Baholash ishi


Inflyatsiya va tavakkalchilik sharoitida investitsiya loyihalarini tahlil qilish



Yüklə 363,46 Kb.
səhifə8/10
tarix27.02.2023
ölçüsü363,46 Kb.
#85844
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Abduqosimova Gulnoza-Kurs ishi

Inflyatsiya va tavakkalchilik sharoitida investitsiya loyihalarini tahlil qilish

Eng muhim iqtisodiy kategoriyalar “inflyatsiya” va “deflyatsiya”dir. Inflyatsiya iqtisodiyotdagi umumiy narxlar darajasining oshishi yoki deyarli ekvivalenti bilan pulning xarid qobiliyatining pasayishi bilan tavsiflangan jarayon hisoblanadi. Inflyatsiyaga qarama-qarshi tushuncha deflyatsiya, ya’ni narxlarning tushish jarayonidir.
Inflyatsiya ikki ko’rinishda namoyon bo’lishi mumkin:

  • birinchidan, muomalada qog’oz pullarning ko’payishi tufayli;

  • ikkinchidan, muomalaga chiqarilgan pul miqdori o’zgarmagan holatda tovar miqdori qisqarishi tufayli.

Inflyatsiya jarayonlarining asosiy sabablari ishlab chiqarish va muomaladagi mutanosiblikning buzilishi, narx siyosatidagi xatolar, milliy daromadni taqsimlashning irratsional tizimi va boshqalar. Inflyatsiyaning asosiy, muhim belgisi - o’rtacha narxning oshishi, ma’lum bir mahsulot yoki hatto tovarlar guruhi narxining oshishi emas, balki asos sifatida tanlangan barcha tovarlar assortimentining o’rtacha narxining oshishi hisoblanadi. Inflyatsiyani tavsiflash uchun narxlarning o’zgarishi kuzatiladigan obyektlarning asosiy guruhi sifatida yakuniy mahsulot, ya’ni iste’mol tovarlari tanlangan. Nisbatan barqaror iqtisodiyotda ayrim turdagi tovarlar narxining pasayishi bilan bir qatorda boshqalarning narxi ham oshishi mumkin. Shunday qilib, inflyatsiya haqida faqat tovarlar narxining barqaror va ommaviy o’sishi kuzatilganda ko’rish mumkin.
Tovarlarning ayrim turlari, shuningdek, umuman iste’mol tovarlari narxlarining o’zgarishini nazorat qilish narx indekslari yordamida amalga oshiriladi. Indeks - ko’rsatkichning o’zgarishini tavsiflovchi nisbiy ko’rsatkichdir. Indekslar birlikning kasrlarida yoki foizda o’lchanadi. Narx indeksining ikkita asosiy turi mavjud: individual (i) va umumiy yoki agregat (Ip).
Individual narxlar indeksi ma’lum turdagi mahsulot, xizmat narxining o’zgarishi smetasini (retrospektiv yoki prognozini) beradi. U quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
(7);12
bu yerda, - hisobot davridagi haqiqiy narx (yoki prognoz qilingan narx);
- bazaviy davrdagi haqiqiy narx (yoki prognoz bahosi solishtiriladigan hisobot davrining narxi).
Yig’ma narxlar indeksi bir xil tovarlar, mahsulotlar, xizmatlar guruhi uchun shunga o’xshash hisob- kitoblarni amalga oshirishga imkon beradi. Narxlar indeksining tovar aylanmasi orqali ifodalanishi qo’llaniladi:
(8);13
Investitsiyalarni tahlil qilishda inflyatsiya ta’sirini inflyatsiya indeksini yoki kelajakdagi daromadlarni tuzatish orqali hisobga olish mumkin. Birinchi tuzatish eng adolatli, ammo ayni paytda ko’proq vaqt talab qiladi. Uning mohiyati inflyatsiya indeksini investitsiya loyihasining pul oqimlariga nisbatan qo’llashda yotadi. Daromad va o’zgaruvchan xarajatlarga tuzatishlar kiritiladi. Chunki kompaniya mahsulotlari, iste’mol qilinadigan xom-ashyo narxlari indekslari inflyatsiya indeksidan sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Bunday holda, tuzatishlar turli indekslar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Oddiyroq usullardan biri bu inflyatsiya indeksiga chegirma koeffitsientini to’g’rilash hisoblanadi. Bunda, nominal va real chegirma stavkalari o’rtasidagi bog’liqlikni quyidagi model sifatida ko’rsatish mumkin:
1+ =(1+r)*(1+i) (9);14
bu yerda, - nominal diskont stavkasi;
r- real diskont stavkasi;
i - inflyatsiya indeksi.
Bundan quyidagi formula kelib chiqadi:
(10);15
Ushbu formula Fisher formulasi deb ataladi. Bundan kelib chiqadiki, inflyatsiya yo’qotishlarini qoplash uchun (i+r*i) miqdorni real diskont stavkasiga qo’shish kerak.
Investitsiya loyihasining tijorat samaradorligi ko’rsatkichlariga asosiy ta’sir quyidagilar:

