Bajardi: Sarvar Qosimov Tekshirdi: Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari va ularning turlari Reja



Yüklə 183,38 Kb.
səhifə1/17
tarix16.12.2023
ölçüsü183,38 Kb.
#182809
növüReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
tadbirkorlik faoliyati subektlari va





Referat


Mavzu: Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari va ularning turlari


Bajardi: Sarvar Qosimov
Tekshirdi: ____________


Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari va ularning turlari


Reja:

  1. Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari tushunchasi va belgilari

  2. Tadbirkorlik huquqi sub’ektlari tasnifi Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati

  3. Davlat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish

  4. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar

  5. Aksiyadorlik jamiyatlari

  6. Sho‘ba va qaram jamiyatlar

  7. Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar

  8. Xo‘jalik shirkatlari (to‘liq va kommandit shirkatlar)

  9. Unitar korxonalar

  10. Fermer xo‘jaliklari

  11. Dehqon xo‘jaliklari

  12. Xususiy korxona

  13. Kichik tadbirkorlik sub’ektlari va mikrofirmalar



Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari tushunchasi va belgilari
Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari tushunchasi va maqomini aniqlash uchun avvalambor “huquq sub’ekti” va “fuqarolik huquqi sub’ekti” tushunchalarining mohiyatini chuqur anglab olish lozim bo‘ladi. Huquq sub’ekti keng huquqiy kategoriya hisoblanib, uning tarkibiga amaldagi qonun hujjatlariga binoan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari kiradi. O‘z navbatida har bir huquq tarmog‘ining o‘z sub’ektlari (davlat huquqida – saylovchilar va saylanuvchilar, mehnat huquqida - ish beruvchi va xodim, moliya huquqida - soliq to‘lovchi va soliq organi hamda boshqalar) bo‘lganidek, tadbirkorlik huquqining ham o‘z sub’ektlari bor.
Fuqarolik huquqining barcha sub’ektlari yagona “shaxslar” degan umumiy nom bilan ifodalanadi. “Shaxslar” ham o‘z navbatida uch guruhga bo‘linadi: birinchisi, fuqarolar (jismoniy shaxslar) bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar; ikkinchisi, yuridik shaxslar bo‘lib, ular foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni ana shunday maqsad qilib olmagan tashkilot (tijoratchi bo‘lmagan tashkilotlar) hisoblanadi. Ular O‘zbekiston Respublikasi, chet el yoki aralash (qo‘shma) korxonalar shaklida bo‘lishi mumkin; uchinchisi, davlat bo‘lib, u alohida sub’ekt sifatida bevosita o‘z nomidan, shuningdek uning nomidan ma’muriy hududiy tuzilmalar yoki davlat organlari ishtirok etishlari mumkin. [O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 2-bo‘lim]


Yüklə 183,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin