Bajardi: Qurbonaliyev s tekshirdi: Zaripova d guruh: pre001-2



Yüklə 83,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix16.12.2023
ölçüsü83,93 Kb.
#182849
1   2   3   4   5   6   7   8
1-topshiriq.Sanjarbek.TalimNaz

1. Aksiologik kompetensiya
(rivojlanish va takomillashuv) – shaxs qadriyatlari, individligi, 
kasbiy pedagogik faoliyat maqsadlarini chuqur anglashi, kasbiy yetik madaniyatga ega bo‘lishi, o‘z 
kasbini yashashdan maqsadi deb bilishi, talabalarni o‘qitish jarayonlarini ijtimiy-madaniy 
qadriyatlarni kashf etish deya bilishi, pedagogik fanlarning insonparvarlik funksiyalarini chuqur 
idrok qilishi.
2. Ijtimoiy-huquqiy kompetensiya
– ta’lim jarayonining me’yoriyhuquqiy asoslari, xususan, 
uni modernizatsiyalash borasidagi hujjatlar yuzasidan bilimlar, mehnatni muhofaza qilish va texnika 
xavfsizligi qoidalari hamda me’yorlariga amal qilish, bolalar va o‘smirlarni ijtimoiy yomon 
illatlardan muhofaza qilishni bilish, ta’lim jarayonida talabalarning hayoti va salomatligini asrashni 
bilish, oliy ta’lim muassasasi va auditoriya hujjatlarini yuritish ko‘nikmasiga ega bo‘lish demakdir.
3. Ma’lumotlilik kompetensiyasi
– kasbiy faoliyati bo‘yicha belgilangan vazifalarni yechish 
uchun umumiy va maxsus nazariy fan asoslarini to‘laligicha bilish, pedagogik fanlar va ta’lim 
tarqqiyotining asosiy yo‘nalishlari haqida bilimga ega bo‘lish, axborot texnologiyalarining turli 
manbalari bilan ishlashni bilish (bosma, elektron, internet) ma’lumotlardan maqsadga muvofiq 
samarali foydalanishni bilish ko‘nikmasidir.


4. Metodik-texnologik kompetensiya
– kasbiy faoliyatni chuqur anglash va uning ijodiy 
tabiatini ro‘yobga chiqarish. O‘z malakasini takomillashtirish uchun bilimlarini oshirib borishga 
tayyorligi, oliy ta’lim darsliklari va dasturlari borasidagi bilimlari, ular yordamida yillik mavzularga 
oid rejalar ishlab chiqishni bilishi, ta’lim-tarbiyajarayonlarini o‘zi o‘qiyotgan fan, soha talablaridan 
kelib chiqqan holdadarsda va darsdan tashqarida faoliyat olib borishi, turli-tuman metodlar, usullar 
va o‘quv jihozlari (kompyuter va boshqalar)dan foydalanishni bilishi, ta’limga shaxsiy 
yo‘naltirilganlik nuqtayi nazaridan yondoshuv, mazmun-mohiyatini yaxshi tushunishi, guruh rahbari 
vazifasini bajara olishga tayyorgarligi, bunda shaxs madaniyatining barcha yo‘nalishlari bilan bog‘liq 
barcha vazifalarni yecha bilishi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, belgilangan maqsad va 
vazifalarni yechishga mos tarzda qo‘llay bilishi, talabalarning shaxs sifatida shakllanishi uchun 
tarbiyaviy va yo‘l- yo‘riq ko‘rsatish ishlari orqali turli ijtimoiy tabaqalar bilan hamkorlikda (talabalar 
jamoasi, oila, qo‘shimcha ta’lim tizimi, madaniy-ma’rifiy ishlar) ta’sir ko‘rsata olishdan iborat.

Yüklə 83,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin