Bajardi: Sarvar Qosimov Tekshirdi: Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari va ularning turlari Reja


Kichik tadbirkorlik sub’ektlari va mikrofirmalar



Yüklə 183,38 Kb.
səhifə17/17
tarix16.12.2023
ölçüsü183,38 Kb.
#182809
növüReferat
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
tadbirkorlik faoliyati subektlari va

Kichik tadbirkorlik sub’ektlari va mikrofirmalar
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida” 2012 yil 2 maydagi O‘RQ-328-sonli yangi tahrirdagi qonunning 5-moddasida kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ham to‘liq izoh berilgan bo‘lib, unga ko‘ra kichik tadbirkorlik sub’ektlari quyidagilardir:
1) yakka tartibdagi tadbirkorlar;
2) ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma kishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa tarmoqlardagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan o‘n kishi, ulgurji, chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan besh kishi bo‘lgan mikrofirmalar;
3) quyidagi tarmoqlardagi:
yengil va oziq-ovqat sanoatidagi, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik, mebel sanoati, qurilish materiallari sanoati, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 200 kishi;
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash, qurilish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan ellik kishi;
fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa sohalardagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma besh kishi bo‘lgan kichik korxonalar.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari xodimlarining o‘rtacha yillik soni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda belgilanadi. Bunda o‘rindoshlik, pudrat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy xarakterdagi boshqa shartnomalar bo‘yicha ishga qabul qilingan xodimlarning, shuningdek unitar (sho‘ba) korxonalarda, vakolatxonalar va filiallarda ishlayotganlarning soni ham hisobga olinadi.
Faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi (ko‘p tarmoqli) yuridik va jismoniy shaxslar yillik aylanma hajmida ulushi eng ko‘p bo‘lgan faoliyat turi mezonlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’ektlariga kiradi.

Mikrofirma va kichik korxona xodimlarning belgilangan o‘rtacha yillik sonini oshirib yuborgan taqdirda, xodimlar sonini oshirib yuborishga yo‘l qo‘yilgan davr uchun ular qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, preferensiyalar, kafolatlar va huquqlardan mahrum etiladi. Ushbu qoida quyidagi hollarda tatbiq etilmaydi:



2014 yil yakuniga kelib yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining ulushi 2000 yildan buyon 31 foizdan 56 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda 12,9 foizdan 31,1 foizga o‘sdi. 2014 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida 480 mingdan ortiq yangi ish o‘rni tashkil etildi. Bu yaratilgan jami ish o‘rinlarining yarmi demakdir. Bugungi kunda iqtisodiyotning ushbu sohasida ish bilan band bo‘lgan aholining 76,5 foizdan ziyodi mehnat qilmoqda. 2000 yilda bu ko‘rsatkich 49,7 foizga teng edi.
mikrofirma va kichik korxona O‘zbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlarining, akademik litseylarining hamda oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzgan taqdirda, band bo‘lgan xodimlarning belgilangan o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 50 foiz oshadigan bo‘lsa. Xodimlar sonining oshirilishiga O‘zbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlarining, akademik litseylarining va oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari o‘qishni tugallagan kunidan boshlab ko‘pi bilan uch yil o‘tgan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi;
kichik korxona uyda ishlayotgan fuqarolar (kasanachilar) bilan mehnat shartnomalari tuzgan taqdirda, band bo‘lgan xodimlarning belgilangan o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 30 foiz oshadigan bo‘lsa.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlarining va mikrofirmalarning huquqiy maqomi yuqorida ta’kidlab o‘tilgan xususiy korxonalarniki bilan o‘xshash bo‘lib O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi 11 dekabr 2003 yildagi N 558-II sonli qonuniga muvofiq xususiy korxonalarga qanday talablar va huquqlar berilgan bo‘lsa kichik tadbirkorlik sub’ektlari hamda mikrofirmalarga ham shu mos keladi.
Yüklə 183,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin