Investitsiya loyihasini ishlab chiqish bosqichlari: investitsiyadan oldingi bosqich, investitsiya bosqichi, ekspluatatsiya bosqichi
Har qanday loyiha avvalo g’oya sifatida vujudga keladi. G’oyaning chuqur tahlil qilinishi, ichki va tashqi omillarni o’rganilishi natijasida uning xaqqoniyligi va hayotiyligi kelib chiqadi. Loyihalar ma’lum ilmiy tadqiqot, ilmiy izlanishlar va marketing tadqiqotlari natijasida tuziladi va ilmiy jihatdan asoslanadi. Izlanishlar natijasi sifatida aniq g’oya va loyihaning kotseptsiyasi yaratiladi. G’oya esa real va aniq davr bilan chegaralanadi. Loyihani amalga oshirishda yo’lboshchining roli benihoya kattadir. Shu bilan birga loyihaning muhiti qulay va rag’batlashtirish mexanizmi samarali bo’lishi kerak. Loyiha yo’lboshchisi o’z atrofiga professional mutaxassislardan iborat komandani to’play olsagina, har tomonlama asoslangan loyihani yaratishni ta’minlashi mumkin.
Korxonaning investitsiya loyihasini korxona rahbari va uning yetuk mutaxassislari ishlab chiqishadi. Agar korxona mutaxassislarining bilimi va tajribasi yetarli bo’lmasa, professional maslahatchilar xizmatidan foydalaniladi. Agar yirik loyihalar ko’p komponetlarga ega bo’lsa, bunday loyihalarga tayyorlashga xalqaro tajribaga ega bo’lgan ekspertlar va mahalliy mutaxasislar jalb etiladi. Ularning bilim va tajribalari tayyorlangan loyihalarning real va ilmiy asoslanganligini ta’minlaydi.
Loyihalarning real bo’lishi uchun, shuningdek, ularni tayyorlash jarayonida ekspertlarning xulosasini olish maqsadga muvofiqdir. Ba’zi hollarda loyihalarni tayyorlash jarayonida ularning samaradorligi pastligi va amaliyotga tadbiq etish qiyinligi ekspertlar tamonidan isbotlanadi.
Natijada kelgusidagi unumsiz xarajatlarning oldi olinadi. Keyingi yillarga loyihalarni tayyorlashga va amalga oshirishga bo’lgan talab O’zbekiston Respublikasida oshib bormoqda.
Yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, investitsiya loyihalarini xalqaro tajribada uchta yirik bosqichga bo’ladilar:
Investitsiya oldi bosqichi;
Investitsiya bosqichi;
Yangidan vujudga kelgan obyektlarni ekspluatatsiya qilish bosqichi.
«Loyihalar tahlili» fanining asosiy vazifasi birinchi bosqich to’g’risida fikr yuritishdir. BMTning YUNIDO nomli bo’limi tomonidan chiqarilgan byulletenida investitsiya oldi bosqichini to’rtta yo’nalishga bo’lib o’rganish tavsiya etiladi. Bular:
investitsiya konseptsiyalarini tanlash;
dastlabki (birlamchi) loyihalarni vujudga keltirish;
yakuniy loyihani vujudga keltirish va uning texnik-iqtisodiy hamda moliyaviy jihatdan ma’qulligini baholash;
loyihaning yakuniy muhokamasi va u bo’yicha ma’lum qarorga kelish.
Investitsiya oldi bosqichini bunday yo’nalishlarga ajratish maqsadga muvofiqdir. Chunki avval korxonaning yoki tarmoqning investitsiya yordamida ijtimoiy va iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilash imkoniyati bor yoki yo’qligini aniqlash kerak. Bundan keyin investitsiya haqidagi fikrlarni chuqur o’rganib chiqish va shu asosda biznes-rejani vujudga keltirish lozim. Agar bu reja investor va buyurtmachida qiziqish uyg’otsa ishni keyingi bosqichlarda davom ettirish lozim. Bu yo’nalish biznes-rejani chuqur tahlil-qilish va uni iqtisodiy-moliyaviy tomondan baholashdan iborat. Agar bu izlanishlar natijasi ijobiy bo’lsa, loyihalarni vujudga keltirish bilan bog’liq bo’lgan oxirgi xulosachiqarish yo’nalishsiga o’tish tavsiya etiladi. Industrial rivojlangan mamlakatlarda investitsiya oldi bosqichini vujudga keltirish loyiha qiymatining 1,5-5% hajmidagi xarajatni talab etadi. Albatta, bu yerdaloyiha qiymati hajmi asosiy rol o’ynaydi. Umumiy investitsiya xarajatlaridagi investitsiya oldi bosqichining yo’nalishlari bo’yicha xarajatlar ulushi quyidagicha: birinchi yo’nalishda 0,2 - 1,0%, ikkinchi yo’nalishda 0,25 - 1,5 %, uchinchi yo’nalishda katta loyihalar bo’yicha 0,2 - 1,2 %, kichiklari bo’yicha esa 1,0 - 3,0%ni tashkil etadi.
Investitsiya oldi bosqichida muqobil variantlarga ega bo’lgan bir necha loyihalar o’rganiladi va ulardan samaradorligi pastlari yoki samara bermaydiganlari chiqarib yuboriladi. Bunday loyihalar kelgusi yo’nalishlarda ko’rilmaydi va bu bilan juda katta mablag’ tejab qolinadi. Loyihalarning investitsiya oldi bosqichini quyidagi rasm ko’rinishida ifodalashmumkin: