Bajardi: Sarvar Qosimov Tekshirdi: Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari va ularning turlari Reja


Tadbirkorlik huquqining sub’ektlari



Yüklə 183,38 Kb.
səhifə2/17
tarix16.12.2023
ölçüsü183,38 Kb.
#182809
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
tadbirkorlik faoliyati subektlari va

Tadbirkorlik huquqining sub’ektlari – bu tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan shaxslardir.
Jismoniy va yuridik shaxslar fuqarolik huquqiy munosabatlarda tadbirkor sifatida, shuningdek bunday maqomga ega bo‘lmasdan ham ishtirok etishlari mumkin. Shuning uchun fuqarolik huquqi sub’ektlari bir vaqtning o‘zida tadbirkorlik huquqi sub’ektlari hisoblanishi mumkin. Tadbirkorlik huquqiy munosabatlarda sub’ekt har doim tavakkal qilib, o‘z javobgarligini zimmasiga olib, foyda olishni maqsad qilgan holda faoliyat yuritadi.

Davlatning kuch qudrati – avvalo, demokratik institutlarning mustaqil faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoit yaratish, fuqarolar va jamiyatning barcha siyosiy, ijtimoiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, tadbirkorlik va iqtisodiy tashabbuslar erkinligi uchun zarur imkoniyatlarni tashkil etib berish qobiliyati bilan o‘lchanadi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan buyon davlatimiz tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yangi ichki mahsulot ishlab chiqarishda nafaqat hal qiluvchi mavqe egallashi, balki uning aholi farovonligi va daromadlarini orttirishda, ishsizlik muammosini yechishda ham muhim omilga aylantirishga erishish yo‘lida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida” 2012 yil 2 maydagi O‘RQ-328-sonli yangi tahrirdagi qonunning 4-moddasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari (tadbirkorlik sub’ektlari) belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir.
Biroq, davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi qonun hujjatlarida man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari bo‘lishi mumkin emas.
Masalan, quyidagi mansabdor shaxslarga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi ta’qiqlanadi:
davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining, huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlari;
davlat banklari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, xizmat yuzasidan pul belgilariga va pul (bank) hujjatlariga bevosita aloqasi bo‘lgan mansabdor shaxslar;
davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari rahbarlari va ularning bank hujjatlariga imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan o‘rinbosarlari;
davlat ta’minot va savdo-sotiq korxonalari va tashkilotlarining rahbar xodimlari;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish yoki bunday faoliyatni nazorat qilish o‘z vazifasiga kiruvchi davlat organlarining rahbar xodimlari va mutaxassislari;
chakana, ulgurji-chakana savdo, umumiy ovqatlanish davlat birlashmalari va korxonalarining, savdo tashkilotlarining, trestlarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, bosh mutaxassislari, tarkibiy bo‘linmalarining boshliqlari, moddiy javobgar shaxslari. [O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 6 martdagi “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish ta’qiqlangan mansabdor shaxslar ro‘yxati to‘g‘risidagi”103-sonli Qarori]
Shaxsning foyda ko‘rish maqsadida, tavakkal qilib tovar ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) bilan shug‘ullanish ixtisoslashgan faoliyatga aylangan taqdirdagina bunday faoliyatning ishtirokchilarini tadbirkorlar deb hisoblash mumkin. Agar fuqaro bunday harakatlarni alohida hollardagina (vaqti-vaqti bilan) foyda ko‘rishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymay amalga oshirgan taqdirda, masalan, o‘zidagi ortiqcha qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yoki keraksiz bo‘lgan boshqa ashyolarni sotishi, yoki ishlarni bajarib berish uchun shartlashib va u bajarilganligi uchun haq olinadigan bo‘lsa, bunday faoliyatni tadbirkorlik faoliyati deb bo‘lmaydi, chunki bu kabi munosabatlar fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinadi. Shuningdek, bank muassasalariga foiz olish maqsadida jamg‘arma qo‘ygan fuqarolar, qimmatli qog‘ozlar sotib olgan shaxslar ham tadbirkorlar hisoblanmaydi.
Tadbirkorlik huquqi sub’ektiga quyidagicha tushuncha berish mumkin: tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi, o‘zining mulkiga, tadbirkorlik huquq va majburiyatlariga ega bo‘lgan, o‘z faoliyati yuzasidan mustaqil davogar va javobgar bo‘la oladigan va o‘zining huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qila oladigan (yuridik shaxs maqomini olgan) turli mulk shakllariga mansub korxonalar va ularning tuzilmalari hamda yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi - yakka tadbirkor maqomiga ega bo‘lgan fuqarolar, shuningdek tadbirkorlik huquqiy munosabatlarda ishtirok etayotgan davlat va uning vakolatli idoralari hisoblanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, quyidagilarni tadbirkorlik huquqining sub’ektlarining o‘ziga xos belgilari hisoblanadi:

  • davlat ro‘yxatidan o‘tganligi;

  • muayyan faoliyat turlari bilan shug‘ullanishlari uchun albatta ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bo‘lishligi;

  • o‘z mol-mulkiga ega bo‘lishligi;

  • tadbirkorlik huquq va majburiyatlariga ega bo‘lishligi;

  • o‘z mol-mulki doirasida mustaqil javobgarligi;

  • o‘zlarining buzilgan huquqlarini va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish imkoniyatiga ega ekanligi hisoblanadi.




Yüklə 183,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin