Baholash ishi


Loyihani belgilovchi asosiy omillar3



Yüklə 363,46 Kb.
səhifə3/10
tarix27.02.2023
ölçüsü363,46 Kb.
#85844
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Abduqosimova Gulnoza-Kurs ishi

1-rasm. Loyihani belgilovchi asosiy omillar3
Loyihalarning asosiy xususiyatlari quyidagilardir:
1.Vaqt bo’yicha cheklanganligi - loyihani ishlab chiqish hamda amalga oshirish muddatlarining cheklanganligi.
2. Alohida faoliyat turlari bilan bog’liq hodisalarning aniq belgilangan ketma-ketligi.
3. Maqsadga yo’naltirilganligi.
Shuningdek, modul loyihalar, xalqaro va investitsiya loyihalari farqlanadi.
Biz ushbu qo’llanmada barcha turdagi O’zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarni loyihalarini ko’rib chiqamiz va Jahon banki tomonidan investitsiya loyihalarini baholashda qo’llaniladigan ba’zi tartiblarga asoslangan holda fikr yuritamiz.
Loyiha tushunchasi ikki ma’noda qo’llaniladi:
1. Belgilangan maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan xatti- harakatlar majmuini amalga oshirishni ko’zda tutuvchi ish, faoliyat, tadbir sifatida.
2. Bu faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan tashkiliy-huquqiy va hisob-moliya hujjatlari tizimi sifatida.
3. O’lchamchilik - loyiha bo’yicha faoliyat va kutilayotgan natijalarni miqdoriy ifodalash imkoniyatlarini mavjudligi.
Loyiha - bu alohida tizimning vaqt bilan chegaralangan, maqsadga yo’naltirilgan o’zgarishi bo’lib, u kapital va resurslar hamda maxsus tashkilotlar harajatlarining taxminiy doirasida belgilangan talablar bilan natijalarning sifatiga qaratilgan hisob - kitoblar va tadbirlar yig’indisidar.
“Alohida tizimlar” tushunchasiga kiritilishi nafaqat loyihaning to’liqligi va uning boshqa tashkilotlar bilan chegaralanganligini ko’rsatadi, balki loyihaning yagonaligini (seriyali ishlab chiqarishdan farqli ravishda) bildiradi, demakki, uning betakrorligini va yangilik (innovatsiya) belgilarini ham turlichaligini bildiradi. Loyihalar kiritilish sohalari, ko’larni, davomiyligi, qatnashuvchilarning tarkibi, qiyinlik darajasi, natijalar ta’siri va hakazolar bo’yicha katta farq qilishi mumkin.
Loyihalarning tahlili va sintezi qulayligi uchun turli xil boshqarish tizimlari turli asoslar bo’yicha tasniflanishi mumkin.
Loyiha turi (amalga oshirilayotgan loyihaning asosiy faoliyat sohalari bo’yicha): tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy va aralash.
Loyiha sinfi (loyiha tarkibi va tizimini hamda uning fan sohasi bo’yicha): monoloyiha, multiloyiha, megaloyiha. Monoloyiha - bu har xil tur, qurilish va hajmdagi alohida loyihadir. Multiloyiha - bu bir necha monoloyihalar tashkil topgan va ko’p loyihali boshqaruvli tadbiqni talab qiluvchi kompleks loyihadir. Megaloyiha - bu ta’lim sohalari va h. rivojlantirishning maqsadli dasturlari bo’lib, bu tartibga bir qator mono va multiloyihalar kiritiladi.
Loyiha ko’larni - (loyihaning hajmi, qatnashuvchilar soni va atrof- muhitga ta’sir darajasi bo’yicha): kichik loyihalar, o’rta loyihalar, yirik loyihalar, juda yirik loyihalar. Loyihalarning bunday taqsimoti juda shartlidir. Loyiha ko’larnlarini aniqroq shaklda ko’rish mumkin. Davlatlararo, xalqaro, milliy mintaqalararo va mintaqa, tarmoqlararo va tarmoqlar bo’yicha, kooperativ, tashkiliy loyihalar.
Loyiha davomiyligi (loyihani amalga oshirish vaqti davomiyligi bo’yicha): qisqa muddatli (3 yilgacha), o’rta muddatli (5 yildan ortiq).
Loyihalarning murakkabligi (murakkablik darajasi bo’yicha): oddiy, murakkab, juda murakkab.
Loyiha turi (loyihaning fan sohasi xarakteri bo’yicha): investitsion, innovatsion, ilmiy-tadqiqot, aralash. Investitsion loyihalarga odatda, investitsion qo’yilmalarni talab qiluvchi, bosh maqsadi asosiy fondlarni ishlab chiqarish ya’ni yangilash bo’lgan loyihalar kiritiladi. Innovatsion loyihalarga, tizimlar rivojlanishini ta’minlaydigan, bosh maqsadi yangi texnologiyalarni, nou-xau va boshqa yangiliklarni ishlab chiqish va qo’llash bo’lgan loyihalar kiritiladi.
Loyihalarning turlariga tasniflanish va bo’linmalariga mos ravishda loyihalarni bir-biridan ajratib turadigan bir necha xususiyatlari va odatiy shartlarni ajratish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, investitsiya va investitsion loyihalar korxonalarni rivojlantirish, mamlakatda iqtisodiy o’sishni ta’minlashning bosh omillaridan biridir. Investitsiya iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida o’z mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq, muddatli kapital kiritish (qo’yish) hisoblanadi. Pulning vaqt (zamon)ga bog’liq qiymati nazariyasiga ko’ra, investitsiya kelajakda naf olish maqsadida mablag’lar qo’yishdir.


  1. Yüklə 363,46 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin