Bahorni qarshilab



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/20
tarix23.10.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#65986
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Saida Zunnunova. Bahorni qarshilab (2021)

SO‘NGGI YO‘L
Qadamlar, sharpasiz og‘ir qadamlar,
Ko‘zlar pardasiga qalqqan achchiq yosh.
Eng so‘nggi safarga kimni uzatar,
Hamkasbmi, qo‘shnimi yoki qarindosh?
Gullar husni shuncha sovuqmi asli,
Visol damidagi ko‘rki qayerda?
Bugun tabiatning qanaqa fasli,
Hech kim payqamaydi, ko‘zlari yerda.
Mayliga, ranglar ham o‘chsin bir nafas,
Mayliga, oftob ham berkinsin bir dam.
Mayliga, bir zumga yo‘qolsin havas,
Mayliga, zil yukday tuyulsin qadam,
Axir oramizdan ketmoqda odam!
Motam sukutidan yurak qiynoqda,
Yurak qiynoqdaki, bermagunday tob.
Ammo men istardim, yurak shu topda
O‘z­o‘ziga shunday berolsa hisob:
Dardin eshitdingmi tirikligida?
Biron shodlik kuni gul tutganmiding?
Yoki o‘sha kunni unutganmiding?
Qadriga yetdingmi tirikligida?
Shu so‘roqqa tutsa ko‘nglimiz bizni,
Balki o‘lim yana ketardi yiroq.
Odamlar! Qadrlang bir­biringizni,
Gul ham, muhabbat ham tirikka kerak.
1965
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
70
ISHONCH
Birovga ishonib ba’zan pand yeyman,
Lekin tashlolmayman shu odatimni.
Balki, shu ishonchdir saodatimning
Umri, kelajagi, boisi deyman.
Axir ishonmasa bironta menga,
Sanchgani afzalroq qalbimga tikan.
Shu ishonch oshiyon qurmagan joyda
Ayting­chi, chinakam shodlik bormikan?
1965
QO‘SHIQ
(Halima Nosirovaga)
Hali bola edim, hayron bo‘lardim,
Bosh chayqab tinglashsa ba’zan kattalar.
Lekin nelargadir ko‘nglim to‘lardi,
Nelardir qalbimni etardi talab.
Kecha yig‘latganim uchun ezg‘ilab,
Kuchugimdan uzr so‘rardim sekin.
Qo‘yib yuborardim tillaqo‘ng‘izni,
Nima bo‘lganini bilmasdim lekin.
Bilmasdim, dilrabo o‘sha qo‘shiqdan
Taqdirim dilimga o‘rnashganini.
Bilmasdim, she’r baxti, zahmati shunda,
Kuy bilan ko‘nglimga tutashganini,
Bilmasdim.
1965
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
71
* * *
Yerdan non ushog‘in olganim ko‘rib,
Nega istehzoli kulding, yaxshi qiz?
Dindor o‘yladingmi sen xayol surib,
Bordi­yu, shu ushoq din bo‘lsa agar
Sira ikkilanmay cho‘kar edim tiz.
Yana istardimki, dunyo, ellarga
Yakka­yu yagona din bo‘lsa shu non.
Kuymasmidi, balki dalalar, qirlar,
Abad toparmidi baxtini inson?!
1965

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin