Badiiy san’atlar


Qat’iy vaznda yoziladigan janrlar



Yüklə 287 Kb.
səhifə17/19
tarix26.04.2023
ölçüsü287 Kb.
#102865
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
3a9c082f56c4e23e0966d765346406fa адабиёт назарияси

Qat’iy vaznda yoziladigan janrlar


Mustazod
Mustazod vani qat’iy vaznda yoziladi. Mustazod hazaj bahrining tarmoq vaznida yoziladi. Bizga ma’lumki hazaj bahri mafoiylun asliy ruknning takroridan hosil bo’ladi. Lekin mustazoid janrida mafoiylun rukni takror kelmasligi mumkin. Balki uning tarmoq ruknlari takroridan iboratdir. Mustazodning har ikkala misrasidagi 1-ruknlar (sadr, ibtido) mafoiylun asliy ruknining axrabcha (vayron qilingan) uchrashi natijasida hosil bo’ladigan maf’u(v)lun (– – V ) zihof ruknidan iborat bo’ladi. Mafoiylun asliy rukni kaf zihofiga uchrab makfufni beradi. Maf’uvlun rukni misradagi hashv ruknlarida keladi.
Misralarning oxirgi ruknlari fau(v)lun (V – – ) dan mahzuf hosil bo’ladi.

Ishqing o’/tidin o’rta/nadur joni/ nizorim


— — V V — — V V — —V V— —
Ul navoki/, mash’al
— — V V — —
Hokista/r o’lib yelga/ borur gardi/ g’uborim
— — V V — — V V — — V V — —
Jismim bo’/libon hol.
— — V V — —
Hazaji axrabi makfufi musammni hahzufi mustazod.


Yodda tuting! Lutfiyning “Xohi inon, xox inonma” radifli g’azali ham shu vaznda yozilgan.

Sensiz se/varim xohi/ inon, xohi/ inonma,


— — V V— —V V— —V V— —
Qondur ji/garim, xohi/ inon, xohi/ inonma.
— — V V— — V V— —V V— —
Hazaji axrabi makfufi musammni mahzuf.


Tuyuq
Tuyuq ham “Mezon ul-avzon” asarida aytilishicha ramali musaddsi mahsurda yozilgan.

Yo rab , ul shah/du shakar yo/ labdurur,


— V — — — V— — — V ~
Yo magar shah/du shakar yo/ labdurur
— V — — — V — — — V ~
Ramali musaddsi maqsur.

Tig’i ishqing/ yorasidur/ bitmagan.


— V — — —V— — — V —
Dardini har/ kimga aytib/ butmagan.
—V— — —V — — — V —
Ramali musaddasi mahzuf.
Yodda tuting! Shunday tuyuqlar mavjudki, ular qat’iy vaznda emas balki, raboiy vaznida yozilad.

Qad-dim-ni/ fi-ro-q(i) meh/-na-ti yo-qil/-di,


— — V V— V — V — — — —
Ko’ng-lum g’a/-mu an-du-h o’/-ti-g’a yo-qil/-di.
— — V V — V — V — — — —
Hazaji musammni axrabi maqbuzi abtar


Ruboiy
Ruboiy ham qat’iy vaznda yoziladi. Ruboiy hazaj bahrining axram va axrab shajarasida yoziladi. Axram va axrab vazn tarmog’i ham har biri ichki 12 vazn shajarasiga bo’linadi. Demak, ruboiy hazajning qat’iy 24 vaznida yoziladi. Agar ruboiylarni testda aniqlashga kelsa quyidagicha bo’ladi:

  1. ruboiyning birnchi rukni maf’u(v)lu (– – – V ) ya’ni axrab bilan boshlansa, hazajning axrab shajarasida yozilgan.

  2. Agar maf’u(v)lun (– – – ) ya’ni axram bilan boshlansa, hazajning axram shajarasida yoziladi.



Sayohatnoma
Asoschisi Muqimiy. Har bir bandi 4 misradan ibora sh’er. Sayoharnomada qat’iy rajazi murabbi solim vaznida yoziladi.

Fardkim,/ garduni dun,


— V— — —V —
Aylar yurak/ bag’rimni xun.
— — V — — — V —
Rajazi murabbai solim.



Yüklə 287 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin