14-rasm. Difraksion panjara yordamida oq yorug‘likning spektrga ajralishi.
Difraksion panjara yordamida to‘lqinlar uzunligini aniq o‘lchash mumkin. Agar panjara davri d ma’lum bo‘lsa, m tartibdagi spektr chizig‘i aniqlanishi kerak bo‘lsa burchakni o‘lchash bilan to‘lqin uzunligi aniqlanadi. Odatda tajribada 1-chi va 2-chi tartibli spektrlar qo‘llaniladi. Agar o‘rganilayotgan nurlanish spektrida 1 va2 ikkita spektral chiziq bo‘lsa, panjara har bir spektral tartibda (m=0 dan tashqari) bir chiziqni ikkinchisidan ajratishi mumkin [13].
Difraksion panjaraning eng muhim xarakteristikalaridan biri uning ajrata olish qobiliyatidir. va + to‘lqin uzunlikli yaqin ikkita spektral chiziqni ajrata olishi nazarda tutiladi. Panjaraning R - spektral ajrata olish qobiliyati deb, eng kichik qiymatli ya’ni farqli to‘lqin uzunlikli to‘lqinlarni ajratishiga aytiladi:
Spektral qurilmalarning ajrata olish qobiliyati jumladan difraksion panjara, ob’ektlarning tasvirini hosil qiluvchi (teleskop, mikroskop) optik qurilmalarning chegaraviy ajrata olish qobiliyati yorug‘likning to‘lqin tabiati orqali aniqlanadi. Shuning uchun ham, Reley sharti bajarilsa ikkita yaqin to‘lqin spektrini ajratish mumkin. Panjara formulasidan ko‘rinadiki,
- m chi tartibli spektrda farqli ikkita yaqin spektral bosh maksimumlar orasidagi burchak masofa. Soddalik uchun bu yerda kichik deb hisoblanadi. ni tenglashtirib, panjaraning ajrata olish kuchini baholaymiz:
.
Shunday qilib, difraksion panjaraning yuqori ajrata olish chegarasi spektr tartibi m ga va panjara davrlarining soniga bog‘liq bo‘lar ekan.