tafakkur yuritish (fikrlash stili) Kasbiy kamol topish Kasbiy layoqat (kompetentlik) Gumanistik
(insonparvarlik) yo‘nalishi Pedagogik texnika Kasbiy yo‘nalganlik Faoliyati jarayonida yangiliklarga
intiluvchanlik Kasbiy rivojlanish Muloqot mahorati Pedagogik mehnatga tayyorgarlik Mehnatga
ijodiy munosabat Kasbiy nuqtayi nazar Ijtimoiy faollik Kasbiy moyillik Ijodiy tashabbuskorlik
Kasbiy faollik Metodik mahorat “Frenologiya” - bosh suyakning tashqi shakli bilan inson aqliy va
axloqiy fazilatlarining bog‘liqligini o‘rganuvchi fandir. U avstriyalik vrach F.Gall tomonidan ilgari
surilgan. Bunday qiziqarli faraz vositasida kimning bosh suyagi ensa gardan qismiga bo‘rtiq
(do‘nglik) mavjud bo‘lsa, u o‘qituvchilik kasbini tanlashi mumkinligiga ishora qilinadi.
E.A.Klimovning fikricha, pedagog kasbi sohiblarining mehnat predmeti inson-texnika, ishlab
chiqarish
texnologiyasi, ya’ni uning asosiy mazmuni insonlarning o‘zaro bog‘liq munosabatidan
iborat bo‘ladi. Pedagogik kasb sohibi quyidagi xislatlarga ega bo‘lishi kerak:
insonparvarlik,
gumanizm, faoliyatining jamoaviy va ijodiy xarakterga egaligi kabilar. N.V.Kuzmina o‘qituvchi
mehnatining turli jihatlarini psixologik nuqtayi nazardan tadqiq etib, faqatgina 12 foizgina
o‘qituvchilar tom ma’noda kasbiy pedagogik mahorat sohibi ekanligi, aksariyat o‘qituvchilar esa
ta’lim-tarbiya usullarini yaxshi egallaganliklari va buning natijasida yuqori samaradorlikka
erishganlarini ko‘rsatadi. Ideal pedagog Mutaxassis Ishchi-xodim Inson
Pedagogika nazariyasini
bilish, pedagogik mahoratga ega bo‘lish, psixologiyani bilish, ta’lim-tarbiya texnologiyalarini
qo‘llayolish malakasiga ega bo‘lish, mehnatni oqilona tashkil eta bilish malakasi. Ishga muhabbat,
o‘quvchilarni sevish. Insonga ishonch. Pedagogik qobiliyat, umumiy aql-zakovat, sabr-toqat,
kelajakka ishonch. O‘zini tuta bilish, izlanuvchanlik, reaksiyalarining aniq va tezligi, ko‘ngilchanlik,
bolalarni tushunish, xohishi, nutqining aniq va ishonchliligi, talabchanligi, adolatlilik, to‘g‘ri so‘zlik,
tashkilotchilik malakasi, muloqotga kirishuvchanlik, birovlarni tinglay olishlik. Maqsad qo‘yib unga
erisha olish. Muntazam va rejali ravishda malakasini oshira borish, mehnat unumdorligini oshirishga
intiluvchanlik. Ijodkorlik qobiliyati: har tomonlama ma’lumotlilik, mantiqiy fikr yuritish, kelajakka
ishonch. Ishlash ishtiyoqi. Ishiga (kasbiga) sadoqat, jamoada ishlash malakasi,
tirishqoqlik,
tartibintizomlilik, faollik, ishlab chiqarish vaziyatlariga yo‘naltirilganlik, ishlarni taqsimlay olish
malakasi. Javobgarlikni o‘ziga olishga tayyorgarlik. Yuqori axloqiy sifatlar jamoatchilik hayotida
faol ishtirok etish. Faol hayotiy nuqtayi nazar (pozisiya), har doim va har qachon shaxsiy o‘rnak,
davlat qonunlariga hurmat, milliy g‘urur, vatanparvarlik, vatanini himoya qilishga tayyorlik,
mustahkam sog‘lik, sog‘lom hayottarzi, insonparvarlik, ma’naviylik, muloqotga kirishuv chanlik,
oqillik, o‘ziga nisbatan talabchanlik va tanqidiy munosabatda bo‘lish. Shuningdek, pedagogning
mehnati aqliyligi, yuksak his-tuyg‘u (emotsional)ga egaligi va fuqarolik burchini his etishi bilan ham
farqlanadi. Pedagogning insonparvarlik xislatlari o‘zining shogirdlari, atrofidagilarga yordam
ko‘rsatishga doim tayyorligida, ularga nisbatan diqqat-e’tibor berishida, hurmatida namoyon bo‘ladi.
Pedagog (murabbiy)lar o‘z shogirdlari bilan o‘zaro munosabatni ularning qiziqishlari, qobiliyatlari,
xususan individual yosh xususiyatlariga bevosita bog‘liq bo‘lgan tafakkurlash xususiyatlariga ko‘ra
tashkiletadi. Pedagogik faoliyatning yana bir muhim jihati ijodkorlik hisoblanadi. Pedagoglarga
nisbatan ijodkorlik muntazam o‘zgaruvchansharoitda kasbiy masalalarning yechimini topishni talab
etadi. Pedagogning faoliyati jamoaviy xarakterga ega bo‘lib, pedagogik faoliyat natijalariga boshqa
o‘qituvchilarning ishlari, oila,
shuningdek, boshqa omillar ta’sir ko‘rsatadi. Albatta, pedagogning
mehnatidagi muvaffaqiyat to‘g‘ridan to‘g‘ri va bevosita jamoadagi psixologik iqlimga,
o‘qituvchilarning hamkorlik darajasiga, ularning ruhiy va jismoniy his-tuyg‘ulariga bog‘liq. Moddiy
va ma’naviy ishlab chiqarishning barcha sohalari kabi ta’lim sohasida ham kasb ichida tabaqalanish,
ya’ni ixtisoslikka ajralish jarayoni kechmoqda. Shu bois ham kasb-hunar pedagogikasi mutaxassislar
tayyorlashning mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqqan. Amaldagi oliy ta’limning
tayyorlovyo‘nalishlari, mutaxassisliklar va ixtisosliklar tasniflagichiga binoan umumlashgan holda
“ta’lim” nomi bilan yuritilgan guruhga kiritilgan. Ta’lim sohasida “mutaxassislik” tushunchasi
(iborasi) ta’lim yo‘nalishi va mazmunini o‘zida aks ettiruvchi kategoriya sifatida qaraladi.
Dostları ilə paylaş: