Mustaqil ishi Guruh: 031-20
Bajardi: Xudoynazarov Ma’rufjon
Tekshirdi: Abdullayeva S
TOSHKENT – 2023
Mustaqil ish mavzulari:
59
Xudoynazarov
Ma’rufjon
“Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi qonun bandlarini o‘rganish..
60
Xudoynazarov
Ma’rufjon
“Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonun bandlarini o‘rganish.
1. FUQARO MUHOFAZASI TO‘G‘RISIDA
Ushbu Qonun fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy vazifalarni, ularni amalga oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) vakolatlarini, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek, fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini belgilaydi.
I. UMUMIY QOIDALAR 1-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
fuqaro muhofazasi — harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan O‘zbekiston Respublikasi aholisini, hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlarning davlat tizimi;
fuqaro muhofazasi xizmati — fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlarini bajarish, fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlarini ta’minlash uchun kuchlar va vositalarni tayyorlash maqsadida tuzilgan funksional bo‘linmalar majmui;
himoya inshootlari — aholini va ishlab chiqarish xodimlarini zamonaviy qirg‘in vositalaridan muhofaza qilishga maxsus mo‘ljallangan muhandislik inshootlari majmui;
fuqaro muhofazasi kuchlari — qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun tuziladigan fuqaro muhofazasi harbiy qismlari, umumiy va maxsus hududiy, funksional va obyekt tuzilmalari.