Bahorni qarshilab



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/20
tarix23.10.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#65986
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Saida Zunnunova. Bahorni qarshilab (2021)

TUPROQ DEYDIKI
Tuproq kulgisidan yasharar olam,
Tuproq yig‘isidan quriydi hayot.
U yig‘lasa bo‘lmas bundan ortiq g‘am,
Uning yig‘isini ko‘rganmiz, hayhot!
Yerning yig‘lashini ko‘rmoq bo‘lsangiz,
Qurbonlar qabriga yaxshilab boqing.
Chora top, deb sizga cho‘kkundayin tiz,
Unutma, inson, deb shivirlar sokin.
Taqdiridan ma’yus, dilxasta o‘zi,
Koshkiydi, koshkiydi topsa bir iloj,
Bag‘ringizga berib jigaringizni,
O‘rniga gullardan taqib olsa toj.
U pinhon yig‘laydi, yoqa etmay chok,
Keksa ona kabi dilida dardi.
Odamlar! Kurashing, birlashing, toki –
Shu aziz tuproqda qayg‘uning gardi,
Qolmasin, bo‘lmasin, ko‘rmasin sira.
Vayronalar belin bukmasin mutlaq,
Quyoshning chehrasi tortmasin xira.
Gullar tiniq bo‘lsin, qor bo‘lsin oppoq,
Tepkilab, selkillab o‘yin tushsangiz
Yaproq bo‘lib qarsak chalgan Ona­Yer:
Ko‘ksim qadoq bo‘lmas poshna izidan,
Faqat yig‘latmanglar, yig‘latmanglar.
1966
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
77
* * *
Gʻunchalarni uyg‘otgan shamol
Nechun bargni yulqilab ketdi.
Birin suyib, birin irg‘itdi,
Tabiatning ishidan men lol.
Birisini koyidi yulib,
Mo‘rtligiga berganday dashnom.
Birisidan parvona bo‘lib,
Qanotida tashidi shabnam.
Loqaydlikni bilmagani­chun
Ta’zim qilgim kelardi unga.
1966
* * *
Kun botib bormoqda, turnalar uchar,
Olisdan eshitilar chug‘ur­chug‘uri.
Terak uchlarida bir yonib o‘char
Ufqqa tiz cho‘kkan quyoshning nuri.
Turnalar ketyapti, bilmam, qay yurtga,
Qaysi elatlarga boshlashdi safar.
Mabodo bittasi sal qolsa ortda,
Bezovta bo‘ladi, buzilar saflar.
Bir qo‘zg‘alib yana rostlandi saflar,
Ortda qolgan biri qo‘shildi bardam.
Ne deb chug‘urlashar, nedir gaplari,
Yaxshilik sezaman ne desalar ham.
1966
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
78
* **
Bilmayman, bu uyda yashagandi kim,
Rosa qilgan ekan mehnat, hafsala.
Bugun dil ezguchi sukunat hokim,
Singan qovurg‘adek yotar vassalar.
Ko‘zimga yetimdek mungli boqadi,
Bir yonda shuvog‘i to‘kilgan o‘choq.
Go‘yo jonli vujud, bag‘rim yoqadi
Qo‘li sinib yotgan tilsiz qo‘g‘irchoq.
Goh alam, gohida cheksiz shodliklar,
Balki umrlarning guvohi bu uy,
Gʻalvir badanida xotira saqlar,
Xotiraga sho‘ng‘ib surgan kabi o‘y.
Zabonsiz shu toshlar, balki necha bor,
Tinglagan to‘y, bazm, do‘stlar sasini.
Balki qatlarida pinhon ardoqlar,
Yumshoq yo‘rgaklarning xushbo‘y isini.
Mehnat, umr bari, muhabbat bari,
Devorda panjalar izi – sirli xat.
Nahot shuncha qattiq tabiat qahri,
Nahotki, iloj yo‘q, bir chora qahat?
Fikrdan, hislardan uvushgan yurak,
Javob topgan kabi yorishdi birdan.
Axir odam omon, odamlar tirik,
Ana, o‘tmoqdalar shoshilinch, bardam.
1966
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
79
* * *
Dalalardan mujda kelar
Shamollarning qanotida.
Unda yorim paxta terar
Po‘lat zangor g‘irotida.
Po‘lat zangor g‘irotini
Bog‘lab olsam sehrim bilan.
Chamanlarning tarovatin
Olib beray mehrim bilan.
Tonggi shabnam ho‘l qilibdi
Beqasam to‘n yenglarini.
O‘zi doim sardor bo‘lib,
Boshlab yurar tenglarini.
Oq oltinning gardi qo‘nmish
Payvasta ul qoshlariga.
Do‘ppi tiksam suyib­suyib,
Kiyarmikan boshlariga?!
Dalalardan mujda kelar
Shamollarning qanotida.
Unda yorim paxta terar
Po‘lat zangor g‘irotida.
1966 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
80
* * *
Qizim qo‘shiq kuylaydi...
Irmoqlar shovillarmi yo qushlarning na’masi,
Quyoshning shu’lasimi dilim tutgan kaftida?
Go‘yo deydi: ola qol rohatlarning hammasin,
Chidash bera olsang bas, muhabbati, taftiga.
Qizim qo‘shiq kuylaydi...
Yo tabiat gullarga rang ulashar shu bugun,
Yo zilol suv bag‘riga qaldirg‘och to‘sh urdimi?
Subhidamning yellari o‘pib daryolar yuzin,
Gulshanlarning atrini ufurishga turdimi?
Qizim qo‘shiq kuylaydi...
Yulduzlar jimirlarmi yo sharshara to‘zoni?
Ey naqqosh, atlasingga jilvasini ko‘chirgil!
Tinglang, aziz odamlar, tinglanglar­u fazoni –
Tutunlardan tozalab, urush otin o‘chiring.
Qizim qo‘shiq ko‘ylaydi...
Yo kapalak qanotin yeli tegdi yuzimga,
Yo yoshlik bag‘ridagi xayol aralash uyqu.
Bir qatra shabnam bo‘lib termilaman qizimga,
Bir qatra shabnam qilib qo‘ygandi meni tuyg‘u.
Qizim qo‘shiq kuylaydi...
Yoki oqshomni quvlab tong kelyapti tog‘lardan,
Yo atirgul g‘unchasi yaproq yozdi shu mahal.
Qarang, aziz odamlar, dalalarda, bog‘larda
Kurtaklarni siypalab kezib yuribdi hamal.
Qizim qo‘shiq kuylaydi...
1966
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
81
* * *
Daryolarning ul yuzida uylaringiz,
Olislardan eshitilar kuylaringiz.
Kunda­kunda ko‘rolmasam bo‘ylaringiz,
Tun kechalar uyqu bermas o‘ylaringiz.
Daryolarni kechib o‘tsam, kechib o‘tsam,
Qushlar bo‘lib uchib o‘tsam, uchib o‘tsam.
Shamol bo‘lib gulshanlardan gul atrini
Boshingizdan sochib o‘tsam, sochib o‘tsam.
Suv bo‘yida uzoq turib surmang xayol,
Sochlaringiz mushkin olib o‘tsa shamol.
O‘zgalarga tarqatma deb qizg‘anaman,
Dilginamga kelur malol, kelur malol.
Daryolarda yor sochini yuvarmikan,
Gumonlarni xayolidan quvarmikan.
Yo‘llariga atirgul­u rayhon eksam,
Bir qayrilib, ko‘z uchida suyarmikan.
1966
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
82
* * *
Izg‘irin achitar, osmon elar un,
Daraxtlar tanida mehnatdan qadoq.
Qurib­qovjiragan tanho bir yaproq,
Yel bilan olishar mana necha kun.
Qurib­qovjiragan, rangida qon yo‘q,
Shamol ham qo‘ymaydi zulm iskanjasin.
Yaproq ham ayirmas shoxdan panjasin,
Yonida hamxona, bir mehribon yo‘q.
Yo‘q, yo‘q, qilolmayman men uni havas,
Do‘st­u yor, jigarlar va qarindoshsiz,
O‘rtada bo‘lmagan dasturxon oshsiz,
Ey hayot, oldirma, olmayin nafas.
1966
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
83
* * *
Kimsasiz bu qirda qaydan bu qabr,
Nechun odamlardan olisda, tanho.
Unsiz bu chiroyni qilmang deb qadr,
Tabiat husniga qasddan yotar yo?
Boshiga bir tup tol tashlamish soya,
Bilmayman, kim ekan, ardoqlagan kim?
Barglar shivirida muncha mung, nola,
Nechun buloqlar ham kuylamaydi, jim?
Nechun ko‘zlarimni yashnatmas gullar,
Qalbimni ezadi og‘ir alam, yuk.
Shabada ham muncha xunuk uvillar,
Chechakda dil tortar bir istara yo‘q.
Bariga shu kichik bir qabr sabab,
Oftobning bu joyga sochgan shodligin 
Shu qabr o‘ziga olgandek qamab,
Bariga shu kichik bir qabr sabab. 
1966
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
84
* * *
Birovning tilidan so‘zlovchilar ko‘p,
Majlisdagi taklif, nutqini hatto.
Bularning bilgani, o‘rgangani: xo‘p.
Qo‘lbola to‘tilar biron «katta»ga.
Ming shukr, yaxshi­yu yomon so‘zlarim,
Yutuq­yanglishlarim meniki faqat.
Javdirab boqmadim o‘zga ko‘zlarga,
Buyruq, manmanlikka yo‘q menda toqat.
Chuchmal so‘zga saxiy emasman uncha,
Shirin eshitilmas har bir to‘g‘ri gap.
Sevib koyiganim, so‘kkanim uchun,
Tortgan azobimga bir o‘zim sabab.
1966
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
85

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin