Maktabgacha yoshdagi bolalarda boshlang'ich matematik tasavvurlarni shakllantirish jarayonida pedagog turli xil o'qitish usullaridan foydalanadi: amaliy

-I- ko'rgazmali
-I- og'zaki
-I- o'yin tarzida.
Metodlarni tanlashda bir qator omillar hisobga olinadi: ushbu bosqichda hal qilinishi kerak bo'lgan dastur vazifalari, bolalarning yoshi va individual xususiyatlari, zarur didaktik vositalarning mavjudligi va boshqalar. Tarbiyachi usul va metodlarni to'g'ri tanlash, ulardan har bir holatda oqilona foydalanish uchun quyidagilarga e'tibor qaratishi lozim:
- boshlang'ich matematik tasavvurlarni muvaffaqiyatli shakllantirish va nutqda aks ettirish;
- tenglik va tengsizlikning munosabatlarini (soni, hajmi, shakli bo'yicha), ketma-ket bog'liqlik (o'lchamning kamayishi yoki ko'payishi, sonning ko'payishi) munosabatlarini idrok qilish va ta'kidlash, tahlil qilinadigan obyektlarning umumiy xususiyati sifatida miqdori, shakli, o'lchamlarini ajratib ko'rsatish, o'zaro bog'liqligini aniqlash.
- bolalarni o'rganilgan amaliy harakatlar usullarini (masalan, taqqoslash, hisoblash, o'lchash orqali) yangi sharoitlarda qo'llashga yo'naltirish va bu vaziyatda muhim belgilarni, xususiyatlarni, munosabatlarni aniqlash, uning amaliy usullarini mustaqil izlash. Masalan, o'yin sharoitida ketma-ketlikni, o'zgaruvchan belgilarning naqshini, umumiy xususiyatlarini aniqlash.

Boshlang'ich matematik tasavvurlarni shakllantirishda yetakchi usul amaliy usul hisoblanadi. Uning mohiyati obyektlar yoki ularning o'rnini bosuvchi narsalar (rasmlar, grafik chizmalar, modellar va boshqalar) bilan qat'iy belgilangan harakatlar usullarini o'zlashtirishga qaratilgan bolalarning amaliy faoliyatini tashkil etishdir. Boshlang'ich matematik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy uslubning o'ziga xos xususiyatlari:
- turli amaliy harakatlarni amalga oshirish;
- didaktik materialdan keng foydalanish;
- didaktik material bilan amaliy harakatlarning o'zaro bog'liqligi;