Ilmiy uslub fanning turli sohalariga aloqador so’z va atamalarni ko’proq tasarruf qilish, bayonning ko’proq mantiqiy dalillarga suyanish bilan boshqa uslublardan ajralib turadi. Ilmiy uslubda tabiat va jamiyat hodisalari aniq, qandaydir qoidalar, formulalar asosida ifodalanadi. Ilmiy
bayonda fikr mantiqiy va ashyoviy dalillar bilan mustahkamlanib boradi. Ilmiy uslubda to’liqsiz gaplar, bir tarkibli gaplar so’z-gaplar deyarli uchramaydi. So’zlashuvning qisqa dialog turi ham ilmiy uslubda yozilgan asarlar uchun begonadir. Ilmiy uslubning ilmiy va ilmiy - ommabop ko’rinishlari bor. Ilmiy ommabop bayon o’zining leksik tarkibi va sintaksisi bilan xalq ommasiga mo’ljallangan bo’ladi.
13-bilet
Rasmiy uslub. Bu uslub rasmiy hujjatlar til xususiyatlarini o’zida mujassamlashtiradi. E'lonlar, qarorlar, sud va davlat idoralari hujjatlari shu
uslubda yoziladi. Rasmiy uslub hayotda juda keng qo’llaniladi. Shuning uchun uning lug’ati rang - barang so’zlardan tashkil topadi.
Ariza muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjatdir. Ariza amaliyotda eng ko`p qo`llanadigan va kеng tarqalgan ish qog`ozidir. Maktab o`quvchisi va talaba, mеnеjеr va agronom yoki fеrmеr, muhandis va olim, tadbirkor va mansabdor shaxs – jamiyatning barcha a'zosi ariza yozishdan xoli emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va lavozimi, ariza o`llanayotgan muassasalar va idoralar g`oyat xilmaxildir. Arizalar bog`cha mudirasiga, maktab dirеktoriga, oliy o`quv yurti rеktoriga, jamoa xo`jaligi boshqaruviga, tuman rahbariyatiga – xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shikoyatini ko`rib chiqib hal qila oladigan har qanday idora, har qanday boshliq nomiga yozilishi mumkin.
14-bilet
Bayonnoma turli yig`ilish, kеngash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlari va ular qabul qilgan qarorlarni qayd qiluvchi rasmiy hujjatdir. U voqеlikning o`rni, vaqti va holati haqida ma'lumot bеrish bilan birgalikda, qarorlarning to`g`ri qabul qilinganligini tеkshirish va ularning bajarilishini nazorat qilishga imkon bеradi. Doimiy ish ko`ruvchi organlar (ilmiy kеngash, hay'at va boshqalar), shuningdеk, vaqtinchalik ish ko`ruvchi organlar (konfеrеntsiyalar, yig`ilishlar, anjumanlar, komissiyalar) faoliyatida, albatta,
bayonnoma yozilishi kеrak. Bayonnomani yozishni tashkil qilish kotibning asosiy vazifalaridan biridir. Bayonnoma doimiy ish ko`ruvchi organlarning yig`ilishlarida doimiy kotiblari tomonidan tuziladi va rasmiylashtiriladi. Vaqtinchalik ish ko`ruvchi organlar majlislarida esa yig`ilish jarayonida saylangan kotib aynan shu ishni bajaradi.
17-bilet