  • mahsulot va resurslar turlari bo’yicha inflyatsiyaning turli xilligi (ya’ni, uning darajasining turli qiymatliligi);

  • inflyatsiya darajasining xorij valyutasi o’sishidan oshib ketishi.

Bundan tashqari, hatto bir xil inflyatsiya ham quyidagi sabablarga ko’ra investitsiya loyihasining ishlashiga ta’sir qiladi:

  • tovar-moddiy zaxiralar va qarzlarning o’zgarishlari;

  • kreditlarning o’zgarishlari.

Inflyatsiyaning mavjudligi loyihaning bajarilishiga nafaqat pul ko’rinishida, balki tabiiy ko’rinishda ham ta’sir qiladi. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, inflyatsiya nafaqat loyihaning moliyaviy natijalarini qayta baholashga, balki loyihani amalga oshirish rejasining o’zini o’zgartirishga olib keladi. Shuning uchun hisob-kitoblarning erkin valyutaga yoki umuman natural ko’rsatkichlarga o’tishi inflyatsiyaning ta’sirini hisobga olish zaruratini bartaraf etmaydi. Doimiy va (yoki) jahon narxlarida hisob-kitoblar bilan bir qatorda, bu ta’sirni iloji boricha hisobga olish uchun prognoz (loyiha shartlariga mos keladigan pul birliklarida) narxlarda hisob- kitoblarni amalga oshirish kerak. Investitsion loyihaning samaradorligini aniq baholashda uning dinamikasini hisobga olish kerak:

  • ichki va tashqi valyuta kurslarining o’sishi va pasayishi munosabati;

  • narxining umumiy darajasi (umumiy inflyatsiya);

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ichki va tashqi bozordagi narxlari;

  • foydalanilgan resurslar va butlovchi qismlarning narxlari (narxlarning taxminan bir xil o’zgarish tezligi bilan tavsiflangan guruhlar bo’yicha).

  • to’g’ridan-to’g’ri xarajatlar (turlari bo’yicha);

  • ish haqi darajasi - xodimlarning turlari bo’yicha (ish haqi bo’yicha inflyatsiya);

  • umumiy va ma’muriy xarajatlar;

  • asosiy vositalar qiymati (yer, binolar va uning elementlari, jihozlar);

  • marketing xarajatlari (xususan, reklarna, transport va boshqalar);

  • bank foizlari.

Loyiha natijalarini to’g’ri baholash, shuningdek, turli sharoitlarda loyiha natijalarining solishtirilishini ta’minlash uchun inflyatsiyaning natijalar va xarajatlarning hisoblangan qiymatlariga ta’sirini iloji boricha hisobga olish kerak. Buning uchun prognoz (joriy) narxlarda pul oqimlari hisobga olinishi kerak va loyihaning iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlarini (NPV, IRR va boshqalar) hisoblash zarur.
Vaziyatning asosiy sababiga qarab tijorat risklari quyidagi turlarga bo’linadi:

  • Tabiiy risklar tabiatning turli xildagi tartibsiz kuchlari ta’sirida vujudga keladi. Bularga zilzila, toshqin, bo’ron, yong’in, epidemiya va hokazolarni misol qilish mumkin.

  • Ekologik xavflar - bu atrof-muhitning ifloslanishi bilan bog’liq xavflar.

  • Siyosiy xavflar mamlakatdagi siyosiy vaziyat va davlat faoliyati bilan bog’liq hisoblanadi. Siyosiy xavflar yuzaga kelishiga xo’jalik yurituvchi sub’ektga bevosita bog’liq bo’lmagan ishlab chiqarish va savdo jarayonining turli xildagi ta’sirlari sabab bo’ladi.

  • Transport risklari - yuklarni transportda tashish bilan bog’liq xavflardir. Masalan, avtomobil, dengiz, temir yo’l va boshqalar.

  • Tijorat risklari moliyaviy-xo’jalik faoliyati jarayonida yo’qotish xavfini anglatadi. Tarkibiy asosda tijorat risklari mulkiy, ishlab chiqarish, savdo, moliyaviy risklarga bo’linadi.



Yüklə 363,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin