Bajardi: Abdusalomova Y. Qabul qildi: Qodirov F. Qarshi – 2023



Yüklə 10,68 Kb.
səhifə3/4
tarix16.12.2023
ölçüsü10,68 Kb.
#180766
1   2   3   4
Kompyuterni tashkil etish 3-amaliy ish

O'tish buyruqlari buyruqlar ketma-ket bajariladigan oddiy tartibni o'zgartirish uchun mo'ljallangan. Ularning yordami bilan subprogrammalarga o'tish va ulardan qaytishlar, har xil turdagi tsikllar, dastur shoxchalari, dastur fragmentlarini o'tkazib yuborish va boshqalar tashkil etiladi. O'tish buyruqlar har doim buyruqlar hisobini o'zgartiradi. O'tishдфк shartli va shartsiz bo'lishi mumkin.
Kompyuter elektr manbaidan uzilgandan so'ng, tezkor xotira(ОЗУ)dagi barcha ma'lumotlar o'chib ketadi va kompyuter qayta yuklanganda, o'chgan ma'lumotlarni qayta tiklab bo'lmaydi. Shuning uchun ma'lumotlarni saqlashda, elektr energiyasiga bog'liq bo'lmagan, ma'lumotlarni saqlash qurilmalaridan foydalaniladi
Barcha tashqi qurilmalar energiyaga bog'liq bo'lmagan holda ma'lumotlani saqlaydi. Hozirgi kunda barcha tashqi xotira qurilmalari quyidagi turlarga bo'linadi:
Magnitli saqlash qurilmasi.
Optik saqlash qurilmasi.
Elektr saqlash qurilmasi.

Endi har bir turiga qisqacha to'htab o'tamiz.
Magnit saqlash qurilmalari kompyuterga o'rnatiladigan asosiy saqlash vositasi hisoblanadi. Bu turdagi xotira qurilmasining asosi, ya'ni barcha ma'lumotlar magnit asosga ega bo'lgan materiallarda saqlanadi. Bu turdagi xotiradan, barcha turdagi kompyuterlar(ishchi kompyuterlar, serverlar, portativ kompyuterlar,..) foydalanishadi.
Bu turdagi xotira qurilmasiga quyidagilar kiradi:
— Qattiq disklar(HDD).
— Egiluvchan disklar(floppi disk).
— Magnit lentalar.
Qattiq diskni(vinchester, HDD), kompyuterning asosiy xotirasi deyish mumkin. Bu qurilma kompyuterga bevosita ATA yoki SATA porti orqali ulanadi. Hajmi ham xar hil bo'ladi(250 Gb, 500 Gb, 1 Tb, 2Tb,..). Hajmi qanchalik katta bo'lsa, narxi ham shunchalik qimmat hisoblanadi. Undan tashqari ma'lumotlarni o'qish va yozish tezligi ham narxiga ta'sir qiladi. Bu xotira turiga yana tashqi qattiq disklar ham kiradi. Ular USB port orqali ulanadi va kompyuterdan elektr manbai oladi. Bu turi katta hajmdagi ma'lumotlarni olib yurish uchun ishlatiladi.


Egiluvchan disklar hozirgi kunda kamayib ketgan. 1.44 Mb hajmga ega bo'lib, ma'lumotlarni bir necha martta o'qib, yozish uchun ishlatiladi. Unchalik ishonchli emas, magnit plyonkalar ham yupqa bo'lib, juda tez ishdan chiqish ehtimoli katta. Tashqi ta'sirlarga umuman bardoshli emas.
Keyingi magniitli saqlash qurilmasi bu – magnit lentalardir. Bular asosan server kompyuterlar bilan ishlaganda kerak bo'ladi. Katta hajmdagi ma'lumotlarni arxivlash yoki nusxasini olish jarayonida ishlatiladi. O'qish va yozish tezligi unchalik katta emas, lekin uzoq vaqt davomida saqlash uchun mo'ljallangan.
Navbatdagi tashqi saqlash qurilmasi bu 
Yüklə 10,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin