Bajardi: Sarvar Qosimov Tekshirdi: Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari va ularning turlari Reja



Yüklə 183,38 Kb.
səhifə4/17
tarix16.12.2023
ölçüsü183,38 Kb.
#182809
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
tadbirkorlik faoliyati subektlari va

Oilaviy tadbirkorlik. Gap oilaviy tadbirkorlikni amalga oshirish to‘g‘risida ketar ekan, er-xotindan biri er-xotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkidan foydalanadigan hollarda vujudga keladigan munosabatlarni huquqiy tartibga solish masalasi muhimdir. Chunonchi qonunlarda, nikoh shartnomasida yoki er-xotin o‘rtasidagi o‘zga kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, bunday holda er(xotin)ning roziligi talab qilinadi. Bunday rozilik notarial tasdiqlangan bo‘lib, qaysi mol-mulkdan foydalanishga kelishilgan bo‘lsa, ushbu mol-mulkka tegishli ma’lumotlar qayd etilishi lozim.

Keyingi yillarda... Tadbirkorlikning milliy an’ana va urf-odatlarimizga to‘la mos keladigan yangi shakli – oilaviy biznesni rivojlantirish uchun keng shart-sharoitlar yaratildi. (I.A.Karimov. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi)
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tadbirkorlikning er-xotinning umumiy mol-mulki negizida ular tomonidan amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik turida (ish muomalalarida) er-xotin nomidan erning yoki xotinning roziligi bilan ulardan biri ishtirok etadi, bu rozilik yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda tasdiqlanishi lozim.
Oilaviy tadbirkorlikda er-xotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkidan foydalanishda qonun oilaning voyaga yetgan boshqa a’zolarining manfaatlarini inobatga olgan, xususan, agar tadbirkorlik faoliyati ob’ekti sifatida uy-joydan foydalanish bilan bog‘liq oilaviy tadbirkorlik amalga oshirilayotganda uy-joy mulkdorlaridan birining ish muomalalariga kirishishi oilaning voyaga yetgan boshqa azolarining notarial tasdiqlangan roziligi bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik va oilaviy tadbirkorlik faoliyatining negizi, mulkning shakllanish holati bir-biridan farq qiladi. Yakka tartibdagi tadbirkor mulk huquqi asosida faqat o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq tufayli o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida faoliyat ko‘rsatsa, oilaviy tadbirkorlik mol-mulk negizida umumiy birgalikdagi mulk asosida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, oilaviy tadbirkorlikni yuridik shaxs tashkil etmagan holda olib borish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 29.07.2009 yil 216-sonli qarorida ham ko‘rsatilgan.



Yüklə 183,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin