini o„zlariga tavsiflash, taʼriflash,
tasvirlash, ko„rsatish orqali taʼsirlantirish sanʼatidir. Bu serkulyativ jarayon bo„lib, ijtimoiy-
tarixiy, maishiy-biografik, individual-psixologik hodisa va holatlarni kuzatish, ulardan
taʼsirlanish, shu taʼsir doirasidan chiqmagan holda yoki shu holatga tushib tasvirlash, bayon
etish, pirovard natijada boshqalarni ham taʼsirlantirishi kabi murakkab bosqichlardan tashkil
topadi. Ayni jarayonni ilmiy-nazariy tushunchalar tarzida qayd etadigan bo„lsak, birinchisi
“ijodiy jarayon”, ikkinchisi “retseptiv jarayon” deb nomlanadi. Badiiy psixologizm dialogik
hodisa bo„lib, shu ikki jarayon o„rtasida sodir bo„ladi. Professor Abdurauf Fitrat bu jarayonni
quyidagi jumlada qisqa va aniq tarzda shunday ifodalaydi: “Adabiyot – fikr, tuyg„ularimizdag„i
to„lqunlarni so„zlar, gaplar yordami bilan tasvir qilib, boshqalarda ham xuddi shu to„lqunlarni
yaratmoqdir”.
TADQIQOT NATIJALARI A.Fitrat bunday shaklan lo„nda, usluban sodda, ilmiy jihatdan aniq taʼrifga tasodifan
kelib qolgan emas, albatta. U bir mutafakkir sifatida Sharq nazariy adabiyotshunosligiga oid
bilimlarni o„ziga singdirgan, ularni zamonaviy g„arb adabiyotshunosligi bilan uyg„unlashtirgan
edi. Darhaqiqat, badiiy so„z hodisasi, ijodiy jarayon o„zbek mumtoz adabiyotida azaldan mavjud
hodisa edi. O„zbek xalqining “Alpomish”, “Go„ro„g„li” kabi turkum eposlarida obrazlar ichki
olamini yoritish uchun qo„llangan psixologik usullar asar badiiyatini taʼminlashi bilan birga,
badiiy psixologik tasvir takomili uchun bir muhim bosqich vazifasini o„tagan. “Go„ro„g„li”
turkum dostonlarida bu jihat juda ochiq ko„rinadi. Har bir obraz boshqa obrazlar bilan muloqot
jarayonida xarakter xususiyatlarini yanada kengroq namoyon etadi. Ularning keskin burilishlar,
favqulodda vaziyatlardagi holatlarini aks ettirishda bu jihat yaqqol ko„rinadi. Ayniqsa,
“Go„ro„g„lining tug„ilishi” dostonida qahramoning chiltonlar g„orida Xizr alayhissalom bilan
uchrashuvi, “antaxur sharobi”ni ichishi, xalq qahramoniga aylanishiga oid epizodidagi
psixologik tasvir har qanday yozuvchiga namuna bo„larlik darajada mukammalligi bilan
o„quvchini hayratga soladi. Xususan, “Alpomish” eposidagi qator badiiy psixologik unsurlar
Boybo„ri, Boysari, Alpomish, Barchinoy, Qaldirg„och, Qorajon, Maston kampir, Toychaxon
kabi obrazlarning ruhiyatini, ichki olamini ifodalashga xizmat qilgan. Jumladan, Alpomishning
murodtepaga chiqish oldidan o„z-o„ziga aytgan monologida uning psixologik holati, ikkilanishi
tasvirlangan.Demak, badiiy psixologizmning kelib chiqishi adabiyot inson obrazini tasvirlay
boshlagan davrlarga borib bog„lanadi. Aynan o„sha davrlardan boshlab adabiy qahramon xatti-
harakatlarining asosini tashqi holatlarigina emas, balki uning ichki holatlari, intilish va
ehtiyojlari tashkil eta boshlagan. G„arb adabiyotshunosligida bu hodisa psixopoetika (badiiy
psixologiya) deb ataladi.
ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL