Uslubiy me`yor: Nutq sharoitiga qarab til birliklarining eng ma`qulini qo’llash adabiy tilning uslubiy me`yori hisoblanadi. Sinonimlardan noto`g’ri foydalanish, so`z takror ayrim eskirgan so`zlarni qo`llash nutqni uslubiy jihatdan buzadi. O`zbek tilida so`zlashuvchi kishilar va ijodkorlar uchun o`zbek adabiy tili me`yorlariga rioya qilish majburiy sanaladi.
Urg‘uning to‘g‘ri qo‘yilishi fikrning to‘g‘ri tushunilishi bilan bog‘liq. Bu - so‘z urg‘usiga ham, mantiqiy urg‘uga ham aloqador fikr. (Qiyos: Onasiz / bola o‘ynamas. Onasiz bola / o‘ynamas.) Grammatik normalarga rioya qilish deganda gap tuzish qoidalaridan to‘g‘ri foydalanish, o‘zak va qo‘shimchalar o‘rtasidagi bog‘lanishning tabiiyligi, ega-kesim mosligi, ikkinchi darajali bo‘laklarning ularga bog‘lanish qonuniyatlari kabilarni e’tiborga olish kerak bo‘ladi. (-ni/-ning, -ga/-da, -li/-lik va b.)
11-bilet Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari – aniqlik va to‘g‘rilik bilan chambarchas bog‘liq. Chunki grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilmagan nutq mantiqning buzilishiga olib keladi. Manitqiy izchillikning buzilishi esa tinglovchi va o‘quvchiga aytilayotgan fikrning to‘g‘ri yetib bormasligi, ba’zan umuman tushunilmasligiga olib keladi. Nutq mantiqiy bo‘lishi uchun nafaqat lisoniy omillar, balki nolisoniy omilllar ham ahamiyat kasb etadi. Bunda so‘zlovchi yoki yozuvchidan tilni yaxshi bilishdan tashqari keng dunyoqarashga, mulohaza yuritayotgan mavzu doirasida chuqur bilimga ega bo‘lishi talab etiladi. Nutq mantiqiyligining asosiy sharti – bu leksik-semantik va sintaktik normaga amal qilishdir. So‘z tartibiga amal qilish ham muhim. Xullas, yaxlit bir tizimda, fikriy izchillikda tuzilgan nutqni mantiqiy nutq deb atash mumkin.
Fonetik me`yorlar.Bunda hozirgi o`zbek adabiy tilidagi unli va undosh tovushlarning qo`llanilishi me`yor hisoblanadi.
12-bilet
Nutqning ta’sirchanligi. Tinglovchi va o‘quvchi e’tiborini qozonadigan xususiyatlar e’tiborga olinadi. Nutqning ta’sirchan bo‘lishiga erishishda nolingvistik shart-sharoitlar muhim o‘rin egallaydi. Eng avvalo, notiqning mavzu doirasida yetarli bilimga ega bo‘lmasligi nutqning ta’sirchan bo‘lishiga to‘siq bo‘ladi. Nutqning ta’sirchanligi deganda asosan, og‘zaki nutq jarayoni nazarda tutiladi. Bunda tinglovchining bilim darajasi, yoshi, hattoki kayfiyatini e’tiborga olish zarur bo‘ladi. Vaqtning hisobga olinishi ham kerak. So‘zlovchining o‘z nutqiga munosabati ham muhim. O‘ta rasmiyatchilikdan qochish, hayotiy misollarga ham murojaat qilish nutqning ta’sirchan bo‘lishida alohida ahamiyatga ega.