Tushuntirish xatixizmat sohasidagi, xizmatga aloqador masalani, uning ayrim jihatlarini yozma izohlovchi va muassasa (bo`lim) rahbariga (ichki) yoki yuqori tashkilotga (tashqi) yo`llanuvchi hujjatdir. Yuqoridagi ta'rifdan ko`rinadiki, tushuntirish xati xuddi ma'lumotnoma va
bildirishnoma singari ichki va tashqi xususiyatga ega. Kеyingi holatda, ya'ni tushuntirish xati yuqori tashkilotga yuborilayotganda, u ko`pincha biror asosiy hujjat (rеjalar, hisobotlar, loyihalar)ga ilova tarzida bo`lib, mazkur hujjatni umuman yoki uning ba'zi o`rinlarini qisman izohlab, tushuntirib bеradi.
Notiqlik – san`atning eng qadimgi turlaridan biridir. “Tinglovchilarga biror narsa- hodisani tushuntirish, isbot etish yoki ularning hissiyotiga,
tushunchasiga ta`sir qilish niyatida so`zlangan nutq notiqlik faoliyatiga kiradi. Bu hodisani san`at darajasiga ko`tara olgan har bir shaxs notiqdir”
18-bilet Talaffuz me`yorlari (orfoepik).Til birliklarining og’zaki nutq jarayonida adabiy til me`yorlariga muvofiq kelishi. Ruscha so`zlarni yozma shakliga taqlid qilib aytish-(Moskva to`g’ri aytilishi Maskva) so`zlarni o`zbekcha aksent bilan talaffuz etish (Angiliya) shevaga xos talaffuz (yo`l-jo`l) talaffuz me`yorlarini egallashda orfoepik lug’atlarning ahamiyati katta.
Sitseronning notiqlik san’atiga bag‘ishlangan asarlari orasida uch risola – "Notiq haqida", "Brut yoki mashhur notiqlar haqida" va "Notiq" nomli asarlari juda katta tarixiy, nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu risolalarda notiqlik san’ati deyarli barcha aspektlarda tahlil etilgan.
19-bilet Publitsistik uslub. Tashviqot – targ‘ibot ishlari olib borish foydalaniladigan nutq publitsistik uslub bo‘ladi. Gazeta va jurnallardagi ko‘pgina maqolalar, ommaviy siyosiy temadagi dokladlar ham publitsistikuslubda yoziladi. Publitsistik uslubda ijtimoiy – siyosiy leksika ko‘p qo‘llanadi (davlat, sessiya, qonun). Publitsistik nutqda ta’sirchan so‘z va birikmalardan maqol va aforizmlardan foydalaniladi