Bajardi: Qurbonaliyev s tekshirdi: Zaripova d guruh: pre001-2



Yüklə 83,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix16.12.2023
ölçüsü83,93 Kb.
#182849
1   2   3   4   5   6   7   8
1-topshiriq.Sanjarbek.TalimNaz

Professional
– o‘z kasbining ustasi bo‘lish, nafaqat bilish, ularni qanday amalga oshirishni 
bilishgina emas, balki ana shu bilimlarni hayotga tatbiq eta olish hamda samarali natijalarga erishishi 
ham demakdir. Professionalizm deganda, unga baho berishda, so‘z samarali kasbiy faoliyat 
to‘g‘risida bo‘lishi lozim. Pedagogik kompetensiya va professionalizm haqida va ularni bir-biridan 
ajratib turuvchi jihatlari to‘g‘risida gaplashib o‘tdik. Demak, professionalizm mutaxassis kasbiy 
jihatdan o‘sishining turli qirralarini aks ettiradi va kasbiy kompetensiyaning to‘rt turini o‘zida 
ta’minlaydi. 
1.
Ijtimoiy yoki faoliyat ko‘rsatuvchi kasbiy kompetentlik oliy darajadagi kasbiy faoliyat 
hisoblanib, o‘z tarkibiga nafaqat maxsus bilimlarni egallaganlikdan tashqari ularni 
amaliyotda qo‘llay olishni bilish demakdir. 
2.
Ijtimoiy kasbiy kompetensiya hamkorlikda olib boriladigan faoliyat usullarini 
egallaganlik, kasbiy muloqot usullariga ega bo‘lish. 
3.
Shaxsiy kasbiy kompetensiya. O‘z-o‘zini namoyish qilish va rivojlantirish, kasbiy 
deformatsiya, tanazzulni oldini olish, usullarini egallaganlik, ularning ichiga mutaxassis 
tomonidan o‘z kasbiy faoliyatni rivojlantirish, mustaqil qaror qabul qilish, muammolarni 
anglash xususiyatlari ham kiradi. 
4.
Individual kasbiy kompetensiya o‘z-o‘zini boshqarish yo‘lini egallaganlik, kasbiy 
o‘sishga tayyorgarlik, o‘z ishiga sodiqlik, sabr- toqat xislatlari bilan xarakterlanadi.
Zamonaviy o‘qituvchining asosiy kompetensiyasi: 


1.
O‘z “ta’limiy kamchiliklari”ni mustaqil tuzatib, talabalar bilan birga o‘qishni bilish. 
2.
Talabalarni mustaqil faoliyatini rejalashtirish va tashkil etishni bilish.
3.
O‘quv jarayonini sahnalashtirish bunda turli xil faoliyat usullaridan foydalanish, ularga 
talabalarning moyilligi va qiziqishiga qarab ishlarni taqsimlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
4.
Tadqiqotchilik tafakkuriga, talabalarda tadqiqotchilik ko‘ nikmasini tashkil etishni bilishi 
kerak.
5.
Talabalarni yutuq va rivojlanishlarini baholash tizimi dan foydalanish.
6.
O‘quv jarayonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish ni bilish.
7.
Dars jarayonida suhbat va bahs-munozara olib borish, talabalar o‘zlari xohlab aytmoqchi 
bo‘lgan fikr, qarash va munosabatlarini bayon eta olishlariga yo‘naltirilgan muhit yaratish. 
Nafaqat talabalar bir-birlari bilan balki, o‘qituvchi bilan ham shaxsiy qarash vamunosabat, 
tanqidlarni tahlil qilishlari kerak.
O‘qituvchining tayanch pedagogik kompetensiyasi yuzasidan Rossiyada kasbiy standart 
talablari ishlab chiqarilgan bo‘lib, ular:

ijtimoiy-shaxsiy kompetensiya;

pedagogik faoliyat maqsad va vazifalarini amalga oshirish;

o‘quv faoliyati motivatsiyasi;

informatsion kompetensiya;

pedagogik dasturlarini ishlab chiqish va qaror qabul qilish;

o‘quv faoliyatini tashkil etish.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, oliy ta’lim o‘qituvchisi kasbiy kompetensiyasi tizimi 
uchun tayanch hisoblangan bir necha turini tilga olishimiz mumkin.

Yüklə 83,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin