Bu yerda soddalik uchun difraksiya burchagi kichik deb hisoblanadi.
b u yerda Nd - panjaraning to‘liq o‘lchami. Bu munosabat parallel nurlar difraksiyasi nazariyasiga to‘la mos keladi, parallel nurlar dastasining kengayishi ga bog‘liq.
12-rasm.
12.rasm. Interferension manzaraning maksimum va minumum tebranishlarini qo‘shish: a - ikki to‘lqin interferensiyasi, b – N ta to‘lqin interferensiyasi (N=8).
Yuqorida aytilganlardan muhim xulosa qilish mumkin: Panjara yordamida yorug‘lik difraksiyasi hosil qilinayotganda bosh maksimum holida dasta juda tor bo‘ladi.13-rasmda panjaralardagi tirqishlar soni ortgan sari bosh maksimum o‘tkirligi ortgani keltirilgan.
13-rasm.
Har xil tirqishli difraksion panjarada difraksiyalanayotgan monoxromatik yorug‘lik intensivligining taqsimlanishi keltirilgan I0 bitta tirqishdan difraksiyalanayotgan yorug‘lik intensivligi [11].
Difraksiya formulasidan ko‘rinadiki, maksimumlarning holati (nolinchidan tashqari) to‘lqin uzunligiga bog‘liq. Shuning uchun panjara nurlanishni spektrga ajratish qobiliyatiga ega, ya’ni panjara spektral qurilma hisoblanadi. Agar panjaraga monoxromatik bo‘lmagan nurlanish tushsa, difraksiyaning har bir tartibida (ya’ni m ning har bir qiymatida) o‘rganilayotgan nurlanish spektri hosil bo‘ladi. Spektrning binafsha qismi nolinchi tartibli maksimumga yaqin joylashadi. 14-rasmda oq yorug‘lik uchun har xil tartibda spektr tasvirlangan. Nolinchi tartibli maksimum oq rangda bo‘ladi.