Xulosa qilib aytsak yorug’lik deganimiz inson koʻzi sezadigan elektromagnit toʻlqinlardir. Spektrning infraqizil nurlanish va ultrabinafsha nurlanish sohalari ham yorugʻlik deb ataladi. Spektrning infraqizil nurlanish sohasi bilan rentgen nurlari orasida keskin chegara yoʻq. Turli yoritqichlar yorugʻlik o’zidan chiqaradi. Yorugʻlik o’zining toʻlqin xossasiga va korpuskulyar xossaga ega. Baʼzi hodisalar (difraksiya, interferensiya, qutblanish)da yorugʻlikning toʻlqin xossalari va boshqa hodisalar (fotoeffekt, lyuminessensiya, atom hamda molekulalar spektrlari)da korpuskulyar xossasi namoyon boʻladi. Yorugʻlikning toʻlqin xossalarini toʻlqinlar nazariyalarini, korpuskulyar xossasini kvant nazariya tavsiflab beradi; har ikkala xossasi bir-birini toʻldiradi. Yorugʻlikning korpuskulyar nazariyasini I. Nyuton hamda toʻlqin nazariyasini X. Gyuygens, kvant nazariyasini A. Eynshteyn ishlab chiqqan. Yorugʻlik qonuniyatlari optika oʻrganadi. Yorugʻlik bosimi, yaʼni mexanik taʼsiri borligini J. K. Maksvell nazariy isbotlagan. Yorugʻlikning issiqlik, elektr, fotokimyoviy va boshqa taʼsirlari mavjud. Baʼzi qoʻngʻizlar, oʻsimliklar, elementlar ham oʻzidan yorugʻlik chiqaradi. Difraksiya va interferentsiya - bu yorug'likning to'lqin tabiatini tasdiqlovchi ba'zi taniqli effektlar. Ularning asosiy qo'llanilish sohasi - bu elektromagnit nurlanishning spektral tarkibini tahlil qilish uchun difraksion panjaralardan foydalaniladigan spektroskopiya.
Difraksiya - bu o'lchamlari to'lqin uzunligi bilan taqqoslanadigan, yo'lida noaniq to'siqqa duch kelganda to'lqin jabhasi harakatini o'zgartirish jarayoni. Masalan, agar quyosh nuri kichkina teshikdan o'tkazilsa, devorda siz kichkina yorug'lik nuqtasini emas (yorug'lik to'g'ri chiziqda yoyilsa, shunday bo'lishi kerak edi), balki ba'zi o'lchamdagi nurli joyni kuzatishingiz mumkin. Bu haqiqat yorug'likning to'lqin tabiatidan dalolat beradi.
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga alohida e’tibor qaratilib, farzandlarimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning 2017-yil 7-fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini takomillashtirish borasida qator vazifalar belgilangan.
Men ushbu kurs ishini tayyorlash davomidagi vaqt oralig`ida juda ko`p bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ldim. Ushbu kurs ishim yordamida optika difraksion panjaralar hamda difraksion asboblar haqida hamda difraksiya haqida juda ko`p bilimga ega bo`ldim. Qisqa qilib aytganda ushbu kurs ishim menga juda ko`p bilim olishimga, izlanishimga majbur qildi va bundan afsuslanmayman.